O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Burhoniddin Marg'iloniy tavalludining 910 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlangan nutq
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
2000-yil 11-noyabr
Burhoniddin Marg'iloniy tavalludining 910 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlangan nutq Bismillohir rahmonir rohim. Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Uzoq-yaqindan kelgan muhtaram mehmonlar! Avvalambor, siz, azizlar bilan qadimiy va go'zal Marg'ilon zaminida, muborak ramazon arafasida ko'rishib turganimdan g'oyat baxtiyor ekanimni izhor etmoqchiman. Qadrli do'stlar! O'tgan ota-bobolarimizni eslash, ularning ruhi poklarini shod etish xalqimizga xos ezgu fazilat, xayrli va savob ishdir. Bugun biz ko'p-ko'p mumtoz zotlarning ona shahri bo'lgan, ne-ne avliyo, alloma-yu fozillar qadami tekkan ko'hna Marg'ilonda bashariyat ma'naviy taraqqiyotiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk fa-qih Burhoniddin Marg'iloniy hazratlarining tabarruk xotirasini yod etib ul zoti sharifga bo'lgan farzandlik hurmat-ehtiromini bajo kelti-rish'uchun to'plandik. Islom huquqshunosligining ulkan namoyandasi, shayxulislom Burhoniddin Marg'iloniyning nomi Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Mahmud Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Baho-uddin Naqshband, Xoja Ahrori valiy singari ulug' siymolar qatorida turadi. Nafaqat musulmon olami, balki butun dunyo e'tirof etgan, Alloh taolo bergan aql-zakovati bilan islom huquqshunosligi ilmida o'ziga xos maktab yaratgan, bebaho merosi bilan mana shu Farg'ona diyo-rini jahonga tarannum etgan ul zotning tariximizdagi o'rni va obro'si beqiyosdir. O'z hayotini din-u diyonat pokligi, iymon-e'tiqod ustuvorligi, ilm va adolat tantanasi yo'lida safarbar etgan bu mo'tabar alloma-ning Sharq olamida «Burhonuddin va milla», ya'ni «Din va mil-latning hujjati» degan yuksak e'tirofga sazovor bo'lgani ham buni yaqqol isbotlaydi. Qadrli birodarlar! Hammamizga ma'lumki, yer yuzida musulmonchilik pay do bo'lganidan buyon asrlar davomida dunyoning turli mamlakatlarida yuzlab olim-u ulamolar islom huquqshunosligi bilan mashg'ul bo'lib kelganlar. Lekin bu sohada o'zi yaratgan buyuk asarlari va maktabi bilan islomiy huquq asoslarini belgilab bergani va shu ilmning har to-monlama rivoj topishiga qo'shgan hissasi bilan shu zamindan yeti-shib chiqqan bizning buyuk vatandoshimiz Marg'iloniy hazratlari-ga teng keladigan boshqa alloma kamdan kam topiladi desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Burhoniddin Marg'iloniy yashagan zamon - Sharq Uyg'onish davrining birinchi bosqichi bo'lmish X-XII asrlarda Movarounnahr zaminida ilm-u fan gurkirab rivojlangan, jamiyat taraqqiyoti uchun islom huquqini to'g'ri anglash va amal qilish muhim ijtimoiy zaru-ratga aylangan edi. Ul zot o'z asarlarida o'sha zamonlarda mo'min-musulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan, oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, inson-ning burch va mas'uliyatlariga taalluqli ko'p-ko'p murakkab muam-molarni islomiy huquq nuqtayi nazaridan hal etib bergan. Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham «Hidoyat yo'lining sarboni» deya katta hurmat-e'tibor topgan. Marg'iloniyning o'lmas merosi, xususan, «Hidoya» - «To'g'ri yo'l» deb atalgan kitobi, mana, sakkiz asrdirki, musulmon mamla-katlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e'tirof etib kelinayotganining boisi ham ana shunda. Ayniqsa, bu mumtoz asarning yevropa tillariga ham tarjima qi-lingani, butun dunyoda katta qiziqish bilan o'rganilayotgani, unga turli tillarda ko'plab sharh va izohlar bitilgani Marg'iloniy merosi-ning umumbashariy ahamiyatidan dalolat beradi. Agar biz allomaning zamondoshlaridan biri aytgan «Ey aql egasi, «Hidoya»ni o'qib, mag'zini chaqqin, chunki u seni hidoyat yo'liga boshlab, eng oliy maqsadlarga yetkazgay», degan so'zlarini eslasak, o'ylaymanki, u zoti sharifning avlodlar oldidagi tarixiy xiz-matlarini yana bir bor yaqqol tasavvur qilgan bo'lamiz. Muhtaram vatandoshlar! Aziz mehmonlar! Burhoniddin Marg'iloniyning bizga qoldirgan ulkan merosi erishgan shon-shuhrati zamirida avvalo uning ibratli hayoti, рок e'tiqodi, oliyjanob insoniy fazilatlari mujassam. Bu zahmatkash alloma hayotining mazmuni bo'lmish ellik yetti kitobdan iborat «Hidoya»dek ulkan asarni bunyod etgani, o'z asar-larida biror marta ham «men» degan so'zni ishlatmagani, balki «Bu zaif banda aytadi», deya kamtarona izoh berishi har qanday odamni bugun ham hayratga soladi. Va uning ulug' e'tiqodi, ilm-u urfon yo'lidagi fidoyiligi, kam-tarlik va xokisorlik fazilatlari bu zotga nisbatan barchamizda buyuk hurmat va ehtirom uyg'otadi. Hurmatli yurtdoshlarim! Ko'p asrlik tariximiz shundan dalolat beradiki, eng murakkab davrlarda ham xalqimizning mushkul sinovlardan o'tishi, hayotning turli to'fon va bo'ronlariga mardona bardosh berib, qaddi-qomatini tik tutib yashashiga katta madad baxsh etadigan kuch - yuksak ma'naviyat va adolatga intilish tuyg'usi bo'lgan. Bamisoli qushning parvozi uchun qo'sh qanot qanchalik zarur bo'lsa, insoniyatning hayoti va taraqqiyoti uchun mana shu ikki buyuk tamoyil hamisha tayanch va suyanch bo'lib keladi. Buyuk ajdodlarimizning hayot yo'lini, ilmiy merosini o'rganar ekanmiz, ana shu haqiqat ular faoliyatining bosh mezoni bo'lib kel-ganiga ishonch hosil qilamiz. Shubha yo'qki, «Kuch - adolatdadir» degan g'oyani o'z hayotining mazmuni, deb bilgan Amir Temur bobomizdek ulug' ajdodlarimizning kamol topishida ham «Hidoya» singari qomusiy asarlarning ta'siri va ahamiyati beqiyos bo'lgan. Shu ma'noda, bizning adolatli jamiyat barpo etish yo'lida amalga oshirayotgan ishlarimiz chuqur tarixiy ildizlarga ega, desak, yang-lishmagan bo'lamiz. Burhoniddin Marg'iloniy asarlarining mohiyati bo'lmish adolat tuyg'usi, o'z davrining huquqiy mezonlari asosida yashash, o'zganing mol-mulkiga ko'z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehr-oqibat kabi xalqimizga xos bo'lgan ezgu tu-shunchalar bugungi kunda ham ma'naviy hayotimiz asoslarini tashkil etadi, desak, hech qanday xato bo'lmaydi. Alloma bobomizning boy ilmiy merosiga ana shu nuqtayi na-zardan qaraydigan bo'lsak, uni har tomonlama chuqur o'rganish va tegishli xulosalar chiqarib, zamonaviy bilimlar, bugungi hayot talab-laridan kelib chiqadigan tajribalar bilan boyitish zarur. Va bu ulug' merosni avvalo o'zimiz uchun, kelajak avlodlar tarbiyasi uchun beqiyos ma'naviy oziq, deb bilmog'imiz darkor. Eng muhimi, qanday o'lmas meros egalari ekanimizni hech qachon unutmaslik, ana shu boylikni ko'z qorachig'iday asrab-avaylash, bir so'z bilan aytganda, ulug' ajdodlarimizga munosib vo-rislar bo'lish - shu saxovatli va go'zal zaminda yashayotgan har qaysi inson uchun ham qarz, ham farzdir. Muhtaram jamoat, aziz vatandoshlarim! Insoniyat tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk shaxslar avvalo Al-loh taolo aziz tutgan muborak zaminda dunyoga keladi. Bu ko'hna haqiqat hayotda ko'p bor o'z isbotini topgan. Buyuk bobomiz Burhoniddin Marg'iloniyning kindik qoni tom-gan ko'hna Rishton tuprog'i, ul zoti sharif kamolga yetgan qadimiy Marg'ilon ham ana shunday tabarruk maskanlar qatoriga kiradi. Marg'ilon deganda, betakror tabiati, bog'-rog'lari, kamalak-dek serjilo atlaslari, o'zligimiz ramziga aylanib ketgan rang-barang do'ppilari bilan yetti iqlimga mashhur bo'lgan go'zal bir makon ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Bu zamin azal-azaldan odob-andishali va bag'rikeng, mehnat-kash va tadbirkor, mehmondo'st xalqi, mohir hunarmandlari, usta bog'bonlari, xushovoz hofizlari bilan shuhrat qozonib keladi. Farg'ona vodiysining marvaridi bo'lmish Marg'ilonning bunday yuksak obro'-e'tibor topishida, avvalambor, mana shunday fazilat-larga ega bo'lgan xalqning mehnati va shu muqaddas zaminda unib-o'sib, voyaga yetgan, o'z yurti dovrug'ini butun dunyoga taratgan mo'tabar zotlarning hissasi beqiyos. Bu borada umr bo'yi Marg'ilon nomini ulug'lab yashagan Burhoniddin Marg'iloniy bobomizning xizmatlari cheksizdir. Men bugun siz, marg'ilonlik muhtaram yurtdoshlarimga qarata shu yuksak minbardan turib aytmoqchiman: shunday ulug' bobomizning aziz nomini ko'ksingizga tumor qilib olsangaz arziydi, albatta. Ishonamanki, bu tabarruk tumor, Yaratganimizning marhamati bilan, nafaqat Marg'ilon ahlini, balki har bir vatandoshimizni, butun el-u yurtimizni yomon ko'zlardan, turli balo-qazolardan asraydi. Biz bugun hazrati Marg'iloniyning xizmatlarini butun dunyo tan olishini, jahondagi ko'plab nufuzli ilm dargohlarida allomaning merosi har tomonlama o'rganilishini, hozir ham uning asarlari asosida qanchadan-qancha talaba yoshlarga saboq berilayotganini g'urur va iftixor bilan tilga olamiz. Bularning barchasini biz ulug' bobomizning muborak siymo-si bugungi kunda ham mamlakatimiz, xalqimiz obro'siga obro' qo'shayotganidan dalolat, deb bilamiz. Shu fursatdan foydalanib, alloma Marg'iloniyning ilmiy merosini o'rganayotgan, u boshlagan ishning davomchilari bo'lgan olim va mutaxassislarga, ul zotning xotirasiga hurmat bajo keltirib, ziyorat etish maqsadida uzoq-yaqindan kelgan barcha aziz mehmonlarimiz-ga xalqimiz nomidan minnatdorchilik bildirishga va o'z ehtiromi-mizni izhor qilishga ijozat bergaysiz. Aziz do'stlarim! Ilm va iste'dodini, butun borlig'ini millat uchun, xalq uchun bashariyat baxt-saodati uchun baxshida etgan hazrat Marg'iloniy kabi buyuk insonlarning tarix oldidagi, kelajak oldidagi xizmatla-ri aslo unutilmaydi. Marg'iloniy yoqqan ilmu ma'rifat mash'alasi hech qachon so'nmaydi, avlodlarning ong-u tafakkurini doimo munavvar etib turadi. Bu haqiqat bugungi qutlug' ma'rakalar mi-solida ham o'z tasdig'ini topmoqda. Ulug' bobomizning muborak tavallud to'yi sharofati bilan qadimiy va betakror Marg'ilon shahri o'zgacha chiroy va tarovat kasb etgani, qo'li gul quruvchila-rimiz, mohir ustalarimiz, me'mor-u muhandislarimiz, bunyodkor xalqimiz mehnati bilan mana shu muazzam yodgorlik majmui qad ko'targani hammamizning hazrat Marg'iloniyga bo'lgan cheksiz ehtiromimiz ifodasidir. Bu muhtasham yodgorlik majmuasini bunyod etishda qatnash-gan barcha yurtdoshlarimizga chin qalbimdan minnatdorlik bildira-man, umringizdan baraka toping, qo'llaringiz aslo dard ko'rmasin, deyman. Kelinglar, aziz do'stlarim, birodarlarim, buyuk bobomiz tavallud topgan mana shu muqaddas Farg'ona zaminida turib, u mo'tabar zotning ruhi poklari shod bo'lsin, muborak qabrlari ilohiy nurga to'lsin, deya tilak qilaylik. Bugungi hayajonli, unutilmas lahzalarda Burhoniddin jytarg'il°nry bobomiz xotirasini yana bir karra yod etib, mana shunday aziz-avliyolarimizga beshik bo'lgan yurtimizga Allohdan tinchlik-omonlik, xalqimizga baxt-u saodat, farovonlik ato etishini so'rayhk. Ilohim, barcha xayrli ishlarimizda Yaratganimizning o'zi niadadkor bo'lsin! Shu qutlug' kunda qilgan jamiki ezgu tilaklarimiz ijobat bo'lsin! Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling