O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet100/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Mavzuga doir material
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Federiko Mayorni O'zbekiston Respublikasining «Do'stlik» ordeni bilan mukofotlash to'g'risida
UNESKO bilan O'zbekiston o'rtasida madaniy hamkorlikni mustahkamlash sohasidagi g'oyat katta xizmatlari, Markaziy Osiyo xalqlarining nihoyatda boy ma'naviy merosini tiklash va ommalash-tirishga, «Ipak yo'li - muloqot yo'li» xalqaro dasturini amalga oshi-rishga qo'shgan ulkan hissasi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilo-tining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti Bosh direktori, taniqli olim va jamoat arbobi Federiko Mayor «Do'stlik» ordeni bilan mukofotlansin.
O'zbekiston Respublikasining
Prezidenti I. KARIMOV
1996-yil 10-aprel

Amir Temur shaxsiyatining bugungi kundagi mazmuni va be­qiyos mohiyati shundaki, Sohibqiron siymosi bir tomondan bu­gungi avlodda o'z o'tmishi bilan faxrlanish, ma'naviy ildizlarini topib olish, erkinlik qadriyatini tushunishga va kelajakka ishonch bilan qarashga da'vat etsa, ikkinchi tomondan, dunyoning qaysi burchagida bo'lmasin ozodlik, yuksak madaniyat va taraqqiyotning qadriga yetuvchilarning o'zaro yaqinlashuviga xizmat qiladi.


1996-yil dekabrda Prezident I. Karimov «1996-yilni Amir Temur yili» deb atash to'g'risida Farmon qabul qildi. «Temur tuzuklari» bir necha tillarda chop etildi. O'sha davr tarixiy ma­daniy yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi.
Muqaddas qadamjo - Amir Temur maqbarasi ta'mirlandi. Juda qisqa fursatda, bobokalonimizning dunyoviy sha'ni va shavkatiga mos keladigan Temuriylar muzeyi qurildi. 1996-yilning 22-24-aprel kunlari YuNESKO doirasida Parijda o'tkazilgan xalqaro tadbirlar ja­hon madaniy hayotida muhim va yorqin voqea sifatida baholandi. Turkiya, Eron va Qirg'izistonda Konrad Adenauer va Xalqaro Amir Temur jamg'armasi hamkorligida ilmiy anjumanlar o'tkazildi. Bu-lar mohiyat e'tibori bilan bevosita O'zbekiston davlati va xalqining milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ichki va tashqi siyosatining yaxlit mazmunini belgilaydi.
O'zligini to'la-to'kis namoyon qilib, umumjahon taraqqiyotiga butun borlig'i va imkoniyatlari bilan qo'shilish uchun millat eng avvalo ozod bo'lmog'i darkor. Chunki, erkinlik millat nimalarga qo-dirligini ko'rsatuvchi qudratli omildir. Sohibqiron Amir Temur davri biz uchun xuddi ana shu jihatdan ham xarakterli. Shuning uchun ham biz Amir Temur siymosiga murojaat qilamiz, uning tarixi va merosini har tomonlama o'rganamiz.
Temuriylar, ayniqsa, Amir Temur davri haqida gap ketganda fa-qat ana shu uyg'onish davri yutuqlari haqida gapirish kamlik qiladi. Zotan, ungacha bo'lgan ming yilliklardagi tarixiy-madaniy ravnaq ayni ana shu taraqqiyotga zamin yaratgan. Yurtimizga Amir Temur bosh bo'lgan yillarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda qo'lga kiritgan yutuqlar bo'm-bo'sh, huvillagan joyda yuzaga kelmagan. Balki shu makonda qadimdan rivojlanib, shakllanib kelgan tarixiy-madaniy an'analar asosida qaror topgan. Yanada aniqroq aytsak, Amir Temur o'zbek xalqining ko'p ming yillik tarixiy ravnaqi-da tasodifiy shaxs, umuman Temuriylar davridagi yuksalish esa shunchaki bexosdan yuz berib kelgan hodisa emas! U bir necha ming yillik tarixiy tajriba, buyuk an'ana, torn ma'noda shakl-langan madaniy-ma'naviy jarayon mahsulidir.
Chingiziylar hukmronlik qilgan yillari ko'plab nodir hunar, san'at va iste'dod egalari jon saqlash niyatida chekka mamlakatlarga qochib ketdilar. Iqtisod izdan chiqqan, savdo susaygan, boshqaruv tizimi yo'q hisobida edi. Xullas, Amir Temur oldida bir yarim asrlik mustamlakachilikdan so'ng ko'p asrlik milliy davlatchilik va milliy madaniyatni qaytadan tiklash kabi og'ir vazifa turardi.
Amir Temur siyosatshunoslik va davlatchilik falsafasi tarixida yangi dunyoqarashga asos soldi, uni amalda tatbiq etdi. U ilgarigi davrlardan farqli holda jamiyat barcha tabaqalarining haq-huquqlari va manfaatlarini inobatga olib, ularning hayoti uchun zarur ijtimoiy zaminni vujudga keltirdi. Har bir toifaning haq-huquqlari, burch va majburiyatlari o'ziga xos qonun bilan kafolatlab qo'yildi.
Sohibqironning ulkan xizmatlaridan yana biri uning davlat bosh-qaruvini tashkil qilishi bilan bog'liq. Ma'lumki, somoniylar davri-dan boshlaboq o'zbek davlatchiligida hokimiyatning ikkiga - dar-goh timsolidagi qonun chiqaruvchi hamda devonlar - vazirliklar timsolidagi ijroiya tizimlariga bo'linishi yaqqol ko'zga tashlana boshlagan. O'z davri uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etgan bu holat keyingi asrlarda ham, to Chingizxon bosqiniga qadar da-vom etgan. Chingiziylar hukmronligi yillarida esa bu an'ana yo'qqa chiqarildi. Amir Temur ana shu tizimni qaytadan tiklashga muvaffaq bo'lgan va uni boyitgan buyuk islohotchidir.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, hokimiyat bo'linishiga asos-langan mazkur tizimni joriy etishda Sohibqiron ko'r-ko'rona emas, balki o'zi yashab turgan voqelikni nazarda tutgan holda ish yuritdi.
Amir Temur eng oliy davlat idorasi maqomida qurultoyni bel-gilagan edi. Bugungi tushunchadagi kongress, assambleya, majlis, syezd kabilarga to'g'ri keladigan ushbu siyosiy institut boshqaruv mahkamasi va davlat ahamiyatiga molik bo'lgan eng asosiy masala-larni hal etib, unda saltanatdagi barcha yirik siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy soha namoyandalari ishtirok etganlar.
Davlatni mustahkamlash, jamiyatni rivojlantirish borasida ijroi­ya tizim - vazirliklarning o'rni muhim bo'lgan. Amir Temur davrida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yib, ulardan jamiyat manfaati yo'lida foydalanish uchun qat'iy intizomga asoslangan, talabchan ijroiya mexanizmi zarur edi. Sohibqiron ana shunday tizimni yarata oldi.
Amir Temur saltanatining ijroiya tizimidagi sakkiz vazirlik va yana bir necha muassasalar moliya, soliqlar, daromad va xarajat­lar, mulkchilik, yetishtiriladigan hosil, chorva, yaylovlar ahvoli, obodonchilik, xabar va pochta, harbiy va adliya sohalarini bosh-qargan. Masalan, harbiy ishlar vazirligi harbiylarga maosh berish, ularga tegishli mulklarni boshqarish, qurol-aslaha ta'minoti, harbiy mashqlarni uyushtirish va tashkil etish kabi vazifalar bilan bir qator-da iste'foga chiqqan, urushlarda yarador bo'lib, mehnat qobiliyatini yo'qotganlarga nafaqa belgilash kabi yumushlarni ham bajargan.
Huquqiy demokratik davlat qurayotgan bir paytimizda Sohib­qironning sud va qonunchilikka munosabati ham alohida o'rnak vazifasini o'taydi. Bundan olti asr burun Movarounnahrda sud ti-zimida o'ziga xos tartib va qoidalar mavjud edi. Chunonchi, ruqa-rolik ishlari bilan ijroiya tizimida faoliyat ko'rsatgan adliya vazir­ligi shug'ullangan bo'lsa, jamiyat hayotidagi ma'naviy, tarbiyaviy ahamiyatga doir muammolar bilan islom qozisi, harbiylar orasidagi huquqiy masalalar bilan esa askar qozisi, ya'ni bugungi til bilan ayt-ganda harbiy tribunal shug'ullangan.
Amir Temur jamiyat va davlat boshqaruvida hokimiyat bo'linishi haqida fikr yuritar ekan, tadqiqotchilar uni XVIII asr muta-fakkiri Monteskening hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov idoralariga bo'linishi haqidagi ta'limotiga mos kelishini ta'kidlaydilar.
«Tangri taoloning dini va Muhammad mustafoning shariatiga dunyoda rivoj berdim». Sohibqironning birgina ana shu so'zi uning butun saltanatining ezgulik va yuksak ma'naviyatga asoslangan g'oyasini, siyosiy va ijtimoiy mazmunini belgilaydi. Uning islom diniga munosabati xalq manfaatlariga mos keladigan, uning taqdirini belgilaydigan ulkan hodisadir.
Dunyo me'morchilik san'atining gultoji bo'lgan osori atiqa-lar - Go'ri Amir, Bibixonim, Zangi Ota, Xoja Ahmad Yassaviy maq-baralari Oq saroy va Shohi Zinda majmualari kabi ko'plab ziyorat-gohlar hamda Amir Temurning shariat va tariqat peshvolariga nis-batan izzat-hurmati uning shaxsiyatining naqadar ulug'vorligini va daholik qudratini ko'rsatadi.
Sohibqiron «Наг yerda va har vaqt islom dinini quvvatladim» -deydi. Ma'lumki, shu davrda yassaviya, naqshbandiya, kubraviya kabi so'fiylik tariqatlari paydo bo'ldi va rivojlandi. U hukmronlik qilgan yillarda islom dini axloqiy kategoriyalari yanada yuqori dara-jaga ko'tarildi.
Sohibqironning betakror harbiy iste'dodi va qobiliyati zabar-dast harbiy islohotchi hamda atoqli sarkarda sifatida yaqqol ko'zga tashlandi. U eng qudratli va intizomli armiyani barpo etishga, har­biy qismlarini yurish va jang vaqtida oqilona boshqarishga, pay do bo'lgan har qanday g'ov va to'siqlarni tadbirkorlik bilan yengishga, qo'shindagi jangovar ruh, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usini doimo yuksaltirib borishga muvafFaq bo'lgan.
Sohibqiron qo'shinining tuzilishi va tizimi ba'zi bir muhim ji-hatlari bilan boshqa davlatlar qurolli kuchlaridan farq qilar edi. Jum­ladan, armiyaning zarbdor qismlarini tashkil etuvchi otliq askarlar bilan bir qatorda qal'a va qo'rg'onlarni egallashda qo'l keladigan piyoda askarlar ham yetarli darajada edi.
Harbiy sohada sharq va g'arb davlatlarida yuz berayotgan o'zgarishlardan yaxshi xabardor bo'lgan Sohibqiron o'z armiyasida to'p ishlatishni joriy etdi va Sharqda artilleriyaning tarkib topishiga hamda rivojlanishiga katta hissa qo'shdi.
Sohibqironning harbiy ta'limoti, sarkardalik mahorati, jahon harbiy san'atidagi novatorligi bugungi kun uchun ham o'z ahamiya-tini yo'qotmagan.
Amir Temur yubileyi bizning hozirgi dunyo ijtimoiy-siyosiy ja-rayonlari urush va tinchlik muammolariga, inson hayotining daxl-sizligiga yana ham jiddiyroq mas'uliyat bilan qarashimizni taqozo etmoqda.
Amir Temur shaxsiyati jahon davlatchiligi an'analarini yanada boyitish, bu boradagi sharq tajribalaridan unumli foydalangan holda yosh mustaqil davlatimiz tizimini tobora takomillashtirish sabog'ini bermoqda. Zotan, biz huquqiy demokratik adolatli davlat va inson-parvar fuqarolik jamiyatini qurish yo'lidan bormoqdamiz. Demak, ulug' bobokalonimizning davlatchilik borasidagi sabog'i - adolat va haqiqat tantanasiga, yuksak ma'naviyat ravnaqiga erishish hamda ma'naviy barkamol jamiyat bunyod etish tamoyillari biz uchun ibrat va namunadir. Ayni paytda u barpo etgan siyosiy tizim, tinchlik va barqarorlikni ta'minlash, milliy xavfsizlik borasidagi strategik qa­rashlar ham ulkan maktab vazifasini o'taydi. Shuning uchun ham Prezidentimiz 1999-yil 5-noyabrda Xorazmda Jaloliddin Manguber-di tavalludining 800 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida sohibqironning milliy davlatchiligimiz tarixida tutgan o'rni haqida to'xtalib shunday degan edilar: «Oradan bir asr o'tib, sohib­qiron Amir Temur Jaloliddin Manguberdi boshlagan ozodlik kura-shini yangi sharoit va ulkan miqyoslarda davom ettirdi. Ona yurti-mizni bosqinchilardan xalos qilib, markazlashgan qudratli davlat barpo etdi» («Fidokor» gazetasi, 1999-yil 9-noyabr).
Amir Temurning san'at va madaniyatga homiyligi, mamlakat obodonchiligi uchun g'amxo'rligi, insonni tabiatning gultoji sifatida e'zozlashga intilish singari xususiyatlari bugun ham katta qiymatga ega.
Hurfikrlik, fuqarolar ongi va tafakkurida bunyodkorlik, ijodkor-lik, istiqbol uchun kurashish tuyg'usini shakllantirish insonparvar jamiyatning oliy fazilatidir. Bu borada ham Sohibqironning sa'yi harakatlari va tadbirlari biz uchun o'rnakdir.
Bugun O'zbekiston o'z kelajagini aniq va ravshan ко'rib turibdi.
Chunki, azaldan ozod bo'lgan, ozodlik va hurriyat gashtini sur-gan, jahon taraqqiyotiga ulkan ta'sir ko'rsatib kelgan buyuk xalqning irodasi ham, daholik qudrati ham, yaratuvchilik va bunyodkorlik kuchi ham buyuk bo'ladi. Sohibqiron sabog'i bizni ana shu haqiqatni chuqur idrok etishga o'rgatadi. Prezident Islom Karimov sohibqiron yubileyi munosabati bilan o'tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda bu xususda shunday degan edi: «Bizning tariximizda Amir Temur day ulug' siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pand-u o'gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan muam-molarni yechishda bizga qo'l kelayotgan ekan, bizning bu me-rosni o'rganmasdan, ta'riflamasdan, targ'ibot qilmasdan haqqi-miz yo'q.
Shuning uchun ham mana shu minbardan turib, butun O'zbekiston xalqiga, qolaversa, butun jahon ahliga qarata «Amir Temur bizning faxrimiz, iftixorimiz, g'ururimiz!», - deb aytsam, o'ylaymanki, xato qilmagan bo'laman».
(Karimov I. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. Т., 1997, «O`zbekiston», 5-jild, 191 -bet.)
Shuni alohida ta'kidlash joizki, boy merosimiz milliy musta­qillik tufayli umumbashariyat merosiga aylanmoqda. Bu merosga qiziqib qaragan har bir olim-u fozil qayerda ishlamasin, ichki bir ishtiyoq va kasb taqozosi bilan shu sohadagi yuzlab, minglab ham-kasblari bilan o'zaro yaqinlashib boraveradi. Demak, o'zbek tarixi, xususan, Amir Temur siymosi umuminsoniy qadriyatlarga xizmat qiladi. Bundan davlatlar va xalqlar o'rtasida hamkorlik yanada mus-tahkamlanib boraveradi. Shu ma'noda Sohibqiron yubileyining juda katta siyosiy, tarixiy va ma'naviy ahamiyati bor.
Amir Temur tavalludining 660 yilligi jahonning 50 dan ortiq davlatlarida nishonlangani, ulug' bobokalonimiz merosini o'rganishga bag'ishlangan xalqaro ilmiy anjumanda 30 ga yaqin mamlakat olimlari ishtirok etgani buni yana bir bor tasdiqlaydi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling