oshirishga yo‘naltiriladi.
Ipoteka-bank, O‘zsanoatqurilishbank, Asaka
bank, Aloqabank, Qishloq
qurilish
bank va Turonbankdagi davlat
ulushlarini bosqichma-bosqich
xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda banklar faoliyatini xalqaro moliya
institutlari ko‘magida transformatsiya qilish, ikkinchi bosqichda esa davlat
aksiyalari paketini strategik investorlarga sotish nazarda tutilgan.
Mazkur Strategiyani amalga oshirish doirasida Xalq banki va Aziya alyans
bank davlat aksiyalari paketini xorijiy strategik investorlarga sotish rejalashtirilgan.
Shunga muvofiq, Xalq bankini xususiylashtirishga tayyorlash jarayonida jamg‘arib
boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini boshqarish Moliya vazirligiga o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, O‘zagroeksportbank va Poytaxt bankning faoliyati qayta ko‘rib
chiqiladi.
Bank tizimini isloh qilish va xususiylashtirishga tayyorlashda Markaziy bankning
bank tizimining regulyatori sifatidagi rolini kuchaytirish orqali lozim darajadagi
prudensial
nazoratning
amalga
oshirilishi
moliya
tizimi
barqarorligini
ta’minlashning muhim komponenti hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan Markaziy bank tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda
tijorat banklari faoliyati prudensial nazorati mexanizmlari va jarayonlarining Bazel
qo‘mitasining Samarali bank nazoratining asosiy tamoyillariga muvofiqligini
o‘rganish maqsadida baholash o‘tkazilib, aniqlangan kamchilik va zaif jihatlarni
bartaraf etishga qaratilgan Harakatlar rejasi ishlab chiqildi.
Strategiyani amalga oshirish doirasida mazkur Harakatlar rejasida nazarda tutilgan
banklarni
tartibga
solish
normalari
va
nazorat
qilish
jarayonlarini
takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Strategiya doirasida amalga oshiriladigan islohotlar natijasida:
12
Do'stlaringiz bilan baham: |