O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tarbiya kishilik jamiyati tarixining barcha bosqichlari-da xalq madaniyatining tarkibiy va muhim qismi bo'lib kelgan. Xususan, unga O'zbekiston hududida yashayotgan xalqlar ma'naviy va jismoniy barkamollik mezoni sifatida qarashgan. Jismoniy tarbiya va harbiy san'at XIV-XV asrlarda ham ancha rivoj topgan. Amir Temur olib borgan siyosat jamiyatning hamma sohalarida bo'lgani kabi jismoniy tarbiyaning mohiyatini yuqori bosqichga ko'targan. Temuriylar davrida harbiylarni jismoniy tarbiyalashga alohida e'tibor beril-gan. Kurash, kamondan otish, ot sporti o'yinlari bo'yicha ko'pgina musobaqalar o'tkazilgan. O'zbekiston qadimdan milliy o'yinlarga boy. Ayniqsa, «Arg'im-choq», «Bekinmachoq», «Qilichbozlik», «Oq terakmi-ko'k terak», «Ololmaydi-уо, shuginani-yo», «Tortishmachoq», «Chillak» va ho-kazolar keng tarqalgan. Lekin, O'zbekistonda mustamlakachilik davrida jismoniy tarbiya katta yo'qotishlarga uchradi. Kuch, tezkorlik, chiniqish bilan bir-ga ma'naviyatni yetuklikka, axloq va odobni kamolga yetkazishga e'tibor susaydi. Bu mahalliy aholining jismoniy tarbiyadan uzoqlas-hishiga olib keldi. O'zbekistonda davlat mustaqilligi qo'lga kiritilgach, ko'p o'tmay O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida 1992-yili 14-yanvarda «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risi»da Qonun qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasi esa О' zbekistonda ommaviy va professional futbolni yanada rivojlantirish, uning moddiy bazasini mustahkamlash, futbolchilarning yangi avlodini tayyorlash va tarbiyalash, Vatanimiz futbolining xalqaro nufuzini oshirish maqsadida 1993-yili 18-martda «O`zbekiston Respublikasi futbolni yanada rivojlantirish choratadbirlari to'g'risida», 1996-yil 17-yanvarda «O`zbekistonda futbolni rivoj lantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomil-lashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» maxsus Qaror qabul qildi. Mamlakatda «Sog'lom avlod» Davlat dasturi ishlab chiqildi va keng ko'lamda amalga oshirila boshlandi. Ushbu dasturga muvofiq, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi milliy ma'naviyatni tiklashga katta e'tibor berildi. Milliy o'yin va sport turlari bo'yicha har yili musobaqalar o'tkazish odat tusiga kirdi. Mustaqillik sharofati bilan milliy sport turlarining qayta tiklanis-higa va ularning sport turi sifatida xalqaro miqyosda e'tirof etilishiga keng imkoniyatlar yaratildi. 1992-yildayoq Termiz va Shahrisabz shaharlarida milliy kurash bo'yicha xalqaro musobaqa o'tkazildi. Keyinchalik Milliy kurashning unutilayozgan nazariy jihatlari qayta tiklanib, uning asosiy qoidalari mukammal ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan tan olindi. Shunday qilib milliy kura-shimiz xalqaro sport turlaridan biriga aylandi. 1999-yil 1-2-may kunlari Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan sportchilari ishtirokida Birinchi jahon chempionati o'tkazildi. O'zbekistonlik kurashchilar ushbu chempionatning 3 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza, hammasi bo'lib 10 ta medalini qo'lga ki-ritishga muvaffaq bo'ldilar. Ayniqsa, 73 kg gacha bo'lgan vaznda Akobir Qurbonovning (Buxoro sh.,), 90 kg gacha bo'lgan vaznda Kamol Murodovning (Buxoro sh.,) va mutlaq vazn toifasida Tosh-temir Muhammadiyevning (Termiz sh.,) kurash bo'yicha birinchi jahon chempionlari bo'lganliklarini alohida ta'kidlab o'tish joizdir. Yurtboshimizning maxsus farmoni bilan Xalqaro «Kurash» Asso-tsiatsiyasi tuzilganligi, Islom Karimovning ushbu Assotsiatsiyaning faxriy Prezidenti etib saylanganligi milliy sport turlariga sog'lom avlodni tarbiyalovchi asosiy omillardan biri sifatida davlatimiz tomonidan alohida e'tibor berilayotganligining yorqin namunasidir. 1992-yildan Termiz va Shahrisabz shahrida milliy kurash bo'yicha xalqaro musobaqa o'tkazila boshlandi. 1994-yilda Toshkentda Tennis saroyi qurilib, unda «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini» uchun tennis bo'yicha katta xalqaro musobaqa o'tkazilmoqda. 1992-1996-yillarda O'zbekiston Respublikasi terma jamoalari sport turlari bo'yicha bir qancha jahon va Osiyo chem-pionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib keldilar. Jumladan, 1994-yili O'zbekiston Respublikasi sportchilari birinchi marta Yaponiyaning Xirosima shahrida o'tkazilgan XII Osiyo o'yinlarida ishtirok etdilar va ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ular 42 ta medalni, jumladan 10 ta oltin, 12 ta kumush, 20 ta bronza medalini qo'lga kiritdilar. O'zbekiston futbol terma komandasi Osiyo o'yinlari chempi-oni bo'ldi. 1994-yilgi qishki Olimpiada o'yinlarida o'zbekistonlik L. Cheryazova oltin medalga sazovor bo'ldi. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag'ishlangan «Xalq o'yinlari» II Res-publika Olimpiadasi 1996-yil 10-11-mayda bo'lib o'tdi. 1996-yil O'zbekiston sporti tarixida alohida o'rin tutadi. O'zbekiston boks federatsiyasi sport bo'yicha yo'riqchisi Artur Gri-goryan o'z vazni bo'yicha Germaniyada o'tkazilgan jahon chempio-natida qatnashib katta yutuqlarga erishdi. U mutlaq chempion «01tin kamarini» qo'lga kiritdi. Uning sport sohasida yutuqlari mamlakat Prezidenti tomonidan yuksak baholandi. Umuman, mamlakatda O'zbekiston sporti sharafini himoya qi-layotganlar munosib taqdirlana boshladi. Masalan, 1998-yil mustaqillik bayrami arafasida bir guruh sportchilarimizni «O`zbekiston iftixori» Faxriy unvoni bilan mukofotlanganliklari fikrimiz dalilidir. Hozirgi paytda O'zbekistonda aholi bilan jismoniy tarbiya -sog'lomlashtirish ishini amalga oshiradigan 15085 birlamchi tashkilotlar - jismoniy tarbiya jamoalari faoliyat ko'rsatmoqda. Ulardan 9501 tasi umumta'lim maktablarida, 710 tasi kollej va litseylarda, 62 oliy o'quv yurtlarida, 4812 tasi mehnat jamoalarida, 12092 tasi qish-loq joylarida ishlamoqda. Respublikada sport-sog'lomlashtirish klublari soni tobora о'sib borayapti. Hozirgi paytda ularning soni 500 dan ortiqni tashkil etadi. Respublikada yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga ixtisos-lashtirilgan 536 ta bolalar-o'smirlar sport maktablari, 5 ta olimpiya o'rinbosarlari bilim yurtlari, 8 ta respublika oliy sport mahorati maktablari faoliyat ko'rsatayapti. 2000-yilda respublikada 6 million 420 ming kishi jismoniy tarbiya bilan shug'ullanadi, ulardan 5,5 million kishi umumta'lim maktablarida, 390 ming kishi kollejlar, litseylar va o'rta maxsus o'quv yurtlarida, 82 ming kishi oliy o'quv yurtlarida, 500 ming kishi mehnat jamoalarida shug'ullangan edi. O'zbekistonda 2000-yilda jami 1,5 milliondan ortiq kishi, shu jumladan bolalar-o'smirlar sport maktablarida 270 ming kishi 70 dan ziyod sport turi bilan shug'ullandi. Bu ko'rsatkich yangi ochil-gan sport majmualari, yangi qurilgan litsey va kollej lar, maktablar tufayli keskin oshdi. Respublikada jismoniy tarbiya va sportning moddiy bazasi mutta-sil mustahkamlanib bordi. Respublikada 233 stadion, 5040 sport zali, 135 suzish havzasi, 32 865 sport maydonchasi, 4841 futbol maydoni, 1883 otish turi, 13139 voleybol, 7196 basketbol maydonchasi, 168 tennis korti, «Yoshlik» sport arenasi, «Paxtakor» markaziy stadioni, «Yunusobod» va «JAR» sport majmualari, Tennis saroyi va boshqa-lar sportchilar ixtiyorida. O'zbekiston sporti tarixida milliy olimpiya Qo'mitasining tashkil topishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 1993-yilning sentabrida Xalqaro Olimpiya Qo'mitasining 101-sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo'mitasi to'la-to'kis tan olindi. Qo'mita xalqaro sport va olimpiya harakati-ning rivojlanishiga yordam bermoqda. U O'zbekistonda olimpiya g'oyalarini targ'ib qilish, Olimpiya o'yinlarida respublika vakilla-ri ishtirokini ta'minlash, jahon sportchilari bilan do'stona aloqalar o'rnatish va rivojlantirishdek sharafli vazifa bilan shug'ullanmoqda. Milliy Olimpiya Qo'mitasining 127 a'zosi, 11 faxriy a'zosi bor. 1996-yil yanvarda Xalqaro Olimpiya Qo'mitasining qarori-ga muvofiq, jahon sportini rivojlantirishdagi xizmatlari va olimpiya g'oyalariga sadoqati uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Olimpiya Oltin ordeni bilan mukofotlandi. Toshkentda 1996-yil 14-avgustda Olimpiya muzeyi tashkil etildi. Uni Xalqaro Olimpiya Qo'mitasining Prezidenti X.A. Samaranch mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov bilan birga tantanali ravishda ochib berdi. X.A. Samaranchning O'zbekiston sportini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdir-landi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling