|
I. Fanning mazmuni
“Optik tolali aloqa liniyasi” fani dunyoda keng foydalanib kelinayotgan optik tolali aloqa tizimlarini o’rganishda eng dolzarb fanlaridan biri hisoblanadi. Qo‘shinlar boshqaruvida sifatli va ishonchli aloqani tashkillashtirish optik tolali aloqa tarmoqlarni qurish bilan yuqori darajadagi boshqaruvni ta’minlaydi. Optik aloqa tizimlirida qo’llaniladigan kabel turlari va tarmoq texnologiyalarini ishlash prinsiplarini bilishni, optik tolali aloqa tarmoqlarini qurish va unga texnik xizmat ko’rsatishni bilish mazkur fanni o‘rganish aloqachi mutaxassislarga zarur hisoblanadi. Ushbu fan qo‘shilma va harbiy qismlarda zamonoviy telekommunikatsiya tizimlarida optik tolali aloqa tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha yuqori darajada bilimga ega bo‘lishga yetaklaydi.
“Optik tolali aloqa liniyasi” fanining asosiy maqsadi yuqori malakali ofitserlarni tayyorlashda, optik tolali aloqa liniya texnikalari va optik tolali aloqa kabellarning o‘rni, ahamiyati va ularning taktik, elektrik va texnik ma’lumotlarini, har xil janglarda simli aloqa tashkilashtirish usullari, eksplautatsiya qilish qoida va talablarini chuqur o‘rgatishga yo‘naltirilgan.
Kursantlarda kelgusi harbiy xizmatida telekommunikatsiya hamda simli aloqa vositalarini sifatli va ishonchli ishlata olishi, aloqa xavfsizligini taminlash bo‘yicha yuqori shaxsiy mas’uliyatini shaklantirish.
Fanni o‘qitishdan maqsad – Optik tolali aloqa liniyalarini ekspluatatsiya qilishda va ularni taktik-texnik xarakteristikalarini o‘rganishda kursantlarning mustahkam bilimlarini hamda malakalarini oshirish, ularni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik choralariga rioya qilish. Apparaturalarda ishlashda sodir bo‘layotgan jarayonlarni tahlil qilish, uning fizik mohiyatini aniqlash va tushuntira bilish qobiliyatiga ega bo‘lishga, mustaqil ravishda yangi namunadagi aloqa texnikalarini tez o‘zlashtirish. Kursantlar bilan apparaturalarni ekspluatatsiya qilishda paydo bo‘lgan nosozliklar va ularni bartaraf etish usullarini o‘rganish. kursantlarda harbiy texnikani avaylash hissini tarbiyalash.
Fanning vazifasi – ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda simli aloqa tarmoqlarini ishlash prinsipini ifodalash. Optik tolali aloqa tarmoqlarini qurish va ekspluatatsiya qilish asoslarini o‘rganish.
|