O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Fransiyadagi eng nufuzli advokatlik kompaniyalaridan bin­ning huquqni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha yuridik boshqar-masi direktori A. Buana


Download 1.87 Mb.
bet54/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Fransiyadagi eng nufuzli advokatlik kompaniyalaridan bin­ning huquqni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha yuridik boshqar-masi direktori A. Buana quyidagilarga e'tibor qaratdi: «Наг qan­day davlatda demokratik institutlarni rivojlantirish jarayoni nodavlat tashkilotlarining mamlakat ijtimoiy instimtlari tizimidagi o'rni va ahamiyatini qayta idrok etishga xizmat qilishi kerak. Shu bois qa­bul qilingan mazkur qonun huquqiy davlatning muhim institutlari bo'lgan nodavlat va notijorat tashkilotlari huquqlarini himoyalash-ning ishonchli vositasiga aylanadi. Bu hujjatning qabul qilinishi, shubhasiz, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi islohotlarni amalga oshirishi va umuman jamiyatni modernizatsiyalashdagi bosqichma-bosqich va oqilona yondashuv natijasidir. Davlat tomonidan NDT huquqla­rini ijroiya hokimiyati organlarining noqonuniy xatti-harakatlaridan himoyalashning barcha kafolatlari yaratilgan. Bu esa o'z navbatida jamiyatning huquqiy madaniyatini oshirishga hissa qo'shadi».
Ispaniya qirolligining Fransiyadagi elchixonasi siyosiy ma-salalar bo'yicha maslahatchisi K. Ruiz de Velaskoning ta'kid-lashicha, O'zbekistonda qabul qilingan «Nodavlat va notijorat tash­kilotlari faoliyati kafolatlari to'g'risida»gi Qonun davlat tomonidan NNTga ko'rsatilayotgan ko'makning ajralmas qismi va mamlakat demokratik taraqqiyotining muhim omilidir. U NNTlar faoliyatini ijtimoiy yo'naltirilganligini rag'batlantiradi va muvofiqlashtiradi. Aytish joizki, mazkur qonun moddalariga yetarli darajada amal qi­linishi ushbu tashkilotlarning ijtimoiy faoliyatini erkinlashtirib, ular­ning huquqlarini ta'minlash va himoyalashning qonuniy kafolatlari-ni yaratadi. Mamlakat hukumati tomonidan ko'rsatiladigan bunday yordam huquqiy davlatning muhim belgisi hisoblanadi.»
Xitoy Xalq Respublikasi ijtimoiy fanlar akademiyasining Shar-qiy Yevropa, Rossiya va Markaziy Osiyo instituti Markaziy Osiyo sektori mudiri Sun Chjuanchji:
«Nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyati kafolatlari to'g'ri-sida»gi Qonun O'zbekiston Respublikasining siyosiy va ijtimoiy taraqqiyotidagi muhim hujjatdir. Ushbu hujjat mamlakat millatlar-aro va dinlararo totuvlikni ta'minlashga xizmat qiluvchi islohotlarni amalga oshirishning o'z yo'lini tanladi. Yangi qonun buning yorqin tasdig'i bo'lib, men uning quyidagi jihatlarini alohida qayd etishni istardim.
Birinchidan: davlat qonunchilikka muvofiq nodavlat va noti­jorat tashkilotlarining axborot izlash, olish, tadqiq etish, tarqatish, undan foydalanish va saqlash huquqini ta'minlaydi. Bundan tashqa-ri, intellektual faoliyatning obyektiv aks etgan natijalari va uni indi-viduallashtirish vositalariga egalik qilish huquqini ham kafolatlaydi-ki, bu yuqorida aytib o'tilgan tashkilotlar erkin va mustaqil ravishda ishlashi uchun imkoniyat yaratadi.
Ikkinchidan: davlat subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar shaklida nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyatiga ko'maklashishi mumkin. Qator mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan ko'plab bunday tuzilmalar xorijiy tashkilotlardan moliyaviy yordam olib, asosan hu-kumatga qarshi qaratilgan faoliyat bilan mashg'ul bo'lib turgan bir paytda O'zbekistonda qabul qilingan qonun NNTlarning rivojlanishi uchun asos va imkon yaratib, ular bilan hukumat o'rtasida yaqin alo-qalar o'rnatilishiga xizmat qiladi».

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling