O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet142/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Jayhun sohilidagi gavhar

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Muhtaram mehmonlar!


Bugun biz qoraqalpoq elining go'zal poytaxti, yurtimizning shi-moliy darvozasi bo'lmish Nukus shahrining 70 yillik to'yini bayram qilmoqdamiz.
Mana shu qutlug' sana munosabati bilan siz, azizlarni, sizlarning siymongizda butun Qoraqalpog'iston ahlini chin qalbimdan mubo-rakbod etib, barchangizga o'zimning hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni bildirishga ijozat bergaysiz.
Qadrli do'stlar!
Bugun biz navqiron Nukus shahrining katta to'yini nishonlar ekanmiz, bu shahar timsolida Qoraqalpog'iston diyorida ro'y be-rayotgan yangilanishlar, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, odamlarning turmush tarzida sodir bo'layotgan ijobiy o'zgarishlar haqida gapirishimiz tabiiy, albatta.
Bu o'zgarishlar, avvalambor, qoraqalpoq xalqining mashaqqat-li mehnati va g'ayrat-shijoati bilan erishilayotgan katta yutuqlarda, shahar va qishloqlar, ovullarning tobora obod bo'lib, respublika ish­lab chiqarish salohiyatining yuksalib borayotganida, yangi-yangi inshootlarning ishga tushirilayotganida yaqqol namoyon bo'ladi.
Bular qatorida mintaqamizda yagona bo'lgan Qo'ng'irot soda zavodi, Xo'jayli shisha zavodi, «Markaziy Osiyo bezak toshlari» qo'shma korxonasi, Qo'ng'irotdagi karbid, Nukusdagi marmar va kabel zavodlari, O'rga gaz koni, «Eltsks» va «Kateks» kabi zamona-viy ishlab chiqarish majmualarini misol keltirish mumkin.
O'rni kelganda shuni ham aytish kerakki, O'zbekistonning, jum­ladan, Qoraqalpog'istonning ham eng zaif nuqtasi - bu kommuni-katsiya masalasi ekanini men doimo ta'kidlab kelaman. Ana shu o'ta muhim muammoni yechish bo'yicha mamlakatimizda ko'p ishlar qilingani va qilinayotganidan sizlar yaxshi xabardorsiz.
Ayniqsa, 345 kilometrli Navoiy - Nukus temir yo'li, Nukus bi­lan Xo'jaylini bog'laydigan ulkan ko'prik, Qo'ng'irot avtomobil yo'li kabi muhim strategik inshootlar bu zamindagi behisob tabiiy zaxiralarni o'zlashtirishga, ulardan, avvalambor, qoraqalpoq xalqi­ning, butun yurtimizning farovonligi yo'lida foydalanishga xizmat qiladi.
Ana shunday, odamlarning og'irini yengil qilishga qaratilgan ishlarimiz haqida gapirganda, birinchi galda, aholini toza ichim-lik suvi va tabiiy gaz bilan ta'minlash masalasini alohida aytib o'tishimiz o'rinlidir.
Oxirgi yillar davomida foydalanishga topshirilgan 243 kilometr uzunlikdagi Tuyamo'yin - Nukus, 112 kilometr uzunlikdagi Nukus -Taxtako'pir suv uzatish tarmoqlari bu borada g'oyat muhim ahami-yat kasb etadi.
Bugungi kunda murakkab ekologik hududlarda yashayotgan odamlarga zarur sharoit yaratish maqsadida Chimboy va Taxtako'pir,
Oo'ng'tiot va Qanliko'l tumanlarining olis qishloq va ovullariga, •ami 390 ta aholi punktiga ichimlik suvi yetkazib berish bo'yicha Llgan salmoqli ishlarimiz barchamizni quvontiradi. & Hurmatli yurtdoshlar!
Albatta, qo'lga kiritgan bunday yutuqlarimiz, ulkan loyihalarni o'zlashtirish yo'lida qilayotgan mehnatimiz va harakatlarimiz xalqi­mizning ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlaydi va kuchi-mizga kuch, g'ayratimizga g'ayrat qo'shadi.
Ayni paytda oldimizda hali-beri o'z yechimini kutayotgan, shu tuproqda yashayotgan odamlarni qiynayotgan dolzarb muammo-lar ham borligini esdan chiqarmasligimiz va bu masalalar doimo e'tiborimiz markazida turishi zarurligini anglab olishimiz darkor.
Shu o'rinda men, avvalo, barcha rahbarlarni - ular Toshkentda voki Nukusda bo'ladimi - ogohlantirib, alohida ta'kidlab aytmoq-chiman:
Katta-katta loyihalar ustida ishlash bilan birga, odamlarimizning kundalik hayotiy muammolarini yechish, tashvishlarini yengillashti-rish, ularga so'zda emas, amalda g'amxo'rlik ko'rsatish, bu masala-da loqaydlik va to'rachilik kabi noxush holatlarga yo'l qo'ymaslik, bir so'z bilan aytganda, el-ulusning dardini o'z yuragi, o'z qalbidan o'tkazib yashash va ishlashni bugungi kunda hayotning o'zi taqozo etmoqda.
Aziz do'stlar!
Qoraqalpoq deganda, bu zahmatkash xalqning o'ziga xos xu-susiyatlari, elni el, yurtni yurt qiladigan fazilatlari haqida gapirgan­da, avvalo, bizning ko'z oldimizda o'zining uzoq tarixi davomida ko'p azob-uqubat, qirg'in-qatag'onlarni boshidan kechirgan, qancha-qancha og'ir yo'llarni bosib o'tgan, chidamli va bag'rikeng, mard va matonatli bir xalq siymosi paydo bo'ladi.
Agar biz ona zaminga, Vatanga mehr va sadoqat haqida so'z yuritadigan bo'lsak, birinchi galda, sahro quyoshi, garmsel va izg'irin shamollarida toblangan, og'ir tabiiy sharoitda ham o'z yurti-ning tuprog'ini ko'ziga to'tiyo qilib, kelajakka ishonch bilan yasha­yotgan qoraqalpoq eli haqida gapirishimiz ham qarz, ham farz deb bilaman.
Kimki bu jafokash xalqning beg'ubor qalbini, asriy orzu-armonlari, intilishlarini bilmoqchi, anglab yetmoqchi bo'lsa, uning aql-zakovati bilan yaratilgan «Qirqqiz» va «Shahriyor» kabi o'lmas dostonlarga, Kunxo'ja, Ajiniyoz va Berdax singari ulkan shoirlar-ning ta'sirchan asarlariga murojaat qilsa, o'ylaymanki, o'zi uchun ko'p-ko'p ma'no topadi.
Qoraqalpoq xalqi azaldan o'zining bilimga tashnaligi, san'atga bo'lgan yuksak muhabbati, o'z diyorining boshqalar anglab yetol-maydigan go'zalligi va jozibasini kashf etishdek noyob iste'dodi bi­lan barcha-barchani maftun etib keladi.
Shu borada birgina misol keltirmoqchiman. Kuni kecha musta-qilligimizning 12 yilligiga bag'ishlangan tantanali bayram tomosha-sida Qoraqalpog'iston san'at ustalarining yorqin mahorati, ta'sirchan kuy-qo'shiqlari shaxsan menga benihoya manzur bo'ldi.
Agar shu tomosha yakuni bo'yicha qandaydir tanlov o'tkazilsa, boshqalar xafa bo'lmasin-u, men hech ikkilanmasdan birinchi o'rinni qoraqalpoq san'atkorlariga bergan bo'lur edim.
Qoraqalpog'istonning ana shunday katta iqtisodiy, ilmiy va ma'naviy salohiyatini asrab-avaylab, uni yanada boyitishga mu­nosib hissa qo'shib kelayotgan O'zbekiston Qahramonlari Anisiya Saidova, Allaniyoz O'teniyozov, To'lepbergen Qaipbergenov, ular qatorida Alimbay Mamutov, Tursunbay Yeshjanov, Sobir Kamolov, Ibrayim Yusupov, Jo'ldasbek Quttimuradov, Muyassar Razzoqova, Kenesbay Serjanov, Gulxaticha Ayimbetova, Eliza Aytniyazova kabi o'nlab ishlab chiqarish sohasi, ilm-fan va madaniyat namoyandalari-ning nomlarini hurmat va ehtirom bilan tilga olamiz.
Muhtaram yurtdoshlarim!
Biz bugun betakror qiyofa kasb etib borayotgan ko'pmillatli Nu-kus shahrini yirik sanoat, ilm-fan va madaniyat markazi, do'stlik va birodarlik shahri, deb ta'riflaymiz. Va albatta, bu ta'riflarning bar-chasi mustahkam hayotiy asos va zaminga ega.
Buni hozirgi vaqtda Nukusda Fanlar akademiyasi va Badiiy akademiyaning filiallari, Qoraqalpog'iston davlat universiteti, qator institutlar, qirqqa yaqin akademik litsey, o'nlab kasb-hunar kollejlari, teatr va muzeylar xalqimizning ma'naviy-ma'rifiy yuksalishi yo'lida xizmat qilayotgani ham tasdiqlaydi.
Butun xalqimiz singari qoraqalpoq eli ham nafaqat bugungi ha­yot, balki ertangi kunimiz, istiqbol orzusi bilan, barchamizning ta-yanchimiz va suyanchimiz bo'lgan jondan aziz farzandlarimizning taqdiri va kelajagini o'ylab yashamoqda.
Shu ma'noda, Nukus shahrining o'ziga xos va o'ziga mos yana bir xususiyati haqida gapirishni o'rinli, deb bilaman. Bugungi kunda shahar aholisining 65 foizini 25 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlar tash­kil etadi.
Bu yerda har o'n nafar fuqaroning biri, ta'bir joiz bo'lsa, talaba bo'lib hayot kechirmoqda. Va bunday holat bu navqiron shaharning kelajagidan, katta imkoniyatlarga ega ekanidan dalolat beradi.
Shu zaminga xos, barchaning hayrat va hurmatini, zavqini uyg'otadigan yana bir belgi - alomat borki, u ham bo'lsa, mana shunday og'ir va murakkab, har qanday odam ham bardosh berol-maydigan bir sharoitda qoraqalpoq yoshlarining bilimga, yetuk in­son bo'lib voyaga yetishga qat'iyat bilan intilayotgani, xalqaro fan olimpiadalari va nufuzli jahon musobaqalarida qatnashib, yuksak marralarni egallab kelayotganidir.
Istiqbolimiz timsollari bo'lgan Alisher Sanetullayev, Rustam Sultonov, Ruslan Urgenchbayev kabi bilimdon yoshlarimiz, Ani-fa Ortiqova, Ziyoda Sharipova, Maxset Utemuratov kabi iqtidor-li san'atkorlarimiz, Baurjon Kazdayev, Erkin Qutiboyev, Bahrom Ermatov singari mard va jasur sportchilarimiz nafaqat qoraqalpoq eli, butun O'zbekiston xalqining faxri va umidi, desak, aslo xato bo'lmaydi.
Qadrli do'stlar!
Men bugun sizlarning huzuringizga kelayotib, bayram arafasida Nukus shahrida amalga oshirilgan yangi qurilish va obodonchilik ishlari bilan tanishdim. Shuni mamnuniyat bilan aytishim lozimki, qoraqalpoq xalqining bunyodkorlik salohiyati tobora ortib borayot-ganiga yana bir karra ishonch hosil qildim.
Ayniqsa, yangi qurilgan shinam turarjoy binolari, go'zal may-don va xiyobonlar, teatr va muzey, sport majmualari, bozorlar, za­monaviy talablarga javob beradigan aeroport, temir yo'l vokzali va boshqa qator inshootlar ko'zlarni quvontirib, shahar chiroyiga chiroy qo'shib turibdi.
Fursatdan foydalanib, ana shu ezgu ishlarda faol qatnashgan qo'li gul ustalarimizga, quruvchi va muhandislarga, loyihachi va pudratchi tashkilotlarning ishchi-xizmatchilari, barcha mutaxassisla-riga o'z nomimdan, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorchilik izhor etaman.
Muhtaram vatandoshlar, qadrdonlarim, qoraqalpoq diyori, qora­qalpoq elini ulug'laydigan alomat va xususiyatlar haqida ko'p gapi-rish mumkin.
Lekin bularning hammasini bir so'z bilan ifoda etadigan bo'lsak, qoraqalpoq maqolida aytilganidek, xalqning baxt-u taxti - uning tug'ilib o'sgan yeridir, uning jipsligi, ahilligi va og'iz birligidir.
Bugungi unutilmas lahzalarda siz, azizlarning ochiq chehran-gizga boqib, avval ham aytgan bir fikrimni yana takrorlamoq-chiman: o'zimni nafaqat o'zbek, balki qoraqalpoq xalqining ham farzandi, deb hisoblash menga har doim kuch-quvvat va qanot bag'ishlaydi.
Shuning uchun men ushbu go'zal oqshomda katta quvonch va iftixor bilan:
- o'z elim - qoraqalpog'im omon bo'lsin, o'z qal'am - Nuku-sim dunyo turguncha tursin, deyman.
Ishonaman, qoraqalpoq diyorining kelajagi, albatta, yorug' bo'ladi, qoraqalpoq eli butun xalqimiz qatori o'z oldiga qo'ygan bu­yuk maqsadlarga, albatta, yetadi.
Hammangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringiz-ga fayz-u baraka yor bo'lsin!
Yaratganimizning o'zi barchamizni panohida asrasin!
Aziz do'stlar!
Endi menga sharafli bir vazifani bajarish uchun ijozat etgaysiz.
Xabaringiz bor, Nukus ahlining mamlakatimiz rivoj iga qo'-shayotgan katta hissasini, iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ko'plab so-halarida qo'lga kiritayotgan salmoqli yutuqlarini, millatlararo totuv-likni mustahkamlash borasidagi xizmatlarini inobatga olib, hamda 70 yillik to'yi munosabati bilan Nukus shahri «Do'stlik» ordeni bi­lan taqdirlandi.
Ushbu qutlug' va hayajonli lahzalarda Vatanimizning ana shu yuksak mukofotini siz, hurmatli, aziz yurtdoshlarimizga topshirish menga cheksiz quvonch bag'ishlaydi.
Bu yuksak mukofot barchangizga muborak bo'lsin, Nukusning shon-shuhrati yanada ziyoda bo'lsin.



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling