O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tortinchidan
Uchinchidan, muxolifat haqida. Muallif tasavvurida muxo-lifatning mavjudligi demokratik jamiyat uchun zaruriy hodisa va normal holatdir. Biroq, bu shaxsiy manfaatlar zaminidan unib chiqqan, o'z orzu-umidlariga erishish uchun intilgan yoki jamiyatning orzu qilingan amallaridan mahrum etilgan bir hovuch norozi shaxslaridan iborat bo'lgan alamzadalar «armiya»si emas, aksincha, tashkiliy jihatdan rasmiylashgan, huquqiy maqomga ega bo'lgan, Konstitutsiya va amaldagi qonunlarga bo'ysunib yashash-ni turmush tarziga aylantirgan, o'z xatti-harakati bilan davlat va jamiyatdagi barqarorlikka mas'ul bo'lgan yuksak darajadagi siyosiy madaniyat ko'rigidir.
Haqiqiy muxolifat torn ma'noda davlat va jamiyat taraqqiyo-tiga yordam beradigan, hukumat faoliyatining takomillashishiga ko'maklashadigan, konstruktiv, ilmiy va amaliy jihatdan asosli bo'lgan, hayotiy jihatdan xalq tomonidan ma'qullangan xulosalar bilan yashaydi. Boshqacha bo'lishi mumkin emas. To'rtinchidan, jamoatchilik fikrining qay darajadaligini bilish, uni shakllantirish va takomillashtirish, jamiyat va shaxs, davlat va fuqaro o'rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish katta ahamiyat-ga ega. Bunda ommaviy axborot vositalari rolini oshirish zarur. Ayniqsa, o'tish davrida, tub islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda turli toifa, saviya va dunyoqarashga ega bo'lgan xalq fikri-ni bir nuqtaga jamlash, uni asosiy yo'nalishga burib turish islohotlar taqdirini hal qiladigan eng muhim omillardan biridir. Shuning uchun ham matbuotga munosabat uning jamiyatda tutgan o'rni va rolini aniqlash, «to'rtinchi hokimiyat» darajasiga ko'tarish zarur. Eskicha fikr yuritish, eskicha tafakkur tarzi hammavaqt yangi-likning yo'lini to'sadi. Unga g'ov bo'ladi. Bu haqda gapirar ekan, Prezident Islom Karimov «Eski sarqitlardan judo bo'lish, dun-yoqarashlar, psixologiyalar, turli da'volar o'rtasidagi ko'zga ko'rinmaydigan, lekin tinkani quritadigan kurashlar bilan birga bormoqda. Hayotning o'zi ana shu dunyoqarashlar, psixologiyalar, da'volar orasidan о tishga majbur qilmoqda», -deydi. Darhaqiqat, bugun O'zbekiston ana shunday murakkab, ziddi-yatli kurashlari orqali yangi asrga qadam qo'ymoqda. Bu kurashlar qanchalik qiyin bo'lmasin, eskicha tafakkurni sindirish, yangilikni qabul qilish qanchalik mashaqqatli bo'lmasin, ayni paytda u million-lab kishilarni o'ziga ergashtirib bormoqda. Kelajakka qat'iy ishonch bilan qaramoqda. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling