quyidagilarni bilishi va qo‘llay olishi lozim:
apparaturaning bloklari va qismlari ishlashiga asos bo‘ladigan fizik jarayonlarni, tuzilish tamoyillarini, umumiy tuzilishini, taktik-texnik ma’lumotlarini;
apparaturalarni yoyish va yig‘ish, ishga tayyorlash va ishga yaroqliligini tekshirish tartibini;
aloqaga kirish, turli rejimlarda aloqa vositalarini ekspluatatsiya qilish va aloqa kanalini sozlash hamda uni moslashtirishni o‘tkazishda;
aloqa vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, ekspluatatsiya qoidalari va uni tashkil qilish bo‘yicha asosiy rahbarlik hujjatlarini;
multipleksorlarning vazifasi, umumiy tuzilishi, taktik-texnik ko‘rsatkichlari va ishlash prinsiplarini;
multipleksorni ishga tayyorlash va uni ishlashini tekshirish tartibini;
multipleksorni har xil rejimlarda ekspluatatsiya qilish tartibini;
aloqa vositalarini ekspluatatsiya qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik texnikasining asosiy qoidalarini.
quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim:
aloqa tuguni tizimida va apparatxonaning avtonom ishlash sharoitlarida jangovar vazifani mustaqil bajarishni ta’minlashga;
stansiyalarni (apparatxonalarni) yoyish va yig‘ishga rahbarlik qilishga;
aloqa vositalarini ekspluatatsiya qilishda, aloqa kanalini sozlash va moslashtirishni o‘tkazishga;
stansiyalarni (apparaturalarni) tezkor-texnik hujjatlarini yuritishga;
shaxsiy tarkibni aloqa vositalarida metodik jihatdan to‘g‘ri o‘qitishga;
telekommunikatsiya vositalarida ishonch bilan ishlashga.
|
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari
“Ma‘ruzalar”, “Bumerang”, “Zinama-zina”, “Keys-stadi”, “Fikrlar hujumi” (aqliy hujum), “Charxpalak”, “Interfaol suhbat”, SWOT-tahlil”, guruhlarda ishlash.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |