O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
2-§. Iqtisodiy taraqqiyot
O'zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amal-ga oshirishda ko'p millatli Qoraqalpog'iston xalqining, ana shu mo'tabar yurt kishilarining ham munosib hissasi bor. Shu bois mamlakat hukumati bu masalada Qoraqalpog'iston Respublikasini har tomonlama qo'llab-quvvatlamoqdaki, 1996-yili ushbu maqsadlar uchun 10 milliard so'm mablag' ajratildi. Bu Qoraqalpog'iston milliy daromadining 55 foizini tashkil qilardi. Bundan tashqari, Qoraqalpog'istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdo-ri 1994-yilga nisbatan 18 barobar ko'paydi. 2006-yilga kelib O'zbekiston markaziy budjetidan Qoraqalpog'istonga berilayotgan subvensiya, ya'ni moliyaviy yordam miqdo-ri yana ham ko'paydi yoki butun Qoraqalpog'iston budjeti xarajatla-rining 75 foizini tashkil etmoqda. O'zbekiston hukumatining amaliy yordami qoraqalpoq xalqining fidoyi mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog'istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo'lida mehnat qilishga sharoit yaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq Respublikada mulkchi-likning yangi shakllari paydo bo'la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissasi oshib bordi. 2006-yilga kelib sanoat, qishloq xo'jaligi va savdoda bu ko'rsatkich 90 foizni tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo'nalishlarida ham modernizatsiyalash jarayoni tobora chuqurlashmoqda. Jumladan, bank tizimida jiddiy islohotlar amalga oshiril-di. Bu yerda davlat banklari bilan birga tijorat va xususiy bank-lar ham faoliyat ko'rsatmoqda. Agrosanoat banki va sanoat-qurilish banki ixtisoslashtirilgan hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. Qoraqalpog'iston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. Qoraqalpog'istonda ulgurji va birja savdosi bilan shug'ulla-nuvchi hissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko'rsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste'molchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning erkinligi va teng huquqliligini ta'minlash choralari ko'rildi. Qoraqalpog'istonda 1996-yili 51 ta ulgurji tizim, shu jumladan 2 ta savdo uyi, 13 ta ulgurji savdo do'konlari va omborlar, 17 ta ko'tara savdo bozor hamda O'zbekiston tovar xomashyo birja-si Qoraqalpog'iston bo'limi 19 ta supermarket do'konlari faoliyat ko'rsatdi. 1997-yilning birinchi yanvarigacha bo'lgan ma'lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag'laming umumiy hajmi 330 million so'mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat mulkini xususiy-lashtirish qo'mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so'm kredit ajratdi. Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 1996-yilda respublika fond birjalari filiallarida 191,6 million so'mlik aksi-yalar sotildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat korxo-nalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog'ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o'z sama-ralarini bera boshladi. 1997-yil 1-yanvar holatiga qaraganda respublikada soliq idora-lari tomonidan 318 ta aksionerlik jamiyatlari ro'yxatga olindi. 1996-yil yakuniga ko'ra ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 10355,7 mln so'mlikni tashkil etdi, bu 1995-yilga nisbatan 2,2 marta ko'pdir. Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga o'sdi. 144 ta sanoat korxonalari va birlashmalaridan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o'tib ishlay boshladi, jumladan, xususiy korxonalar 20, jamoa korxonalari 50, davlat aksionerlik jamiyatlari 41, qo'shma korxonalar 2 ta bo'ldi. Kichik va xususiy korxonalar, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalar rivojlandi. Ular bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslasha boshladilar. Mehnat unumdorligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmi o'sa boshladi. Respublikada 1996-yilda amaldagi narxlarda 10754,4 mln. so'mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi, bu solishtirma narxlarda olganda 1995-yildagiga nisbatan 101,5 foizni tashkil etadi. 1991-1996-yillarda natural ko'rinishida mahsulot ishlab chiqarish ham ko'paydi, xususan past voltli apparaturalar, yo'l qurilishi mashinalari ehtiyot qismlari, yengil sanoat texnologik uskunalari va ularning ehtiyot qismlari, mebellar va boshqalar ana shular jumlasi-dandir. Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj bu-yumlar, iste'mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suv va bosh-qa salqin ichimliklar ishlab chiqarish ko'paydi. 1996-yilda yig'ma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, o'simlik yog'i, uzum vinosi, salqin ichimliklar va osh tuzi ishlab chiqarish hajmi va turi o'sdi. Sanoatda bir qator ijobiy o'zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995- yilda Xo'jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foyda-lanishga topshirildi, natijada respublikaga chetdan shisha idishlarni tashib keltirish sezilarli darajada kamaydi. 1996-yilda Qo'ng'irotdagi «Urga» gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aho-lini tabiiy gaz bilan ta'minlash darajasi keskin oshdi. «Qoraqalpoq-qurilish» aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan jihozlangan, yiliga 60 ming kv. m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. «Nukusun» zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi. Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bor-di. 1993-yilda Nukus shahrida «Kateks» to'qimachilik majmuasi, 1995-yilda Ellikqal'a tumanida ham «Elteks» nomli xuddi shunday to'qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi. Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay qishloq xo'jaligi mahsulot-larini qayta ishlash bo'yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nukus va Qo'ng'irot un kombinatlari, To'rtko'lda 3 million shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal'a tumanida esa shunday quvvatga ega bo'lgan konserva sexi foydalanishga topshirildi. 1995-yilda Qo'ng'irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilib ishga tushirildi. Zavod tarkibida kimyoviy yo'l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham ko'zda tutilgan. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natija-sida 144 ta sanoat korxonasidan 113 tasi mulkchilikning turli shaklla-riga o'tib ishlay boshladi. Nodavlat shakliga o'tib ishlayotgan korxo-nalarning rivojlanish darajasi oshdi. Shuningdek, korxonalar iqtisodiy samaradorligi, foyda olish borasida ham sezilarli yutuqqa erishdi. Bu borada xususiy korxonalar ayniqsa, peshqadamlik qila boshladi. Lekin shuni ham alohida ta'kidlash joizki, ayrim sanoat korxo-nalarining asosiy ishlab chiqarish fondlari (dastgohlar, mexanizmlar) ma'naviy va jismoniy jihatdan eskirgani sezilib qoldi. Ularning eski-rish darajasi 35 foizdan yuqori. Eng avvalo yigiruv-to'quv fabrika-lari, go'sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish parklarini yangilash talab etiladi. Qoraqalpog'istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qa-torida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosa-batlariga o'tish ro'y berdi. Qishloq xo'jaligi ilgarigidek, respublika iqtisodiy otining yetakchi tarmog'i bo'lib qoldi. 1997-yil 1-yanvar holatiga ko'ra respublikada 263 ta qishloq xo'jalik korxonasi faoliyat ko'rsatdi. Nodavlat sektorining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Ayrim qishloq xo'jalik mahsulotlari, jumladan, paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarning hissasi 97,9 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sab-zavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 foizni, bog'dorchilikda 98,5 foizni, pillachilikda 100 foizni, go'sht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqarishda 99,4 foizni, qorako'l teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi. Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o'zgardi. Agar 1991-yilda g'alla maydonlari ekin maydonlarining 27,1 foizini (jumladan, bug'doy 1,9) tashkil etgan bo'lsa, 1996-yilning oxirida bu 35,8 foizga у etdi (bug'doy maydonlari 8,3 foiz). Shu davr mobay-nida bug'doy yetishtirish 13,6 ming tonna, ya'ni 3 marta, kartoshka 6,7 ming tonna yoki 2,3 marta, sabzavot 11,4 ming tonna, uzum yetishtirish 4 martaga ko'paydi. Respublika oziq-ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi xo'jaliklarning hissasi tobora ko'paydi. Paxtachilik keskin rivojlandi. Xususan, 2005-2006-yillarda paxta yetishtirish va uni eksport qilish rejalari oshirib bajarildi. Shu bilan birga chorvachilikda ahvol ancha mushkullashdi. Mu-rakkab iqlim sharoiti tufayli respublikada mustaqillikning dastlab-ki yillarida hayvonlar soni kamaydi. Jumladan, 1991—1996-yillarda xo'jaliklar, davlat xo'jaliklari, ijara korxonalari, kooperativlarda va boshqa qishloq xo'jalik korxonalarida 22 ming 588 bosh yirik shoxli qoramol, 23 ming 236 cho'chqa, 176 ming 603 bosh qo'y va echki-lar yo'qotildi. Qoraqalpog'istonda dehqon fermer xo'jaliklari tashkil etish bo'yicha yetarli tajriba to'plandi. Masalan, Ellikqal'a tumanida deh-qonlarga yer, ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulot-larga egalik qilish imkonini berish maqsadida mavjud 14 ta jamoa xo'jaliklari dehqon-fermer xo'jaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddat-ga ijaraga berildi. Ana shu tajribani ma'qullab, O'zbekiston huku-mati maxsus qaror qabul qildi. Xo'jalik yuritishning bu yangi usuli boshqa viloyatlarda yaxshi natija berdi. Lekin, Qoraqalpog'istonning o'zida ana shu tajribani ommalashtirishga jiddiy e'tibor berilmadi. Oqibatda qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmida ularning hissasi ni-hoyatda kam bo'ldi. Buning asosiy sababi fermer xo'jaliklariga xiz-mat ko'rsatuvchi korxonalar yaxshi ishlamadi, bo'rdoqichilik bazasi sust rivojlandi, zotdor hayvonlarni ko'paytirish qoniqarsiz ahvolda, moddiy-texnika va pul mablag'lari bilan ta'minlash past darajada, agrotexnik va zooveterinariya xizmati ko'rsatish juda bo'sh tashkil etildi. Biroq, tajribalar o'z samarasini berdi. 2000-yildan boshlab bu sohada katta siljishlar yuz berdi. 2006-yilga kelib, dehqonchilik qili-nadigan yerlarning asosiy qismi o'z egalarini topdi, mulkchilikning fermerlik shakli rivojlandi. Keyingi yillar ichida investitsiya faoliyatida sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi. Kapital qurilishda korxonalarning mablag'lari hisobidagi qurilishlar hajmi ko'payib, budjet mablag'ining hissasi kamaydi. Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablag'lar noishlab chiqarish obyektlari-ga ajratilgan mablag'ga nisbatan ancha ko'p bo'ldi. Masalan, 1995-yilda ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablag' 61,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, birgina 1996-yilda bu 78 foizga yetdi. Bir vaqtning o'zida noishlab chiqarish obyektlari uchun ajratilgan mablag'lar miqdori 38,8 foizdan 22 foizgacha kamaydi. Respublikada xususan 2000-2006-yillarda tashqi iqtisodiy alo-qalarga ham katta e'tibor berildi. 1996-yilda Qoraqalpog'iston Res-publikasining tashqi savdodagi asosiy sheriklari hissasi Rossiya 11,4 foiz, AQSH 14,1 foiz, Janubiy Koreya 11,1 foiz, Shveysariya 9,4 foiz, Niderlandiya 7,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2006-yilga kelib bu ko'rsatkichlar ancha oshdi. Eksport qilingan tovarlar hajmi 122,9 million dollarga teng bo'ldi. Uning tashqi savdo oborotidagi ulushi 53,8 foizni tashkil etdi. G'arb mamlakatlariga eksport qilingan xomashyo 113,6 million AQSH dollarini, yaqin g'arb mamlakatlariga jo'natilganlari esa 9,3 million AQSH dollarini tashkil etdi. Uzoq g'arbga asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsulotlar, qayta ishlangan neft mahsulotlari sotildi. Paxta tolasi jami eksport mahsulotlarining 95 foizini tashkil etdi. Tashqi savdo oborotida importning salmog'i 1996-yilda 46,2 foizni tashkil qildi. Uning hajmi 1995-yildagiga nisbatan 3,4 marta ko'paydi. Import mahsulotlari tarkibida asosan xalq iste'mol mollari 60,9 foiz, qora va rangli metallar 18,9 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 13,1 foizni tashkil etdi. Uzoq g'arb mamlakatlaridan keltirilgan mahsulotlar 70,1 million AQSH dollariga teng bo'lib, bu jami importning 66,4 foizini tashkil qildi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan respublikaning 130 korxonalari orqali 35,4 million dollarlik mahsulotlar olib kelindi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan asosan shakar, bug'doy, mashina va jihozlar, agre-gatlar va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar va boshqa turdagi mahsulotlar keltirildi. Bular Mustaqillikning o'tgan davrida qo'lga kiritilgan dastlabki yutuqlar. Biroq, respublikaning hali foydalanilmagan, iqtisodiyotni rivojlantirishga muhim omil bo'lgan imkoniyatlari to'la ishga solin-magan. Qoraqalpog'iston Respublikasini 2006-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish makroiqtisodiyotning barqaror o'sishi ta'minlandi, xalq xo'jaligini modernizatsiya qilish borasida salmoqli qadamlar qo'yildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo'l ochib berildi. Xususan, 2006-yilda Qoraqalpog'istonning yalpi hududiy mahsuloti avvalgi yildagiga nisbatan 106,3 foiz o'sdi. Agar sektorda erishilgan bu yutuqlarning bosh omili qishloq mulkdorlari sinn, mamlakat iqtisodiyotining tayanchi va suyan-chi - fermerlar mavqeyi yanada mustahkamlandi. Qoraqalpog'iston iqtisodiyotining o'zak tarmoqlaridan biri hisoblangan sanoatda 175 milliard so'mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 2005-yildagiga nisbatan 110 foiz o'sishga erishildi. Biroq, sanoatdagi bugungi o'sish -o'zgarishlarni yuksak talablar darajasida, deb bo'lmaydi. 2007-yilda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi-ni 2 baravar ko'paytirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etishni tubdan chuqurlashtirish vazifalari belgilandi. Yog'-moy sanoatidagi tarkibiy o'zgarishlar sust, yangi texnologiyalar bilan jihozlash orqada qolgan. Qoraqalpog'istonning yerosti boyliklarini o'zlashtirish, xususan, uglevodorod zaxiralarini mamlakat manfaatlariga bo'ysundirishda ilg'or xorij sarmoya va texnologiyalaridan samarali foydalanishga katta e'tibor berilmoqda. 2008-yili Qoraqalpog'istonda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga jami 250 milliard so'mlik investitsiyalar kiritildi. Natijada yangi maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari qad rostladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling