O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet22/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Birinchi ustuvor yo'nalish - mustaqillikni asrab-avaylash, hi­moya qilish va mustahkamlash. Uni har bir fuqaro qadr-u qimmati, shaxsiyati, oriyati darajasida anglash.
Ikkinchi ustuvor yo'nalish - mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, davlatimizni hududiy yaxlitligini, sar-hadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimiz tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash.
Uchinchi ustuvor yo'nalish - bozor islohotlarini yanada chu­qurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo'lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish.
To'rtinchi ustuvor yo'nalish - inson huquqlari va erkinliklari-ni, so'z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan de­mokratik tamoyillarni amalda joriy etish.
Beshinchi ustuvor yo'nalish - jamiyat hayotida nodavlat va notijorat tashkilotlarining o'rni va rolini oshirish, ularning faoliyat doirasini kengaytirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo etish jara­yonlarini chuqurlashtirish, «Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» tamoyilini amalga oshirish.
Oltinchi ustuvor yo'nalish - sud-huquq sohasini isloh qi­lish, sud-huquq idoralarining mustaqilligi va ta'sirchan faoliyatini ta'minlash, qonun ustuvorligini, inson haq-huquqlarini, erkinliklari-ni himoya qilish, huquq organlarini «jazolovchi» organlardan fuqaro manfaatini himoya qiladigan, uni erkin yashashiga kafolat beradigan organlarga aylantirish.
Yettinchi ustuvor yo'nalish - islohotlarning samaradorligini belgilab beradigan asosiy tayanch - inson omilini kuchaytirish de-mografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olib kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, ijtimoiy infratuzilmani, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarini yanada rivojlantirish, nafaqa bilan ta'minlash tizi­mini takomillashtirish, ekologik va boshqa xavf-xatarlardan himoya qilish.
Bular jamiyatni yalpi yangilash ijtimoiy hayotni tubdan isloh qi­lish butunlay yangi tafakkurdagi mustaqillik davri fuqarosini shakl­lantirish kabi uzoq muddatli, izchil davom etadigan siyosiy, iqtiso­diy, ijtimoiy, huquqiy va ma'naviy-ma'rifiy hodisadir.
O'zbekistonda islohotlarni amalga oshirishning izchil mexaniz-mi yaratildi. Buyuk kelajakka qaratilgan yalpi yangilanishlar kon-sepsiyasi vaqt o'tgani sayin shakllantirib, rivojlantirib borilmoqda. Buni Prezident I. Karimov 2005-yil 28-yanvar kuni Oliy Majlis qo­nunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisida «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mam-la katni modernizatsiya va isloh etishdir» mavzusida ma'ruza qil­di. Unda ko'p qirrali islohlarni amalga oshirish tamoyillarini yana ham chuqurlashtirdi. Jumladan, quyidagilarni alohida ta'kidladi:

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling