O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
Mavzuga doir material
Klinton AQSH va O'zbekiston aloqalari xususida 26-iyun kuni Oq uyda Prezident Islom Karimov bilan bo'lgan uchrashuvimiz ikki tomonlama mustahkam munosabatlarning rivoj-lanishiga yangicha kuch berdi va men Amerika xalqi nomidan Prezident Islom Karimovga va O'zbekiston xalqiga eng ezgu tilaklarim-ni bildiraman. Amerika Qo'shma Shtatlari O'zbekistonning suvereniteti, de-mokratik taraqqiyot va gullab yashnashidan to'g'ridan to'g'ri va moddiy manfaatdordir. Biz O'zbekistonni O'rta Osiyodagi yetakchi davlat deb bilamiz, chunki u - bozor munosabatlari taraqqiyoti va hamkorlikning mintaqada harakatlantiruvchi omili bo'lishga qodir imkoniyatga ega mamlakat. Shu bois O'zbekiston bilan hamkorligimizni Yevroosiyodagi siyosatimizning eng muhim qismi sifatida ko'zda tutamiz. Ikki tomon ham turli masalalarda hamkorligimizdan kelib chi-qadigan yutuqlarni yuqori baholaydi. Biz O'zbekiston hukumati-ning inson huquqlari hurmatga sazovor bo'lgan ochiq jamiyat qurish yo'lida yaqinda qo'ygan ijobiy qadamlarini ma'qullaymiz. Demok-ratik jamiyat va huquqiy davlat qurish yo'lidagi harakatlar barqaror-lik va iqtisodiy farovonlikni ta'minlaydi. Bu hamkorligimizni yana-da mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz bundan keyin ham mana shu jarayonni qo'llab-quvvatlash istagidamiz. Biz xavfsizlik sohasida ham ikki tomonlama, ham ko'p tomonlama, masalan, «Tinchlik yo'lida hamkorlik)) dasturi doirasida alo-qalarimiz rivojlanib borayotganidan xursandmiz. O'zbekistonning Qozog'iston va Qirg'iziston bilan birgalikda O'rta Osiyo tinchlik ba-talyonini tuzishda ishtirok etishi sizning mamlakatingizga nisbatan bu yerda ishonch-e'tiborni oshirdi. Bu tashabbus O'zbekistonning mintaqaviy hamkorlik tarafdori ekanligidan dalolat beradi, deb hi-soblaymiz va «Tinchlik yo'lida hamkorlik)) dasturining kelgusi mashqlarida O'zbekiston bilan yaqin aloqalarni davom ettirishga in-tilamiz. Biz Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi mintaqaviy masalalar bo'yicha yaqin hamkorligimizni yuqori baholaymiz. Mamlakatin-giz rahbariyatining Afg'onistonga qurol-yaroq yetkazib berishni ta-qiqlashni ko'zda tutgan amaliy tashabbusini qo'llab-quvvatlaymiz va Afg'onistonda boshlangan fuqarolar urushi mazkur taklifni ilgari surish bilan bog'liq bizning harakatlarimizga qanday ta'sir etishi mumkinligi xususida Xavfsizlik Kengashining boshqa a'zolari bilan o'tkazajak maslahatlashuvlarimiz natijalaridan sizlarni xabardor etib turamiz. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotini mustahkamlash borasida olib borayotgan ishlarimiz doirasida O'zbekiston bilan yanada yaqinroq maslahatlashuvlar o'tkazish tarafdorimiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 51-sessiyasi ol-didan biz barcha masalalarda O'zbekiston bilan bundan ham qalin aloqalarni yo'lga qo'yishga harakat qilamiz. Men, shuningdek, mamlakatlarimiz o'rtasida barqaror savdo va investitsiya aloqalarining muhimligini ta'kidlamoqchiman. Amerika Qo'shma Shtatlari Umumjahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishga in-tilayotgan O'zbekiston bilan o'zaro mustahkam hamkorlikni davom ettirishga tayyor. Biz bugungi Amerika sarmoyalarining muvaffaqiyatini, shu jumladan, energetika va tog'-kon sanoatidagi muvaffa-qiyatlarni har ikki tomonlama munosabatlarimiz rivojining yorqin namoyishi, deb hisoblaymiz va investitsiya shart-sharoitlari yanada yaxshilanishiga katta ishtiyoq bildiramiz». Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling