O‘zbekiston Respublikasi mustaqil tashqi siyosatining yo‘lga qo‘yilishi va tashqi siyosati tamoyili


O‘zbekistonning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi


Download 51.06 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi51.06 Kb.
#1579674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu

O‘zbekistonning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati mamlakat iqtisodiy barqarorligi va aholi ijtimoiy farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatidan kelib chiqib xorijiy mamlakatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘ygan hamkorligi natijasida bir qator xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi xususida to‘xtalib o‘tamiz. O‘zbekistonning xalqaro moliya institutlari bilan, shu jumladan, Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki (JB), Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB), Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Yevropa investitsiya banklari kabi xalqaro moliyaviy institutlarning a’zosi bo‘lganligi, ularning ularning qarz va kreditlari mamlakat iqtisodiyoti yetakchi tarmoqlarini tiklash va yuksaltirishga muhim hissa qo‘shdi. Masalan, YeTTB O‘zbekistonda umumiy qiymati milliard dollardan ortig‘ini tashkil etgan 14 ta loyihani amalga oshirish uchun mamlakat iqtisodiyotiga 578,6 mln AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritdi. 1999-yilda ikkita kredit ajratdi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojida Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning yordami ham muhim o‘rin tutadi. Mamlakat 1995-yildan OTB a’zosi. O‘tgan yillar davomida qiymati 1,3 milliard AQSh dollarilik sarmoya ajratilgan.
O‘zbekistonning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi natijasida energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, uy-joy qurilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Amerika va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorligi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Shimoliy va Janubiy Amerikaning 21 ta mamlakati, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Meksika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Braziliya Federativ Respublikasi, Argentina Respublikasi, Chili Respublikasi, Venesuela Bolivar Respublikasi, Yamayka, Urugvay Sharqiy Respublikasi, Peru Respublikasi, Kosta-Rika Respublikasi, Paragvay Respublikasi, Kuba Respublikasi, Gvatemala Respublikasi, Nikaragua Respublikasi, Gonduras Respublikasi, Dominikan Respublikasi, Ekvador Respublikasi, Kolumbiya Respublikasi, Ko‘pmillatli Boliviya Davlati va El-Salvador Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi”ga muvofiq, respublika tashqi siyosatining ustivor yo‘nalishlardan biri Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamkorlik hisoblanadi.
O‘zbekiston-AQSh o‘rtasida 2002-yil martda imzolangan Strategik sherikchilik va hamkorlikning asoslari to‘g‘risidagi Deklaratsiya muhim hujjat hisoblanadi.
2017-yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev va AQSh Prezidenti D.Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida o‘zaro hurmat, ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga sodiqligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik faol rivojlanmoqda.
Oʻzbekiston Prezidentining 2018-yil may oyida Vashingtonga rasmiy tashrifi Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan oʻzaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Ikki davlat rahbarlari “Strategik sheriklikning yangi davri boshlanishi toʻgʻrisida”gi qoʻshma bayonotni qabul qildilar va oʻz saʼy-harakatlarini hamkorlikning oʻzaro manfaatli sohalarini rivojlantirishga yoʻnaltirdilar.
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ijobiy baholandi va qoʻllab-quvvatlandi. Bu Oʻzbekistonning reytingi va xalqaro imijiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
2017-yildan buyon ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar tarixida ilk bor AQSHning yuqori martabali iqtisodiy delegatsiyalari — savdo vaziri U.Ross, Missisipi shtati gubernatori F.Brayant, AQSHning sertifikatlangan savdo missiyasi (2019-yil) tashriflari amalga oshirildi.
Soʻnggi yillarda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo hajmi ikki baravar oshdi. Amerikalik sayyohlarning Oʻzbekistonga oqimi esa 50 foiz koʻpaydi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda AQSh-O‘zbekiston savdo palatasi muhim ahamiyat kasb etadi. AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida imzolangan TIFA savdo va investitsiyalar to‘g‘risidagi bitimning amalga oshirilishi Amerika bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.
O‘zbekistonda AQShning dunyoda taniqli bir qator yirik kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Xususan, “General Motors” korporatsiyasi ishtirokida yengil avtomobillar uchun dvigatellar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “General Motors Powertrain Uzbekistan” zavodi faoliyat ko‘rsatmoqda.
“Boeing” kompaniyasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasini zamonaviy avialaynerlar, xususan “Boeing-787-8 Dreamliner” rusumidagi yangi avlod samolyotlari bilan ta’minlovchi asosiy va doimiy hamkor sanaladi.
“General Electric” korporatsiyasi O‘zbekistonning neft-gaz va aviatsiya sektorlarida, shuningdek, salomatlik va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagi muhim hamkori hisoblanadi.
AQShning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan boshqa kompaniyalari ichida “Exxon Mobil”, “CNH Industrial”, “Coca-Cola”, “Hyatt”, “Hilton”, “John Deere”, “Honeywell”, “Caterpillar” va boshqalar ham mavjud.
Madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlar muntazam ravishda rivojlanmoqda. Toshkentda Vebster universiteti filialini ochish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston va Kanada o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yilning 7-aprelida o‘rnatilgan. Ikki tomonlama aloqalar O‘zbekiston Respublikasining qarorgohi Vashington shahrida bo‘lgan Kanadadagi Elchixonasi hamda Kanadaning qarorgohi Moskva shahrida bo‘lgan O‘zbekistondagi Elchixonasi darajalarida olib borilmoqda. 1997 yildan buyon Toshkentda Kanadaning Fahriy Konsulligi faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zbekiston Lotin Amerikasi davlatlari bilan faol aloqalarni qo‘lab-quvvatlashga intilmoqda. Braziliya, Kuba, Chili va Argentina mamlakatlari bilan munosabatlarda muntazamlik kuzatilmoqda.
2017-yil fevralida O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarining Braziliyaga soya ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida amaliyotlarni o‘rganish bo‘yicha tashrifi tashkil etildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatga tashrif buyurayotgan Lotin Amerikasi mamlakatlari delegatsiyalarining vakillari bilan muntazam ravishda ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Download 51.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling