O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Download 1.87 Mb.
bet96/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Mavzuga doir fakt
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 1994-yilni Mirzo Ulug'bek yili, deb e'lon etish to'g'risida

Ulug' o'zbek olimi, munajjim, matematik, fizik, me'mor, te-muriylar sulolasining munosib davomchisi, yirik davlat arbobi Mu­hammad Tarag'ay - Ulug'bek (Mirzo Ulug'bek) tavalludiga 600 yil to'Hshi munosabati bilan:


Jamoat fikrini quvvatlab, allomaning jahon ilm-fani va madani-yati ravnaqiga qo'shgan ulkan hissasini e'tiborda tutib;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta'lim, fan va madaniyat so-hasidagi tashkiloti (UNESKO) Bosh konferensiyasining 27-sessiyasi qaroriga ko'ra Mirzo Ulug'bek yubileyi jahon qadriyatlari ro'yxati-ga - 1994-yilda dunyo miqyosida nishonlanadigan bayramlar qatori-kiritilgani va shu munosabat bilan tashkil etiladigan xalqaro tad-birlarni hamda Respublikada olib borilayotgan ulkan xayrli ishlarni i^obatga olib:
Yosh avlod qalbida milliy iftixor va vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish, ularning ilm-ma'rifatga bo'lgan intilishini rag'batlan-tirish maqsadida hamda mustaqil O'zbekiston ilm-fani rivojiga ko'maklashish maqsadida:
1994-yil O'zbekiston Respublikasida Mirzo Ulug'bek yili, deb e'lon qilinsin.


O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti I. KARIMOV


Toshkent shahri. 1994-yil 19-mart
Bundan tashqari, O'zbekistonda har yili Bobur, Mashrab, Oga-hiy, Furqat, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir kabi ulug' shoir va ma'rifatparvarlar kunlarini o'tkazish an'anaga aylanib qoldi. Masalan, 1992-yil may oyida mamlakatimiz poytaxtida bosh-langan Mashrabxonlik kunlari uning vatani Namanganda keng ni-shonlandi. Ushbu shaharda uning nomi bilan ataluvchi katta istirohat bog'i barpo etildi.
Birgina shu emas. Xalqimizning ulug' daholari, jahon madani-yati ravnaqiga katta hissa qo'shgan, insoniyat tafakkurida keskin bu-rilish yasagan bobokalonlari kuni har yili turli shaklda nishonlanadi. Dunyoda hech bir xalq o'zbeklarchalik buyuk madaniy va ma'naviy merosga ega emas. Endi mustaqillik tufayli ana shu ulkan xazinani ochish, uni o'rganish, undan bahramand bo'lish imkoniyati tug'ildi. Xalqimiz bundan foydalanish yo'lidan bormoqda.
Mustaqillik yillarida Cho'lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo'jayev, Ogahiy, Ajiniyoz, Berdaq singari madaniyat va jamoat arboblari yubileylarini o'tkazish yuzasidan ko'rilgan chora-tadbirlar ham ma'naviy hayotdagi muhim qadamlardir.
Xususan, hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil 17-dekabr kuni Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Oga­hiy tavalludining 190 yilligi, 18-dekabr kuni esa Nukusda Ajiniyoz Qo'siboy o'g'li tavalludining 175 yilligi, 1998-yil 24-oktabr kuni esa Farg'onada Ahmad al-Farg'oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi.
Xususan, shu davrda Behbudiyning «Padarkush» asari, Fitrat-ning «Qiyomat» qissasi va «Abulfayzxon» tarixiy dramasi nashr qi­lindi. Cho'lponning ayrim she'rlari «Guliston» jurnalida, «Кеспа va kunduz» asari esa «Sharq yulduzi» jurnalida e'lon qilindi. Keyinroq ular alohida kitob holida nashr etildi.
Ulug' shoir Abdulhamid Cho'lponning adabiy-badiiy merosi xalqimizning bebaho ma'naviy mulkidir. Uning har bir asari, har bir she'ri odamlarni o'zaro hamkorlikka, ijtimoiy adolat uchun kurash-ga, nohaqlikka nisbatan murosasizlikka da'vat etadi. Cho'lponning

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling