O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet148/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Mavzuga doir material
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti FARMONI Xuan Antonio Samaranchni «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlash to'g'risida

Olimpiya harakatini rivojlantirish, davlatlararo hamkorlikni, tinchlik, xalqlar o'rtasida do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlashda-gi xizmatlari hamda O'zbekiston sportini qo'llab-quvvatlayotgani va uning xalqaro maydonda o'z о'mini egallashiga qo'shgan ulkan his-sasi uchun Xalqaro Olimpiya Qo'mitasining Prezidenti Xuan Antonio Samaranch «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlansin.


O'zbekiston Respublikasining
Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent shahri, 1996-yil 29-avgust.

* * *

O'zbekistonda mustaqillikning keyingi 10 yili mamlakatda jis­moniy tarbiya va sportni ommaviylashtirishda alohida davr bo'ldi. Bu borada bolalar sportini rivojlantirish respublika jamg'armasining tashkil qilinishi, 2000-yildan boshlab oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida «Universiada», o'rta maxsus kasb-hunar kollejlari talabala­ri o'rtasida «Barkamol avlod», umumta'lim maktablar o'quvchilari o'rtasida «Umid nihollari» sport musobaqalarining uyushtirili-shi muhim ahamiyatga ega voqealardir. Shu yillar mobaynida na­faqat sportning xalq o'rtasidagi ommaviyligini ta'minlash, balki ayrim sport turlarini rivojlantirishga katta e'tibor berildi. Jumladan, O'zbekcha kurash, tennis, shaxmat, boks bo'yicha O'zbekiston spor-ti jahon miqyosida o'z o'rniga ega bo'ldi. Tennis bo'yicha Iroda To'laganovaning, boks bo'yicha Ruslan Chagayev va Muhammad-qodir Abdullayevlarning dunyo sport arenalaridagi yutuqlari diqqat-ga sazovordir. Ayniqsa, Rustam Qosimjonovning shaxmat bo'yicha jahon chempioni unvoniga ega bo'lishi o'zbek sportini, umuman, O'zbekistonning jahon miqyosida obro'-e'tiborining oshishiga olib kelgan tarixiy voqea deyish mumkin.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining FARMONI

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling