O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet102/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

«Xalq so`zi». 1995-yil 3-noyabr. (Maktub qisqartirib berilmoqda).
Bosh direktor janoblari shunday ulug' madaniyat va So'g'd, Xo-razm, Baqtriya, Parfiya, Kushon kabi, qolaversa, Amir Temur bar­po etgan buyuk davlatchilikning haqiqiy vorislarigina bunday og'ir sinovlarga chidashi mumkinligini nazarda tutgan edi. Bu bilan u Prezident orqali butun o'zbek xalqining qudratiga, yaratuvchilik qo-biliyatiga baho bergan edi.
Madaniyat hamisha milliy o'zlikni anglashgagina xizmat qil-maydi. Uning faoliyat maydoni keng va rang-barangdir. Bir xalq ha­misha ikkinchi bir xalqni o'sha madaniyat orqali taniydi, tushunadi. Shu ma'noda mamlakatlar o'rtasidagi madaniy aloqalar ravnaqi iqti­sodiy birligiga, o'zaro hamkorligiga, taraqqiyotning yangidan yangi imkoniyatlarining ochilishiga muhim poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Garchi xalqlar o'rtasidagi totuvlikni ta'minlashda, muro-saga erishishda o'zaro iqtisodiy bog'liqlik muhim ahamiyat kasb etadi, deb hisoblashsa-da, bu borada madaniyatning roli ham undan kam emas. Zotan, ma'naviyat, madaniyat yuksak qadriyat, yengil-mas kuch, beqiyos qudratdir.
UNESKO amalga oshirayotgan «Ipak yo'li - muloqot yo'li» nomli xalqaro dastur ham aslida ana shu ezgu maqsadlarga xiz­mat qiladi. Shuning uchun ham O'zbekiston Prezidenti UNESKO Kengashi 149-sessiyasining yalpi majlisida so'zlagan nutqida O'zbekiston bu dasturni to'la qo'llab-quvvatlashini ma'lum qilgan edi. Barcha xalqlar madaniyati, o'tmishi, o'ziga xos yashash tarzini birday ardoqlab kelayotgan mazkur tashkilot faoliyatiga yuqori baho berdi. Bugungi taraqqiyot sur'ati ko'p jihatdan xilma-xil madani-yatlar va aql-zakovat integratsiyasiga bevosita bog'liq ekanini qayd etdi. Bu O'zbekistonning jahon taraqqiyotiga o'ziga xos munosaba-tini, chuqur ma'naviy qadriyatini ko'rsatadi.
O'z faoliyatida nafaqat fikrlar, qolaversa, madaniyatlar xilma-xilligi tamoyiliga tayanadigan UNESKO bu ishni amalga oshirish-da dunyo xalqlarining boshini qovushtirishday mashaqqatli vazifani bajarmoqda. Shuning uchun ham «murosa» bu qarorgohda eng ko'p tilga olinadigan so'zlardan bin bo'ldi.
«Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab yash-nashi» mavzuidagi ko'rgazmaga qo'yilgan eksponatlar Marka­ziy Osiyo xalqlari tarixiga tegishli bir necha ming yillik davrni o'z ichiga qamrab oladi. Ko'rgazmaga kelgan kishilar o'zbek xalqi ijodi, madaniy va ma'naviy merosi, tasviriy san'ati namunalari bilan tani-shish imkoniga ega bo'lishgan edi.
Temur o'sha vaqtdayoq Yevropa va Osiyo davlatlarini yagona iqtisodiy makonga birlashtirishga harakat qilgani barchaga ma'lum. U barpo etgan buyuk saltanat o'sha vaqtdagi integratsiya, Buyuk ipak yo'li bo'yida joylashgan madaniyatlar muloqoti ehtiyojidan ke­lib chiqqan edi.
Islom Karimov ko'rgazmaning ochilishi marosimida so'zlagan nutqida Yevropa va Osiyo davlatlari o'rta asrlardayoq o'zini yago­na jug'rofiy-siyosiy makonga taalluqli ekanligini anglaganini Amir Temurning tarixiy xizmati sifatida baholaydi. «Ushbu madaniyat haftaligining ochilishi Amir Temurning o'sha xizmatlariga dunyo xalqlari ehtiromi», deb bemalol aytish mumkin, deydi u.
Oradan olti asrdan ko'p vaqt o'tganiga qaramay, Amir Temur g'oyalari hamon dolzarbligicha, hayotiyligicha qolmoqda. Qolaversa, bu g'oyalar bugungi dunyo mamlakatlari yalpi integratsiyaga ehtiyoj sezayotgan bir paytda UNESKOning ham eng olijanob maqsadlari-dan biridir. Temur va temuriylar davrida gullab-yashnagan madani­yat, ma'rifat, qaror topgan ma'naviy qadriyatlar haligacha dunyoni bir butun holda tasavvur etish, gumanizm va inson o'rtasidagi teng-lik, birodarlikka xizmat qilib kelmoqda.
Bu ko'rgazma ochilishiga dasturda belgilanmagan holda shaxsiy qiziqishi va o'zbek madaniyatiga hurmat-ehtiromi tufayli Fransiya-ning o'sha paytdagi Prezidenti Jak Shirakning rafiqasi bilan tashrif buyurishi ham muhim voqea bo'lgan edi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur marosimda O'zbekiston va UNESKO o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, Mar­kaziy Osiyo xalqlari madaniyatini qayta tiklash va targ'ib qilish-dagi buyuk xizmatlari uchun UNESKO bosh direktori F.Mayorga «Do'stlik» ordenini topshirdi. Fransiyalik mashhur olim, Temur va te­muriylar hukmronligi yillari tarixining zukko bilimdoni, O'zbekiston va Fransiya madaniyatlarini o'zaro yaqinlashtirish ishining jonkuyari L.Keren janoblari «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi.
UNESKO bilan O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni yanada ri­vojlantirish borasida o'sha kuni yana bir muhim qadam qo'yildi. O'sha kuni O'zbekiston hukumati va UNESKO o'rtasida imzolan-gan bitim faqat madaniyat, ilm-fan va maorif sohalari muammolari bilan cheklanib qolmaydi. U mavjud ekologik, xususan, Orol dengi-zi qurishi bilan bog'liq muammolarni hal etishning ilmiy yechimini topishni ham nazarda tutishi bilan qimmatlidir. Bitimga ko'ra, ko'p o'tmay Toshkentda UNESKOning vakolatxonasi ochildi. Qolaversa, mazkur xalqaro tashkilotning 1997-yili Buxoro va Xiva shaharlari-ning 2500 yilligini nishonlash to'g'risida qabul qilgan qarori ham mintaqa xalqlari madaniy hayotida yana bir tarixiy voqea bo'ldi.
O'zbekiston Prezidentining Fransiya Prezidenti bilan Yelitsey saroyidagi dastlabki uchrashuvi rejada ko'zda tutilganidan deyarli ikki barobar ko'p davom etgani qalblar yaqinligini, tuyg'ular mush-tarakligini ko'rsatadi.
O'zbek-Fransuz aloqalari uzoq tarixga ega. Fransiya Respubli­kasi Prezidenti O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashga-nida Алиг Temurning 1402-yili Fransuz qiroli Sharl VI ga yo'llagan maktubini sovg'a qilishida ham teran ramziy ma'no bor.
Sohibqiron o'sha maktubida fransuz qirolini Turon zaminiga o'z savdogarlarini yuborishga chorlagan, ularning xavfsizligiga kafil bo'lishini bay on qilgan bo'lsa, O'zbekiston Prezidenti bugun Fran­suz ishbilarmonlarini o'zaro foydali hamkorlikka da'vat etadi, ular­ning manfaatli ish birligi uchun yaratilgan shart-sharoitlar to'g'risida hikoya qilishdan charchamaydi. Zero, O'zbekiston va Fransiya o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlik miqyosi nihoyatda keng.
O'zbekistonning dunyo siyosatida ham, iqtisodiyotida ham yetakchi o'rinlardan birini egallab turgan Fransiya Respublikasi bi­lan xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Yevropa tuzilmalari doirasida hamkorlikni kengaytirishi va chuqurlashtirishi alohida ahamiyatga ega.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling