O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik pa­latasi va Senati vakolat muddati besh yil»


Download 1.87 Mb.
bet28/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik pa­latasi va Senati vakolat muddati besh yil».
Shunga ko'ra, 2004-yil 25-dekabrda bo'lib o'tgan saylovga mu­vofiq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palata­si hududiy saylov okruglari bo'yicha ko'p partiyaviylik asosida bir yuz yigirma deputatdan iborat tarzda shakllantirildi. Konstitutsiyaga muvofiq 2005-yil, yanvar oyida O'zbekiston Respublikasi Oliy Maj­lisining Senati hududiy vakillik palatasi bo'lib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo'shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan ovoz berish yo'li bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida teng miqdorda - olti kishidan saylandi. Ayni chog'da O'zbekiston Res­publikasi Oliy Majlisi Senatining o'n olti nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliya-tining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo'lgan hamda alohida xizmat ko'rsatgan eng obro'li fuqarolar orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi.
Yana shuni aytish joizki, Saylov kuni yigirma besh yoshga to'lgan hamda kamida besh yil O'zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O'zbekiston Respublikasi fiiqarosi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati, shu-ningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a'zosi bo'lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo'yiladigan talablar qonun bilan kafolatlandi.
Ayni bir shaxs bir paytning o'zida O'zbekiston Respublika­si Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati va Senati a'zosi bo'lishi mumkin emasligi ko'rsatib qo'yildi.
«79-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qo­nunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:

  1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik pa­latasi Spikeri va uning o'rinbosarlarini, qo'mitalarning raislari va ularning o'rinbosarlarini saylash;

  2. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga bi-noan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palata­si deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to'g'risidagi masa-lalarni hal etish;

  3. O'z faoliyatini tashkil etish va palatani ichki tartib qoidalari bilan bog'liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

  4. Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masala­lar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar davrida o'tkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o'tkaziladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari za-ruratiga qarab, lekin yiliga kamida uch marta o'tkaziladigan bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular ishida barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining kami­da yarmi ishtirok etayotgan bo'lsa, vakolatli hisoblanadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling