O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
Uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida bar-chaning tengligini ta'minlash lozim. Eng avvalo huquq-tartibot ishlarini, qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarni xalqaro mezon va andozalarga moslashtirish zarur. Ma'lumki, ayni paytda ja-honda mazkur masalaga doir yetmish xil andoza mavjud. Bular-ning hammasi jahon hamjamiyatida tan olingan tamoyillar hisob-lanadi. O'zbekiston hozir ana shu andozalardan o'n beshtasiga qo'shilganligi uning juda qisqa muddatda demokratiyaning turmush tarziga va uni doimiy ishlab turadigan mexanizmga aylantirish borasida amalga oshirilgan katta yutug'i hisoblanadi.
Hukumat mustaqillik davrida bosib o'tilgan yo'l, to'plangan taj-ribalar va imkoniyatlarni tahlil qilar ekan, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini qaytadan ko'rib chiqish, uni jahonning eng ilg'or tajribalari bilan boyitish kerakligini uqtiradi. Sessiyada inson huquqlarini kafolatlash va bu sohadagi norma-tivlarni amalga oshirish ustidan nazoratni kuchaytirishning eng za-monaviy shakllarini vujudga keltirish zarur, deb ko'rsatdi. Jumladan, Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili instituti hamda hu-quqparvar jamoat tashkilotlarining mavqeyi va maqomini ko'tarish, inson huquqlarini himoya qilish Ombudsman instituti, Jamoatchilik fikrini o'rganish markazi, Amaldagi qonunchilik Monitoringi instituti, Inson huquqlari milliy markazi singari tashkilotlar ishini rivojlan-tirish, takomillashtirish hamda boshqa bir qator institutlarni tashkil etish zarurligini ko'rsatdi. Prezident I. Karimov masalaning xuddi ana shu jihatiga alohida e'tibor berar ekan, «Aholida inson huquqlari va erkinlikla-riga rioya qilish borasida yangi qadriyatlar va ko'nikmalarni shakllantirish, pirovard natijada esa inson huquqlariga hurmat-ehtiromni va ularga rioya etishni umummillat darajasida rivoj-lantirishga qaratilgan madaniyatni yuzaga keltirish g'oyat mu-himdir. Insonning o'z huquqlari va majburiyatlaridan yaxshi xabardor bo'lishi shaxs huquqlarining konstitutsiyaviy kafolat-larini ro'yobga chiqarishning eng asosiy sharti bo'lib qolishi ke-rak» - deb uqtirdi. O'z-o'zidan ma'lumki, bu odamlarning tafakkurida o'zgarish yasash, ularning o'z haq-huquqini chuqurroq anglab olishiga yordam berish, umuman olganda, har bir fuqaroning huquqiy bilim-lari saviyasini oshirishni taqozo etadigan jarayon. Zotan, o'z haq-huquqini aniq bilgan, o'zini himoya qilishga qodir shaxs jamiyat oldidagi burchini ham chuqur tushunadi. Fuqaroning huquqiy ongi va siyosiy bilimi qanchalik yuqori bo'lsa, davlat va jamiyat oldidagi majburiyatini hamda fuqarolik mas'uliyatini shunchalik chuqur anglaydi. Ana shunday holatning o'zi shaxs va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning uyg'unlashgan, barkamol ma'naviy qiyofasini belgilaydi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling