O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya fakulteti moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi


qisman emas to‘liq xususiylashtirishdir


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana07.04.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1337343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
kurs ishi (1)

qisman emas to‘liq xususiylashtirishdir
To‘rtinchidan, davlat ishtirokidagi banklar va real sektor korxonalarini parallel 
ravishda isloh qilish iqtisodiy islohotlarning samaradorligida muhim o‘rin tutadi. 
Shu bilan birga davlat ishtirokidagi korxonalarni restrukturizatsiya qilish va 



xususiylashtirish ularning iqtisodiy imkoniyatlarini oshirib, banklar faoliyatiga 
davlat aralashuvini keskin qisqartiradi. 
Beshinchidan, islohotlar davrida davlat ishtirokidagi korxonalarning kreditlashga 
bo‘lgan talabini cheklab qo‘ymaslik hamda moliyaviy ommaboplikni ta’minlash 
uchun ayrim banklarda davlat ulushini saqlab turish maqsadga muvofiq. 
Strategiya doirasida keyingi besh yillikda bank-moliya tizimini isloh qilish va 
rivojlantirishning to‘rtta ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Jumladan: 
Bankning samaradorligini qo’llab quvvatlash 
 
1. Bank tizimining samaradorligini oshirish banklarni iqtisodiy rivojlanishga 
ijobiy ta’sirini kuchaytiradi. Bunda: 
- bank tizimiga zamonaviy yechimlarni joriy qilishga, moliyaviy va inson resurslari 
samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan moliyaviy barqaror va 
nufuzli investorlarni jalb qilish; 
- imtiyozli va subsidiyalashgan kreditlarni qisqartirish, kreditlashni pul-kredit 
siyosati signallari asosida faqat bozor shartlarida amalga oshirishga o‘tish; 
- kredit resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida 
banklarning davlat mablag‘lariga bo‘lgan qaramligini pasaytirish; 
- banklarning samarali infratuzilmasini yaratish, bank faoliyatida zamonaviy 
texnologik yechimlarni keng joriy etish nazarda tutiladi. 
1. Banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish rejalashtirilgan islohotlar 
muvaffaqiyatining hamda bank tizimiga ishonchni saqlab turishning asosiy 
omili hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda xususan: 



- xalqaro standartlar va ilg‘or tajribani qo‘llagan holda banklarda korporativ 
boshqaruvni takomillashtirish; 
- kreditlashning mo‘tadil darajada o‘sishini ta’minlash va kredit portfeli sifatini 
yaxshilash; 
- bank nazoratini va banklarda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlarini 
rivojlantirish, shu jumladan riskka asoslangan nazorat tizimini tatbiq etish ishlari 
amalga oshiriladi. 
1. Bank xizmatlari ommabopligini oshirish aholi va tadbirkorlik sub’ektlari, 
shu jumladan yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmaydigan (past daromadli 
jismoniy shaxslar, qishloq aholisi, mikrofirma va kichik korxonalar) 
qatlamning bazaviy bank xizmatlariga bo‘lgan talabini qondirishni nazarda 
tutadi. Moliyaviy ommaboplik: 
- Jahon banki bilan hamkorlikda moliyaviy ommaboplikni oshirishning aniq 
yo‘nalishlari va chora-tadbirlarini belgilovchi 
Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasini ishlab chiqish va 
uni amalga oshirish
- davlat ishtirokini aholi va kichik biznes sub’ektlarining yetarlicha xizmat 
ko‘rsatilmaydigan va zaif qatlamlariga yo‘naltirish; 
- mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida moliyaviy vositachilik ekotizimini 
rivojlantirish hisobiga ta’minlanadi. 


10 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling