O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya fakulteti moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi (1)
2008-2009 yillar
Ushbu yillarda aholi va tadbirkorlik sub'ektlari uchun bank chakana mahsulotlarini rivojlantirish bank faoliyatining muhim yo'nalishiga aylandi. Mazkur yo'nalishda banklar o'z faoliyatini dunyoviy amaliyotning “oltin” printsipidan kelib chiqqan holda olib bordilar. Ya'ni, aholiga ko'rsatiladigan xizmatlarning jozibadorligi tadbirkorlarning kreditlardan foydalanish keng imkoniyati bilan mutanosib holda rivojlantirildi. Davom ettirilgan islohotlar bank faoliyatini aholining turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi, ilgari qabul qilingan “Iste'mol krediti to'g'risida”gi va “Ipoteka to'g'risida”gi qonunlar doirasidagi faolligini yanada kuchaytirdi. O'zbekiston tijorat banklari respublikamizdagi va jahon bank hamjamiyatidagi 31 yangi voqelikka javoban o'zlari taklif etayotgan xizmatlari to'plamini kengaytirdi, bozorga yangi bank mahsulotlarini chiqardi va ayni paytda moliya institutlari faoliyatining xalqaro standartlarini faol joriy etishga kirishdi. 2010 yil O'zbekiston tijorat banklari, avvalo, ixtisoslashgan kredit institutlari sifatida ko'zga ko'rina boshladi. Bu, bir tomondan xo'jaliklarning vaqtincha bo'sh mablag'larini jalb etishi, boshqa tomondan esa jalb etilgan mablag'lar hisobidan korxonalar, xususiy tadbirkorlar va aholining moliyaviy ehtiyojlarini qondirishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etdi. Xorijiy va mahalliy ekspertlarning qayd etishicha, so'nggi yillar davomida respublikada asosiy tamoyil — ixtisoslashuvdan uzoqlashish va bank faoliyatida universallashtirishni chuqurlashtirish kuzatilmoqda. Bu esa bank operatsiyalari mazmuni va kredit munosabatlari mohiyatini oldindan belgilab beradi. 32 Xulosa Xulosa o’rnida aytish mumkinki, islomiy moliyaviy xizmatlar sohasi O’zbekistonning porloq kelajagi uchun muhim omil, poydevor va rivojlanish istiqboli bo’ladi, natijada o’z madaniyatida Islomning chuqur ildizlarini aks ettirgan mamlakatga xorijiy investorlarning qiziqishi ortadi va hukumat ushbu imkoniyatdan xalq farovonligi hamda mamlakatning barqaror rivojlanishida to’laqonli foydalanishga erishishi mumkin bo’ladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, O’zbekistonda islom moliya xizmatlari sanoatining keng qamrovli joriy etilishi mamlakat uchun quyidagi imkoniyatlarni ochishiga ishonamiz: • xorijdan kelayotgan investisiyalar hajmini oshirish va diversifikatsiyalash; • bank tarmog’ida halol va shaffof raqobat muhitini yaratish hamda bank tizimi aktivlarini diversifikatsiyalash imkoniyatini yaratish; • aholi va biznes vakillari ixtiyorida bo’lgan bo’sh pul mablag’larining iqtisodiyot rivojlanishida maksimal ishtirokini ta’minlash; • mamlakatda kapital bozorini rivojlantirish va diversifikatsiyalash; • ko’plab yangi ish o’rinlari yaratish; • aholining moliyaviy savodxonligini oshirish orqali, moliya bozoridagi faolligini ko’tarish; • Islom moliya xizmatlari industriyasini rivojlantirish orqali mamlakatda infratuzilmani muvofiqlashtirish va yangilash; • yangi moliyaviy muassasalar tashkil qilish; • kambag’allikka qarshi kurashish davlat dasturini amalga oshirishga hissa qo’shish; • yangi yo’nalishda kadrlar tayyorlash dasturini yaratish. Ilmiy ishni amalga oshirishda tijorat banklarining masofaviy xizmatlarini rivojlantirishda olimlar va soha vakillari bilan suhbat, ularning yozma va og'zaki fikr-mulohazalarini tahlil qilish, ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil o'tkazish orqali tegishli yo'nalishlarda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan. 33 So'ngi yillarda mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, ularga ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida banklar tumonidan turli innovasion bank xizmatlari taklif qilinmoqda. Xususan, masofadan bank xizmatini ko'rsatuvchi an'anaviy «Bank-mijoz» tizimi respublikamizda keng tarqalgan bo'lib, barcha banklarda tatbiq qilingan. Ushbu tizimni qo'llash uchun mijozning kompyuterida maxsus dastur o'rnatilib, aloqa kanallari orqali bankning axborot tizimi bilan o'zaro muloqot ta'minlanadi. Ammo «Bank-mijoz» tizimini qo'llashda muayyan ish joyiga bog'lanish hamda ixtisoslashtirilgan dasturlardan foydalanish zarurligi sababli, ushbu tizimdan foydalanish imkoniyati cheklangan. Shuning uchun Internet tarmog'i va oddiy brauzer, ya'ni mijozni tarmoqqa kirishini ta'minlovchi keng tarqalgan dastur orqali ishlashini ta'minlovchi onlayn-banking (internetbanking) tizimi keng qo'llaniladi. Internet-banking texnologiyasi bank uchun ham, mijozlar uchun ham qo'shimcha qulayliklar yaratadi. Jumladan, mijoz o'z hisobvarag'i bo'yicha bank amallarini bajarish uchun bankka bormasdan, Internet orqali xohlagan joyidan, xohlagan vaqtida bajarish imkoniyatiga ega bo'lib, hisobvarag'ining holati, mablag'ning kelib tushishi, to'lovlarning aks ettirilishi kabi amallar haqida ma'lumotlarni olishi mumkin. Bu esa mijoz uchun o'z vaqti va mablag'ini tejash, manzilning uzoq- yaqinligiga qaramasdan bankni ixtiyoriy ravishda tanlash va o'z mablag'larini tezkor boshqarish afzalliklarini yaratadi. Shuningdek, "Uzcard" banklararo to'lov tizimi ishtirokchilari bo'lgan tijorat banklari bilan hamkorlikda "on-line" rejimida ishlaydigan milliy texnologik platformani yaratilishi Internet-banking xizmatlari orqali real vaqt ichida mijoz o'z kartochka hisobvaraqlarini boshqarishi, kommunal va boshqa to'lovlarni amalga oshirishi uchun imkoniyatini beradi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling