O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


- mavzu. Multipleksorlarni ekspluatatsiya qilish


Download 1.46 Mb.
bet133/211
Sana22.09.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1684507
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   211
Bog'liq
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311

7- mavzu. Multipleksorlarni ekspluatatsiya qilish.
Multipleksorlarni ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizlik qoidalari va choralari. Aloqa texnikasini ishlatishda shaxsiy tarkib texnika xavfsizligini tashkillashtirish va ta’minlash. СГМ multipleksorining texnik ma’lumotlari. СГМ multipleksorini ishga tayyorlash. СГМ multipleksoriga umumiy foydalanish uchun kirish. 1511MAX multipleksorini ishga tayyorlash. 1511MAX multipleksoriga umumiy foydalanish uchun kirish.
Tizimga kirish – tizimdan chiqish. Platalarni aniqlash va parametlarini o‘rnatish. 1511MAX multipleksorida amaliy ishlash. 1511MAX multipleksorini boshqarish. Kross-kommutatsiyalarni amalga oshirish. Radiorele liniya bo‘yicha aloqa o‘rnatish. Muxbir bilan aloqaga chiqish. Oqimlarni radiorele stansiyaga o‘tkazish, kross-kommutatsiyalarni amalga oshirish va kanallarni ekspluatatsiyaga topshirish. Kabel liniya bo‘yicha aloqa o‘rnatish. Apparaturalarni ishga tayyorlash tartibi. Aloqa liniyalarni yotqizish, ularni yaroqligini tekshirish tartibi.


III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yich ko‘rsatma va tavsialar
Amaliy mashg‘ulotlari
Amaliy mashg‘ulotlar harbiy telekommunikatsiya vositalarining umumiy tavsiflari, tuzulishi, tarkibi va tarkibiy qismlarining ishlash tamoyillari kabi bilimlar o‘zlashtirish, radiovositalarni ekspluatatsiya qilish tartibini o‘rganish va amaliy bajarish, me’yorlar hamda o‘quv topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Amaliy mashg‘ulotlar maxsus jihozlangan o‘quv sinf xonalarida yoki bevosita o‘quv dala maydonlarida yoyilgan aloqa stansiyalarida o‘tkaziladi. Amaliy ko‘nikmalar qo‘shinlar stajirovkasi va amaliyotini o‘tash mobaynida takomillashtiriladi.
Mashg‘ulotlarni individuallashtirish va o‘qitishni sifatini oshirish maqsadida radiostansiyalarning soniga qarab o‘quv guruhlarini bir nechta kichik guruhlarga bo‘lishga va alohida o‘qituvchi rahbarligidagi o‘quv nuqtalariga taqsimlashga ruxsat beriladi. Kursantlar uskunalarni sozlash va to‘g‘rilash bo‘yicha har bir elementlarni bir necha marta bajaradilar, undan keyin sozlash va to‘g‘rilash amallarini mustaqil o‘tkazadilar. O‘rganuvchilarning aniq turdagi apparaturalardagi bilim va ko‘nikmalar mazmuni aloqa qo‘shinlari uchun yagona me’yorlar va vazifalar to‘plamiga hamda aloqa qo‘shinlari uchun jangovar tayyorgarlik bo‘yicha dasturga maksimal ravishda mos kelishi lozim.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling