O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet74/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Оlltinchi bob


IQTISODIY ISLOHOTLARNING O'ZIGA XOS TAMOYILLARI
1-§. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish
Har qanday islohot, agar u odamlar hayotini yaxshilashdan ibo-rat pirovard natijaga qaratilmasa, keraksizdir. Shuning uchun ham O'zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar har tomonlama barqarorlikni ta'minlashga, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyo-tiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini bunyod etishga qaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida mamla-kat hukumatining iqtisodiy strategiyasi asosan eng muhim uch vazi-fani hal etishga yo'naltirildi:
1. Ishlab chiqarishning pasayishini to'xtatish.
2. Iqtisodiy yuksalishning asosi sifatida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish.
3. Barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish.
O'zbekistonda islohotlar endigina boshlangan 1992-yildayoq
Prezident Islom Karimov O'zbekistondagi iqtisodiy o'zgarishlar barqarorlik vaziyatiga o'tishi kerakligini alohida ta'kidlagan edi. Shuning uchun ham u o'zining «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» (1992) nomli kitobida hukumat siyosati xususiylashtirish va raqobat vaziyatini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga, mil-liy valyutani mustahkamlashga, iqtisodiy tizimda chuqur tarkibiy o'zgartishlarni amalga oshirishga, kuchli ijtimoiy kafolatlar beradi-gan huquqiy demokratik davlatni shakllantirishga qaratilgan, - deb uqtiradi.
Shu bois mustaqillik yillarida O'zbekiston iqtisodiyotini isloh qilishning muhim natijasi bu - makroiqtisodiyotni barqarorlashti­rishga erishilgani bo'ldi. Binobarin, bu jarayon bozorni shakllanti-rishdagi muhim jihatdir. «Barqarorlashtirish siyosati, - deb yozadi I. Karimov, - eng avvalo, bu makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo'l qo'ymaslikdir. Shuningdek, u pul qadrsizlanishining, pul emissiyasining boshqarilishini ta'minlash, to'lov balansini bir me'yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko'zlab olib boriladigan davlat siyosatidir».
O'zbekistonda makroiqtisodiyotni barqaror qilish borasida qator amaliy choralar belgilanar ekan, avvalo bu boradagi jahon tajribasi o'rganildi, ayni chog'da MDH davlatlarida shu sohada yo'l qo'yilgan kamchiliklar tahlil qilindi. Jumladan, o'tish davrida davlat o'z iqtiso­diy siyosatini belgilashda avvalo ustuvor, katta istiqbolga ega bo'lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishni har tomonlama rag'batlantirish, ya'ni eng muhim bo'g'inlarni aniqlash (neft - neft mustaqilligi, energeti-ka - energetika mustaqilligi, don - g'alla mustaqilligi, paxtani qayta ishlash sanoati va hokazolar) orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tash-kil qilish bo'yicha izchil siyosat yuritishi lozim edi.
Shuni ro'yirost aytish kerak, mustaqillik qo'lga kiritilgan 1991-yil oxirlari va 1992-yilda O'zbekiston zimmasiga og'ir va jiddiy sinovlar tushdi.
Shu davr mobaynida «davlat va xalq o'z taqdirini, o'z musta-qilligini, o'z ozodligini himoya qila olishga qodirmi?» degan savol-ga javob berishga to'g'ri keldi. Buning boisi shunda ediki, SSSR parchalanib ketishi, an'anaviy xo'jalik aloqalarining buzilishi bilan bog'liq bo'lgan moliyaviy va xomashyo zaxiralarining nihoyatda taqchilligi yuz berdi. Masalan, boshqa mintaqalar va mamlakatlar-dan mahsulot yetkazib berilishiga bog'lanib qolgan yirik korxona-lar to'xtab qolish arafasida edi. Buning ustiga aholining moddiy ahvoli yana ham pastlashib ketdi. Oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlarning eng muhim turlari chetdan olib kelinishi sababli bir-muncha qiyinchiliklarga duch kelindi.
O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda Rossiya, Ukraina va Belorussiyaga nisbatan ancha noqulay sharoitda edi. Ana shunday holatda O'zbekiston o'zining butun kuch-g'ayrati va ichki imkoniyatlarini safarbar qilib, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilishga jiddiy e'tibor berdi.
Chunki iqtisodiyotni barqarorlashtirishda ustuvor hisoblangan yetakchi asosiy tarmoqlar belgilab olinmasa, bozor munosabatlari sharoitida ularning shakllanishiga yordam ko'rsatilmasa iqtisodiy strategiya boy berilishi mumkin edi. Bu mamlakat iqtisodiyotini butunlay yangidan boshlash, islohotlar paytida uzluksiz ishlab chi-qarish jarayonini ta'minlab turishning bosh yo'li, asosiy tamoyili bo'ldi.
Shu bois O'zbekiston iqtisodiyotida, avvalo, tarkibiy o'zga­rishlar yuz berdi. Respublika iqtisodiy mustaqilligini mustahkam-lash, importni qisqartirish va eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqa­rishni rivojlantirish, shuningdek, istiqbolni belgilaydigan ustuvor tarmoqlarni jadal rivojlantirish, tarmoqlar ichidagi nomutanosiblikka barham berishga e'tibor qaratildi. Natijada, xalq iste'moli mollarini chetdan keltirishdan voz kechib, O'zbekistonning o'zida ishlab chi-qarishga katta e'tibor berildi.
Mustamlaka yillarida iqtisodiyotimiz umumittifoq mehnat taq-simoti niqobi ostida bir tomonlama, mahalliy talab va ehtiyojlarga mos tushmaydigan tarzda tarkib topdi. Sobiq tizimda ishlab chi-qarish vositalari ishlab chiqarish xalq iste'mol mollari tayyorlash sur'atlaridan yuqori bo'lishi kerak, degan soxta nazariyaga mah-kam yopishib olinganligi sababli iste'mol mollari tayyorlash izdan chiqqan edi. Natijada o'zimizda yetarli tabiiy boyliklar va ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega bo'la turib, aholi uchun zarur xalq iste'mol mollarining 60 foizdan ortig'i chetdan keltirilar edi. Oddiy tuz va gugurt ham boshqa davlatlardan olib kelinar edi. Murakkab texnologik jarayonlarga ega mahsulotlar ishlab chiqarish to'g'risida o'ylanmas edi.
1992-94-yillarda islohotlarning natijalari aholining iste'mol mollariga bo'lgan talabi o'zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hi-sobiga qondirilishida, ayrim turlarini esa chetga sota boshlanganida namoyon bo'la boshladi.
Eng muhimi, xalq iste'mol mollarini ishlab chiqarish kamayib ketishiga yo'l qo'yilmadi. Agar, 1997-yili 1996-yilga nisbatan yalpi sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 6,5 foizga ortgan bo'lsa, iste'mol mollari ishlab chiqarish 11,2 foizga ko'tarildi. Vaholanki, iqtisodiy sharoitlari nisbatan ancha qulay bo'lgan hamdo'stlikdagi ba'zi raam-lakatlarda ishlab chiqarish 40-50 foizga tushib ketib, iste'mol bozori izdan chiqdi. Oqibatda xorijdan keltirilayotgan oziq-ovqat va sanoat mollariga qaram bo'lib qoldilar.
90-yillarning oxiriga kelib O'zbekistonda sanoat ishlab chiqa-rishi quvvati og'ir sanoatdan tortib, yengil sanoatgacha bo'lgan in-dustriyaning barcha tarmoqlari va qishloq xo'jalik mahsulotlarini sanoat yo'li bilan qayta ishlovchi yirik korxonalar vujudga keldi. 2,2 ming yirik va o'rta sanoat korxonalari keng miqyosga ega turli yo'nalishdagi mahsulotlar ishlab chiqara boshladi.
Shuni aytish kerakki, Markaziy Osiyo mashinasozlik mahsulot-larining uchdan ikki qismi O'zbekiston korxonalarida ishlab chiqa-rila boshlandi.
Dunyoning faqat ikki mamlakatidagina (AQSH va O'zbekiston) paxtachilik mashinalari va uskunalari to'liq ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yildi.
O'zbekiston - ipakchilik va pillakashlik texnikasi ishlab chi-qaruvchi Markaziy Osiyodagi yagona davlatdir. Aviatsiya texnikasi ishlab chiqarish bo'yicha MDHdagi eng yirik korxonalarning biri O'zbekistonda joylashgan. O'zbekiston metallurgiyasi deganda Mar­kaziy Osiyoda qora va rangli metallar ishlab chiqarish bo'yicha eng yirik zavodlar hisoblanmish Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinati, O'zbekiston qiyin eruvchi va o'tga chidamli metallar kombinati va boshqalar ko'z oldimizga keladi.
Neft-kimyo sanoati 20 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chi-qarishga kirishdi. Ulardan 15 tasi ilgari boshqa davlatlardan olib kelinar edi.
O'zbekiston yengil sanoati ham ko'p tarmoqli bo'lib, u industr-lashgan kompleks hisoblanadi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni isloh qilishdagi natijalarni Rossi-yada chiqadigan gazetalar ham ijobiy baholay boshladi.
Jumladan, «Независимая газета» 1996-yil 22-noyabr sonida MDH tarkibidagi mustaqil davlatlarda amalga oshirilayotgan islo-hotlarni tadqiq qilib, quyidagi xulosaga keladi.
«Rossiya 1996-yilda sanoat ishlab chiqarishi darajasi bo'yicha

1990-yilga nisbatan 47 foiz,

O'zbekiston

106 foiz

Turkmaniston

81 foiz

Belorussiya

63 foiz

Ukraina

55 foiz

Qozog'iston

48 foiz

Armaniston

48 foiz

Moldova

43 foiz

Ozarbayjon

41 foiz

Qirg'iziston

39 foiz

Gruziya

18 foiz ko'rsatkich bilan chiqmoqda».

Ushbu gazetaning sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi respublika-lar ichida sanoat ishlab chiqarishi jihatidan O'zbekistonni birinchi o'ringa qo'yganligi mamlakatda iqtisodiy islohotlar sobitqadamlilik bilan amalga oshirilayotganligini ko'rsatadi, bu ayni paytda, uning xorijiy mamlakatlarda tan olinishining belgisi edi.
O'zbekistonda keyingi yillarda qurilish kompleksi ham muttasil rivojlana boshladi. Jumladan, 1997-yildagi ma'lumotga ko'ra mam­lakatda yiliga 100-110 milliard so'mlik qurilish-montaj ishlari amal­ga oshirilgan.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling