O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet143/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Nukus shahrining 70 yilligiga bag 'ishlangan tantanali marosimdagi so`z, 2003-yil 12-sentabr


Muazzam va mukarram shahar shodiyonasi

Assalomu alaykum, muhtaram vatandoshlar! Xonimlar va janoblar! Aziz mehmonlar!


Bugun O'zbekiston hayotida unutilmas kun, ulkan tanta-na. Qashqadaryo eli, butun xalqimiz go'zal va betakror diyori-miz tarixidagi qutlug' sana - qadimiy Nasaf - navqiron Qarshi shahrining 2700 yillik to'yini katta xursandchilik bilan nishonla-moqda.
Mana shu quvonchli ayyom munosabati bilan siz, aziz yurtdosh-larimni, sizlarning timsolingizda Qashqadaryo ahlini, butun o'zbek xalqini chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o'zimning hurrnat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.
Fursatdan foydalanib, bugungi bayramga uzoq-yaqindan tashrif buyurgan qadrli mehmonlarimizni, UNESKO tashkiloti, xorijiy dav­latlar elchilari va xalqaro tashkilotlar vakillarini, chet el ommaviy axborot vositalari xodimlarini bag'rikeng va mehmondo'st xalqimiz nomidan samimiy qutlashga ijozat bergaysiz.
Hurmatli yurtdoshlar!
Har bir qarich yeri muqaddas bo'lgan ona O'zbekistonimiz tuprog'ida joylashgan va butun jahon ahliga o'zini tanitgan, yoshi asrlar, ming yillarga teng keladigan mashhur ~hahar va maskanlar, bebaho moddiy va ma'naviy meros yodgorliklari bilan xalqimiz, barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz. Birgina saxovatli Qashqadar­yo zaminida 2700 yillik tarixga ega, nufuzli UNESKO xalqaro tash­kiloti tomonidan e'tirof etilgan Shahrisabz va Qarshi kabi shaharlar-ning mavjudligi ham bizning tarixiy ildizlarimiz naqadar chuqur va naqadar qadimiy ekanidan yaqqol dalolat beradi.
O'zining uzoq va boy o'tmishi davomida goh Nikshapa, goho Naxshab, keyinchalik Nasaf degan nomlar bilan atalgan ko'hna Qarshi shahri tarix va bashariyat uchun avvalo betakror sivilizat-siya va madaniyat beshigi sifatida, ko'p-ko'p ulug' siymolar, bu­yuk mutafakkir zotlar, aziz-avliyolarning vatani sifatida qadrli va mukarramdir. Bu yurt o'z tarixida kimlarni, qanday og'ir va ma-shaqqatli sinovlar, to'fon va suronlarni ko'rmagan. Bu yerga kimlar kelib ketmagan. Aleksandr Makedonskiy bosqini, sosoniylar xujumi, arab istilosi, Chingizxonning qonli yurishlari, tabiiy ofatlar oqibati-da Qarshi shahri necha bor yakson bo'lib, vayronaga aylangan. Bu yurt ne-ne xonlar, amirlar, chor istilosining zulm va zo'ravonliklarini boshidan kechirgan.
Yaqin o'tmishda, mustabid tuzum davrida ham shu betakror yerda yashayotgan, o'z qadr-qimmatini chuqur anglaydigan elni qatag'on qilish, tazyiq ostiga olish, uning ustidan turli bo'hton va uydirmalarni to'qish, sha'ni va g'ururini toptash kabi qanday azob-uqubatlarni Qashqadaryo ahli boshidan kechirgani, jabr tortgani hali-beri yodimizda. Lekin, har qanday qirg'in va fojialarga qaramas-dan, bu vohaning, Qarshidek umri boqiy shaharning hayot va davr sinovlaridan omon o'tib, mana shu yorug' kunlarga yetib kelgani shu zaminda yashab o'tgan ajdodlarimiz, bugun hayot kechirayotgan avlodning mustahkam irodasi, erkinlik va ozodlikka intilish tuyg'usi naqadar kuchli ekanining tasdig'idir, desam, hech qanday mubolag'a bo'lmaydi.
Bugungi kunda Qarshi shahrining nafaqat ko'hna tarixiy mas­kan, balki har qanday odamning ham e'tiborini o'ziga tortadigan navqiron, zamonaviy shaharga aylanib turgani istiqlolimizning be­qiyos qudrati, xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining amaliy isbotidir.
Aziz do'stlar!
Qadimiy Nasaf shahri nafaqat o'zining muhtasham asriy obida-lari, balki ilm-u fan, hunarmandchilik, adabiyot va san'at, muqad­das islom dini, islom falsafasi rivojiga ulkan hissa qo'shgan buyuk farzandlari bilan tariximizda alohida o'rin tutadi. Uning o'z davrida musulmon olamidagi madina, ya'ni muazzam shahar maqomiga ega bo'lgan sakkiz shaharning biri sifatida tarixiy manbalarda e'tirof eti-lishi ham bu fikrning yorqin dalilidir.
Ayniqsa, bu tabarruk maskanda shakllangan yuksak madaniyat, ilmiy-ma'naviy muhit tufayli bu yerdan Nasafiy taxallusi bilan nom qozongan yuzlab fozil insonlar yetishib chiqqan va ular o'z ona yurti shuhratini butun dunyoga tarannum yetgan. Ana shunday betakror siymolar qatorida hadis ilmining bilimdonlaridan Abul Abbos al-Mustag'firiy, Abu Turob Naxshabiy, yetuk shoir va olimlar Ziyovid-din Naxshabiy, Muyididdin Nasafiy, Sayido Nasafiy, huquqshunos alloma Najmiddin Nasafiy, kalom ilmining namoyandasi Abul Mu'in Nasafiy, faylasuf Aziziddin Nasafiy, mohir me'morlar AH Nasafiy, Olim Nasafiy va boshqa ko'plab ulug' zotlarning mo'tabar nomlarini bugun hurmat va ehtirom bilan tilga olamiz. Ularning boy ilmiy va ijodiy faoliyati, qoldirgan merosini har tomonlama chuqur o'rganish, bu bebaho boylikni kelgusi avlodlarimizga yetkazish har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir.
Taassufki, yurtimizda istilochi va mustabid tuzumlar, qadriyat-larimizni yo'q qilishga qaratilgan zo'ravon mafkura hukmronlik qil­gan yillarda bizni ana shunday buyuk madaniy meros, ma'naviy boyliklardan, o'zligimiz, din-u diyonatimizdan judo qilish, xalqimiz­ning milliy g'ururini sindirish maqsadida Qarshi shahridagi ko'plab qadimiy va betakror obidalar buzib tashlandi, Abdulaziz va Qilich-bek madrasalari, Odina masjidi kabi omon qolgan ayrim me'moriy obidalar esa qamoqxonalarga aylantirildi. Allaqanday, «Ardom», «Damzah» degan mudhish nomlar bilan ataldi.
Mana shuning uchun buyuk tariximizni har tomonlama chuqur o'rganish, undan zarur saboq chiqargan holda yo'l tutish, boshqa-cha aytganda, moziyga qaytib ish ko'rish xayrlidir. Bugungi do-rilamon kunlarda erkin va ozod nafas olib yashar ekanmiz, yaqin o'tmishimizda yuz bergan ana shunday mash'um kunlarni, ularning saboqlarini hech qachon unutmasligimizni istardim.
Qadrli vatandoshlar!
Biz Qarshi shahrining 2700 yillik to'yini nafaqat milliy tarixi-miz, balki umumbashariy taraqqiyot tarixida beqiyos o'rin egallay-diga'n ulug' ajdodimiz, buyuk davlat arbobi va sarkarda, sohibqiron Amir Temur bobomizning 670 yillik tavallud ayyomi bilan birga nishonlamoqdamiz. Buning zamirida teran ramziy ma'no, o'ziga xos tarixiy bog'Hqlik bor, albatta. Nega deganda, o'z timsolida millati-miz, xalqimizga mansub bo'lgan aql va zakovat, bag'rikenglik va Vatanga sodiqlik, qat'iyatlik va bunyodkorlik salohiyatini mujassam etgan va dunyoga namoyish qilgan Amir Temurning hayoti va faoli­yatini, uning milliy ozodlik uchun, mustaqil va qudratli davlat bar­po etish uchun olib borgan kurashini Qarshi shahrisiz tasavvur etib boimaydi.
Sohibqiron hazratlarining xalqimizni mo'g'ul zulmidan xalos etish, parokanda el va elatlarni birlashtirish, diyonat va adolatni qa­ror toptirish, ilm-fan, ma'rifat va madaniyatni yuksaltirish yo'lidagi buyuk orzu-niyat va intilishlariga mana shu Qarshi zamini mustah-kam qanot bergan, desak, haqiqatni aytgan bo'lamiz. Ayni Qarshi diyoridan yetishib chiqqan tabarruk zot piri murshid Shamsiddin Kulolning oq fotihasini olib, Amir Temur ezgu maqsadlar yo'lida ilk qadamlar qo'ygani, Sohibqiron bobomizning oqilona siyosa-ti va sa'y-harakatlari tufayli ushbu shahar Movarounnahrning yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylangani haqida ko'hna tariximiz guvohlik beradi.
Mana, qariyb yetti asrdirki, Amur Temur bobomizning o'lmas nomi, so'nmas shon-shavkati, bunyodkorlik faoliyatiga bo'lgan qi-ziqish butun dunyoda tobora kuchayib bormoqda. Buni birgina shu yilning o'zida Ispaniya, Belgiya, Fransiya kabi mamlakatlarda ulug' ajdodimizning tavallud ayyomiga bag'ishlab o'tkazilgan qator ilmiy anjuman va ma'rifiy tadbirlar, xususan, kuni kecha Parijda mashhur olim Lusyen Keren tomonidan «Samarqandga - Amir Temur davriga sayohat» nomli fundamental asarning nashr etilgani misolida ham ko'rish mumkin.
Bir so'z bilan aytganda, o'z davrining yengilmas qahramoni, millatning haqiqiy yetakchisi, favqulodda buyuk shaxs, buyuk in­son bo'lgan Amir Temurning betakror hayoti va faoliyati, jasora-я va ibrati bugungi kunda bizning yorug' kelajagimizga ishonch bag'ishlaydi, oldimizga qo'ygan maqsadlarga erishish uchun cheksiz kuch-quvvat, qat'iyat va shijoat baxsh etadi.
Hurmatli do'stlar!
Taqdir deymizmi, tuz-nasiba deymizmi, hayotimning uzviy bir qismi, hech unutilmas davri mana shu Qashqadaryo zamini-da kechdi. Shu bois, men bu go'zal yurtga nisbatan qalbim to'rida mehr-muhabbat tuyg'usini saqlab, qizg'in mehnat, ezgu orzu-niyat va intilishlar bilan o'tgan o'sha yillarni doimo minnatdorlik bilan eslayman. O'sha murakkab paytlarda og'ir muammolar girdobida qolib ketgan Qashqadaryo viloyatida mavjud bo'lgan nochor ahvolni o'nglash, yurtni obod etish yo'lida siz, azizlar bilan qanday harakat-lar, qanday katta maqsad va rejalarni amalga oshirishga erishgani-miz, o'ylaymanki, barchamizning xotiramizda yorqin sahifa bo'lib qolajak.
Shaxsan men umrimning eng qizg'in, suronli va baxtli damlarini Qashqa vohasida o'tkazganimni, shu yurtda o'zim uchun hayotiy maktab, katta tajriba topganimni, sizlarning quvonch va tashvishla-ringizga sherik bo'lib, mehr-oqibat ko'rganimni hech qachon unut-mayman.
Oradan yillar o'tib, istiqlolga erishib, o'z taqdirimizni o'z qo'limizga olganimizdan so'ng, Qashqa vohasining qadimiy tarixi, yuksak nuruzini qayta tiklashga, Qarshi shahrini o'z salohiyati va avvalo, shu yurtda yashayotgan mard va tanti xalqning mehnati bi­lan mamlakatimizning eng go'zal va ko'rkam shaharlaridan biriga, yirik sanoat va madaniyat markaziga aylantirishga muyassar bo'ldik. Qarshi shahrining qutlug' to'yi munosabati bilan viloyatda faqat so'nggi ikki yil davomida ko'plab obyektlarda amalga oshirilgan qurilish, kapital ta'mirlash va rekonstruksiya ishlariga qariyb 50 mil­liard so'm mablag' sarrlanganining o'ziyoq bajarilgan ishlar ko'lami qanchalik ulkan ekanini yaqqol ko'rsatib turibdi.
Bu haqda gapirganda, avvalambor, bu qadimiy shaharning ta­rixiy qiyofasini tiklash maqsadida qilingan ishlarni, xususan, eski shahar qismining, Registon maydoni, o'nlab me'moriy obidalarning tubdan qayta tiklanib-ta'mirlangani, yangicha ko'rk-u salobat kasb etgani barchamizga mamnuniyat bilan birga, beixtiyor xalqimizning ruhini ko'taradigan bunday bunyodkorlik ishlarini davom ettirishga ishonch bag'ishlaydi.
Ayni paytda Mustaqillik maydoni, Markaziy va Bolalar istiro-hat bog'i, amfiteatr maydoni, ko'plab yangi turarjoylar, tibbiyot va madaniyat muassasalari, keng va ravon ko'chalar, obod bozor va ko'rkam xiyobonlar misolida Qarshi shahrining zamonaviy qiyofasi­ni ko'rishimiz mumkin. Ayniqsa, bizning oliy maqsadimiz bo'lmish sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishiga xizmat qiladi-gan zamonaviy litsey va kollejlar, yangi maktablar, Olimpiya zaxira-lari sport kolleji, yengil atletika maneji va yopiq suv sporti havzasi, yangi markaziy stadion, xotin-qizlar sport majmuasi nafaqat viloyat-da balki butun mamlakatimizda alohida o'rin egallaydi.
' Qadrli do'stlar, birodarlar, menga buyursa, mana shunday haya-jonli daqiqalarda Sohibqiron Amir Temur bobomizning yuksak g'urur va iftixor to'la so'zlarini davom ettirib, shunday degan bo'lardim: kimki bizning kuch-qudratimizni, xalqimizning azm-u shijoatini, qanday buyuk ishlarga qodir ekanini ko'rmoqchi bo'lsa, mana shu Qarshi shahrida, butun O'zbekistonda amalga oshirayot-gan bunyodkorlik ishlarimizni kelib ko'rsin.
Azizlarim, «Qarshi» degan so'zning «qasr, saroy» degan ma'noni anglatishini ko'pchiligingiz yaxshi bilasiz. Men bugungi xursandchilik kunida qadimiy Qarshi shahrini saroydek go'zal sha-harga aylantirish uchun kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan sidqidildan mehnat qilgan qo'li gul quruvchi va ishchilarga, muhan-dis va me'morlarga, pudratchi va homiy tashkilotlarga, respublika vazirliklari va hokimiyat idoralari mutasaddilariga, bu olijanob ishga o'z hissasini qo'shgan barcha insonlarga o'z nomimdan, butun xal­qimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildiraman. Fursatdan foyda­lanib, qariyb 700 ming tonna g'alla, 435 ming tonnadan ziyod ulkan paxta xirmonini bunyod etib, bugungi bayramni yorug' yuz bilan kutib olayotgan Qarshi vohasining mirishkor va fidoyi dehqonlarini, barcha mehnatkashlarini qutlab, bag'rimga bosib, qalbimdagi eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Aziz va muhtaram vatandoshlarim!
Ishonchim komilki, yosh avlodimiz, kelgusi nasllar biz boshla-gan mana shu ishlaming munosib davomchilari bo'lib, ona yurtimiz, bebaho tariximiz, ulug' ajdodlarimiz, qadimiy shaharlarimiz bilan hamisha g'ururlanib yashaydi. Ulardan kuch va ruhiy quvvat olib, jonajon O'zbekistonimiz dovrug'ini butun olamga tarannum etadi.
Go'zal Qarshi shahrining qutlug' to'yi bilan sizlarni yana bir bor muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat tilayman.
Ona zaminimiz doimo gullab-yashnasin, fayz-u barakaga to'l-
sin!
El-yurtimizni Yaratganning o'zi panohida asrasin! Qarshi shahri, Qashqadaryo ahli hamisha omon bo'lsin!

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling