O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
-§. Soxta demokratlarning ekstremistik yo'l bilan hokimiyat uchun kurashi, ularning xalq tomonidan badnom qilinishi
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- zlari bergan vadalarni, dasturlarini amalga oshirishga kuch-gayratini bagishlash, saylovchilar oldida olgan vakolatlarini
- «Demokratiya ustun bolgan jamiyatda konstruktiv soglom op-pozitsiyaning roli juda katta boladi. Bunday oppozitsiya jamiyatning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy rivojiga hissa qoshadi.
2-§. Soxta demokratlarning ekstremistik yo'l bilan hokimiyat uchun kurashi, ularning xalq tomonidan badnom qilinishi
Inson hayot ekan, u hamisha ikki kuch - yovuzlik va ezgu-lik o'rtasida yashaydi. Ana shu tuyg'ular kishi qalbining tub-tubiga o'rnashib olib, turli davrlarda, turli holatlarda o'zini ko'rsatib turadi. Bu tabiiy hodisa. Biroq, ma'naviyat, ma'naviy yetuklik va komillik singari tu-shunchalar ham borki, u hamisha kishini hushyorlikka, o'zini o'zi boshqarib turishga, atrofidagilarga e'tibor bilan qarashga da'vat etib turadi. Ana shunday paytda shaxsning beqiyos imkoniyatlari, o'zini o'zi idora qilish salohiyati ko'zga yaqqolroq tashlanadi. Agar kishi siyosiy arbob, davlat boshqaruvchisi yoki bunday nufuzlarga da'vogar bo'lsa, undan yana ham ko'proq mas'uliyat talab etiladi. Zotan, jamiyat taraqqiyoti, kishilik hayotidagi barqarorlik, mamlakatda shakllanadigan ma'naviy-ruhiy muhit bevosita ana shu fazilat bilan bog'liq. Fikrlar xilma-xilligi, so'z va fikr erkinligi jamiyatni sog'lomlashtiruvchi, uni barkamol qiluvchi noyob voqelik. Biroq, bu xayolga kelgan gapni aytish, ko'ngil tusagan ishni qilish, o'z manfaati uchun hamma narsaga tayyor turish degani emas. Aksincha, umummanfaat, umumjamiyat taraqqiyoti yo'lidagi sog'lom harakat, sog'lom fikr yuritish, imon-e'tiqod yuzasidan ish tutish demakdir. Ulug' bobokalonimiz Abu Nasr Farobiy ham «Agar fikrlari va hara-katlari jamiyat manfaatlariga xizmat qilmaydigan bo'lsa, mamlakatni bunday kishilardan ozod qilish кегак», deya bejiz aytmagan edi. Bir necha ming yillar mobaynida milliy davlatchiligimiz tarixiy tajriba-larida sinovlardan o'tgan bunday xulosalar hozir ham o'z qiymatini yo'qotgan emas. Ma'naviy yetuklik, ma'naviy barkamollik rahbarning beqiyos fazilati. Zotan, Sharqda azaldan rahbar kishi yurt otasi, xalq yo'lboshchisi sifatida tan olingan. Yurtboshi o'z xalqini farzandi kabi ulug'lagan, uning kundalik tashvishi, orzu-armonlari, sevinch-u quvonchlaridan har doim xabardor bo'lgan. Fuqarolar esa o'z dav-latboshchisini padari buzrukvori darajasida ko'rgan. Unga ergash-gan. Jahon siyosatdonlari Sharqda bunday munosabatni yuksak ma'naviyat va komillik mahsuli, deb talqin etishadi. Darhaqiqat, xalq tashvishi, yurt istiqboli siyosiy yetakchining maqsad va g'oyasi bilan qorishib ketgan taqdirda u o'z davrining yo'lchi yulduziga, haqiqat timsoliga aylanadi. Natijada hamisha odamlar ko'ksidagi ezgulik tuyg'ulariga jon bag'ishlaydi, hayot baxsh etadi. O'z mamlakati fuqarolarini yaxshilikka undaydi. Yara-tishga, yashnatishga, bunyod etishga, o'zidan kelgusi avlodlarga mu-nosib meros qoldirishga da'vat etadi. G'oyalari va maqsadlari shaxsiy manfaat atrofida o'ralashib qol-gan «arbob»lar ham tarixda ko'p uchraydi. Ular hamisha o'z mamlakati va xalqi manfaatini shaxsiy shon-shuhrat, soxta obro'-e'tibor va manfaat yo'lida qurbon qiladi. Mustaqillikning o'tgan qisqa davri, xususan, uning dastlabki yillari xalqimizni ana shunday «arbob»larga ham ro'baro' qildi... Turli qarama-qarshi g'oyalar bilan yashayotgan siyosiy guruh-lar va partiyalar agar chindan ham xalq va mamlakat manfaatini ko'zlaydigan bo'lishsa, ular o'tish davrida, jamiyat tubdan yangila-nayotgan bir sharoitda birlashib faoliyat ko'rsatadilar. Chunki eng avvalo jamiyatni sifat jihatidan sog'lomlashtirish, uning har tomon-lama taraqqiyotiga zamin yaratish umumiy manfaatlar mazmunini belgilaydi va ana shu maqsad ularni birlashib harakat qilishga da'vat etadi. Chinakam yangilanishlar butun jamiyat hayotida ham, odamlar ongi va tafakkurida ham, ularning turmush tarzida ham tub burilish-lar yasaydi. Yangicha yashash va yangicha flkrlash tarzi shakllangunga qadar har qanday g'oyaviy po'rtanalar va siyosiy bo'hronlarga erk bermaslik, og'ir-vazminlik, qat'iy iroda va siyosiy yetuklik namuna-sini ko'rsatish katta ahamiyatga ega ekanligini hayot ko'rsatmoqda. Yurt farovonligi, Vatan ravnaqi, til, matbuot va vijdon erkinligi kabi xalqimizning azaliy orzu-umidlarini o'ziga shior qilib olgan «Birlik» harakati maTum bir muddat turli nomaqbul yo'llar bilan respublika siyosiy hayotiga o'z ta'sirini o'tkazishga harakat qilib ko'rdi. Lekin mamlakatni ma'naviy va iqtisodiy inqirozdan olib chi-qishga qaratilgan biron-bir aniq dasturga, xalqni bir yoqadan bosh chiqarib yurt osoyishtaligi va Vatan ravnaqini ta'minlashdek yagona maqsadga chorlovchi g'oyaga ega bo'lmaganligi sababli ko'p o'tmay ushbu harakat xalq ishonchsizligiga uchradi va respublika siyosiy sahnasidan tushib ketishga majbur bo'ldi. Tashqi g'animlarning respublikada mavjud barqarorlikni buzish-ga qaratilgan xavf-xatarlarini bartaraf etish endigina oyoqqa turgan mustaqil O'zbekiston uchun katta muammo bo'lib turgan bir paytda, «Birlik» harakati tarafdorlari kabi ichki g'animlarning ba'zan ko'r-ko'rona, ba'zan atayin yuzaga qalqib chiqishi respublikada barqarorlikni ta'minlashga jiddiy tahdid tug'dirar, xalq hayoti osoyishtaligini jiddiy xavf ostiga qo'yar edi. Respublikada barqarorlikni ta'minlash, xalqimiz yakdilligiga raxna soluvchi, xalqimiz uchun ham, davlati-miz uchun koni ziyon bo'lgan bunday harakatlar faoliyatini bartaraf etish, respublika xalqini buyuk kelajak qurishdek yagona maqsad sari chorlovchi sog'lom siyosiy muhit yuzaga kelishiga imkon ya-ratish maqsadida yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib Yurtbo-shimiz qat'iy ta'kidlagan edi: «Ayni zamonda, mavjud konstitutsiyaviy hokimiyatni kuch bilan ag'darishni maqsad qilib olgan partiya va harakatlar, shuni aniq aytishimiz kerak, taqiqlab qo'yilishi kerak. Respublika chegaralari daxlsizligi va xavfsiz-ligiga qarshi kurashuvchi, fashizm, irqchilik, zo'ravonlik, milliy va diniy nizolarni targ'ib etuvchi, demokratik erkinliklar va xalq ma'naviyati asoslariga tajovuz etuvchi har qanday partiya va jamoat harakatlari qonunga xilof deb e'lon qilinishi shart». Shu bilan birgalikda, Prezident «kelajakda jamiyatimizda qanday partiyalar tuzilmasin, ularning soni qancha bo'lmasin, qaysi partiya oldiga qanday vazifa qo'yilmasin - ular o'z maqsadlari-ga, o'z g'oyalarini amalga oshirishga saylovchilarning ovozini, ya'ni ishonch-e'tiborini qozonibgina erishishi mumkin. Boshqacha aytganda, odamlarni har xil baqiriq-chaqiriqlar bilan maydon-u ko'chalarga chorlamasdan, ularning tinchli-gi, totuvligi, ijtimoiy barqarorlikni buzmasdan, adolatli saylov orqali hokimiyat organlariga vakillarini o'tkazish, o'ziga va-kolat olish, tuman, shahar, viloyat, respublika kengashlarida o'zlari bergan va'dalarni, dasturlarini amalga oshirishga kuch-g'ayratini bag'ishlash, saylovchilar oldida olgan vakolatlarini o'z muddatida mas'uliyat bilan ado etish - partiyalar faoliyatining bosh yo'nalishi boiishi lozim», - deb, qat'iy va adolatli g'oyani ilgari surdi. Saksoninchi yillarning ikkinchi yarmida sobiq SSSR hududida junbishga kelgan siyosiy vasvasalar va demokratiya o'yinlari natijasi sifatida O'zbekistonda «Erk» demokratik partiyasi, «Birlik» xalq harakati vujudga kelgan edi. Ular o'z maqsad va intilishlari bilan mavjud siyosiy rejimga, u yetmish yil mobaynida з alq boshiga keltirgan kulfatlarga qarshi edi. Mazkur guruhlar ma'muriy-buyruqbozlik usu-liga asoslangan davlat boshqaruviga, yakkahokimlik va g'oyaviy hu-kumdorlik egariga minib olgan kommunistik mafkuraga qarshi holda faoliyat ko'rsatdilar. Biroq, bu faoliyat konstruktiv harakat, hukumat darajasiga ko'tarilgan siyosiy nufuz va aql-idrok ko'rigi sifatida emas, balki dahanaki janglar, ehtirosli shiorbozliklar, ibtidoiy hayqiriqlar shakli-da dunyoga keldi. Bu jamiyat hayoti uchun ham, xalq hayoti uchun ham jiddiy xavf tug'dirdi. Har qanday sharoitda ham demokratiyaga sog'lom munosabatda bo'lish, demokratiyani yuksak ma'naviyat, aql-idrok mezoni, siyosiy yetuklik va torn ma'noda xalq manfaatlari yo'lidagi noyob ho-disa ekanligini anglamoq zarur. Ana shu xulosalardan kelib chiqib va mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekistonda yuzaga kelgan og'ir ijtimoiy-siyosiy vaziyat, jazavalar, bo'hronlar oqibatlarini hi-sobga olib Prezident I. Karimov mamlakat Oliy Kengashining 1993-yil 2-3-iyul kunlari bo'lib o'tgan X sessiyasida shunday degan edi: «Demokratiya ustun bo'lgan jamiyatda konstruktiv sog'lom op-pozitsiyaning roli juda katta bo'ladi. Bunday oppozitsiya jamiyatning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy rivojiga hissa qo'shadi. Ayni zamonda, mavjud konstitutsiyaviy hokimiyatni kuch bilan ag'darishni maqsad qilib olgan partiya va harakatlar, shuni aniq aytishimiz kerak, taqiqlab qo'yilishi kerak. Respublika chegaralari daxlsizligi va xavfsizligiga qarshi kurashuvchi, fashizm, irqchilik, zo'ravonlik, milliy va diniy nizolarni targ'ib etuvchi, demokratik erkinliklar va xalq ma'naviyati asoslariga tajovuz etuvchi har qanday partiya va jamoat harakatlari qonunga xilof deb e'lon qilinishi shart». Bu O'zbekiston hukumatining mustaqillikning eng tahlikali kunlarida tutgan qat'iy siyosiy yo'li, strategik qarashlari edi. Ayni ana shunday qat'iyat, jur'at, ichki va tashqi g'animlarimiz zo'r be-rib O'zbekistonda barqarorlikni yo'q qilishga, fuqarolar urushi-ni keltirib chiqarishga urinayotgan bir paytda uning sobitqadam-ligidan, har qanday ig'vogarliklarga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rayotganligidan dalolat beradi. «Erk» demokratik partiyasi vakillari va ularning homiylari mamlakatda vujudga kelgan qiyinchiliklarni ro'kach qilib, har qanday yo'l bilan hokimiyat tepasiga chiqib olish uchun ochiqdan-ochiq kurash boshladilar. Ular ko'cha-ko'ylarda mitinglar uyushtirib, om-maviy noroziliklarni keltirib chiqarishga harakat qildilar. Xalq sayla-gan deputatlarga ishonchsizlik bildirib, ularning iste'foga chiqishla-rini talab qilishdi. Ayni Tojikiston voqealarini takrorlashga intilishdi. Demak, oldin shiorbozlik, mitingbozlik, keyin katta maydonlarda va hukumat binolari oldida ochlik e'lon qilishlar, undan so'ng esa qu-rolni ishga solib qonuniy parlamentni barbod etish va nihoyat davlat to'ntarishini amalga oshirish... Balki hukumat boshqaruv jilovini ozgina bo'shashtirganida, ikkilanish yoki sarosimaga tushganida Tojikistondagi voqealardan ham dahshatlirog'i yuz berishi mumkin edi. Lekin unday bo'lmadi. O'zbekiston hukumati qanchalik ta'na-dashnomlar yomg'iri tagida qolmasin demokratiya kushandasi, diktatura hokimiyati degan malo-matlarni eshitmasin, o'z yo'lida qat'iy turdi, ikkilanmadi. «Erk» demokratik partiyasining tajovuzkorona harakatlari va siyosiy qo'poruvchilik faoliyati, ayniqsa, 1991-yil 29-dekabrdagi Prezident saylovlari kunlarida yuqori cho'qqiga chiqdi. Partiya vakillari saylovchilar bilan uchrashuvlarda, partiya yig'ilishlarida ehti-rosga berilishlar, qonuniy hukumatni ochiqdan-ochiq badnom qilish va zo'ravonlik harakatlarini yaqqol namoyish qildilar. To'g'ridan to'g'ri hukumat rahbarlariga turli yo'llar bilan g'oyaviy, siyosiy va ma'naviy zarba berishga harakat qildilar. Prezident saylovlarida M.Solihning yetarli ovoz ololmasligi aniq edi. Buni uning o'zi ham, tarafdorlari ham yaxshi bilishar edi. Al-batta, M.Solihning saylovda g'alaba qozonolmasligining o'ziga xos asoslari bor edi: Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling