O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Birinchi toifa
- Uchinchi toifa
- Bu - birinchidan.
«Birinchidan: kadrlar masalalarini hal qilishga daxldor kishilar, ayniqsa, bizning xalqlarimizning ko'p millatli xususiyatlarini e'tiborga olishi zarur. Kadrlarning tarkibi ustida ham, biz milliy va mahalliy cheklanishlardan ustun turish uchun ham barcha choralarni ko'rishimiz lozim. Bu o'rinda respublikaning ko'p yillik shakllan-gan hayot tarzini, ko'p millatlilik xususiyatlarini, o'zaro hurmat va do'stlik rishtalarini saqlab qolish maqsadlaridan kelib chiqib, ish tutishimiz lozim.
Ikkinchidan: biz kadrlarni ishbilarmonlik fazilatlarini yetarli-cha qadrlay bilishimiz kerak. Uchinchidan: Hokim mahkamasida har bir fuqaro uchun eshik ochiq bo'lishi shart... Odamlarni arzimas sabablarga ko'ra sarson-sargardon qilishga, bevosita o'z zimmasidagi ish uchun ja-vobgarlikni o'zidan soqit qilishga urinishiga chek qo'yish payti keldi». O'zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotganiga o'n besh yil bo'ldi. O'tgan 1991-2006-yillarda ko'plab murakkab va jiddiy iqtisodiy, ma'naviy va ijtimoiy muammolarni hal qilishga to'g'ri keldi. Mavjud muammolarni hal qilishga kirishilar ekan, ayni chog'da, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish borasida ham qator qiyinchiliklarga duch keldi. Shuning uchun ham hukumat mamlakat-da kadrlar siyosatini zamon talabiga mos ravishda ishlab chiqish, bu boradagi ko'rsatmalarni hayotga izchil tatbiq etish lozimligini dol-zarb masala qilib qo'ymoqda. O'zbekistonda mustaqillik yillarida kadrlar yetishtirish va tarbi-yalash borasida, ular bilan ishlashdagi dastlabki tajribani tahlil qilar ekan, Prezident LA. Karimov kadrlarni uch toifaga bo'ladi. Birinchi toifa - bu hozirgi og'ir vaziyatdan foydalanib qolish-ga harakat qiladigan, faqat o'z manfaatini o'ylaydigan, xalq g'ami, tashvishidan begona kishilar. Ikkinchi toifa - befarq, loqayd odamlar bo'lib, ular hech kimga qarshi gapirishni, dushman orttirishni xohlamaydigan kimsalar. Uchinchi toifa - yosh, tashabbuskor, kuch-g'ayratga to'la, Va-tan ravnaqi uchun fidoiylik bilan xizmat qiluvchi kadrlar. Mana shu tahlilning o'zi ko'rsatib turibdiki, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish istiqlolni mustahkamlash, mamlakatni yanada rivojlantirish manfaatlari nuqtayi nazaridan g'oyat dolzarb masa-ladir. Amaliyot kadrlar siyosatida konkret lavozimlarga kishilarni tan-lashning asosiy mezonlarini aniqlab olishni, umuman bu borada davlat dasturi va strategik yo'lini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Chun-ki kadr tanlashdek nozik va mas'uliyatli vazifa har narsadan og'ir va u mamlakat taqdirini, xalq kelajagini, istiqlol istiqbolini belgilaydi-gan asosiy omil hisoblanadi. Darhaqiqat, mamlakatda iqtisodiy islohotlarning izchil amalga oshirilishi, mustaqillikni mustahkamlash yo'lida tadbir va dasturlar-ni amalga oshirilishi mana shu o'rta pog'ona rahbar kadrlar faolligi-ga bog'liqdir. Hokimlar odamlarning tashvishlaridan, kundalik yumushlaridan xabardor bo'lib, ularni o'zaro birlashtirib, ruhlantirib, zarur sharoit-lar va ma'naviy iqlim yaratib, xalq oldida turgan vazifalar ijrosiga tayyor turmoqlari lozim. Bu - birinchidan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling