O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


«Toshkent haqiqati», 1996-yil 30-iyun


Download 1.87 Mb.
bet159/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

«Toshkent haqiqati», 1996-yil 30-iyun
* * *
Aniqrog'i, mazkur safar O'zbekiston va AQSH o'rtasidagi, siyo­siy, iqtisodiy va insonparvar aloqalarni yanada rivojlantirishda mu-him bosqich bo'ldi. «Ayniqsa, Islom Karimovning Oq uyda AQSH Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashuvini alohida ta'kidlamoq lo-zim», - deydi AQSHning O'zbekistondagi elchisi Stenli Eskudero.
Mazkur uchrashuv ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar ri-vojlanib borayotganining dalilidir. Prezidentlar siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalarida hamkorlikning hal qiluvchi masalalarini, shu-ningdek, Markaziy Osiyodagi vaziyatga doir bir qator masalalarni muhokama qildilar. Unda Bill Klinton Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta'minlash borasida O'zbekistonning ye-takchi o'rinda turganligini e'tirof etib, O'zbekiston bilan hamkorlik-ni yanada rivojlantirish niyatida ekanligini alohida ta'kidladi.
* * *
Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Bill Uilyam J. Klinton janobi oliylariga
Janob Prezident!
O'zbekiston xalqi va shaxsan o'z nomimdan Sizni, barcha Ame­rika xalqini tarixiy Mustaqillik kuni bilan tabriklash imkoniyatidan baxtiyorman.
Biz Amerika Qo'shma Shtatlarining buyuk yutuqlarga ega bo'lgan mamlakat sifatida yosh mustaqil davlatlarga demokratik an'analar va bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda berayotgan texnika-viy va insonparvarlik yordamini yuksak baholaymiz.
O'zbekiston - jahon sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan biri - o'z ma'naviy qayta tiklanishida chinakam ozodlik va demok­ratik qadriyatlariga intilmoqda. Istiqlolga erishgan respublikamiz huquqiy va dunyoviy jamiyat qurish, ochiq iqtisodiyotni shakllanti-rish yo'lidan bormoqda. Bunda biz boshqa mamlakatlar tajribasiga, jumladan, AQSH davlat taraqqiyotiga katta e'tibor bilan qaramoq­damiz. O'zbekiston Amerika Qo'shma Shtatlari kabi terrorizm va ekstremizmning har qanday shakllarini keskin qoralamoqda, xalqaro kelishmovchiliklarning tinch-totuv yo'l bilan hal qilinishini qo'llab-quvvatlamoqda.
Fursatdan foydalanib, O'zbekiston hukumati xalqaro mezon-lar asosida mamlakatlarimiz o'rtasida do'stona, teng huquqli va O`zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish muddaosida ekanini ta'kidlashni istardim. Biz xalqlarimiz bir-biri bilan yaxshiroq tani-shishi, keng ko'lamda bilim, tajriba va yuqori darajadagi rasmiy de-legatsiyalar bilan doimiy tarzda almashib turishi tarafdorimiz.
Amerika xalqiga taraqqiyot va ravnaq tilab eng yaxshi istakla-rimni yo'llashdan nihoyatda mamnunman.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling