O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
98-modda quyidagi tahrirda bayon etildi: «O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatini amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o'rinbosarlari, vazirlar, davlat qo'mitalarining raislaridan iborat. Qoraqolpog'iston Respublikasi hukumatining boshlig'i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o'z lavozimi bo'yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a'zolari O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy soha-ning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O'zbekiston Respublikasi qo-nunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi. Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqa-rolar tomonidan bajarlishi majburiy bo'lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo'ladi. Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorini imzolaydi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig'iga binoan xalqaro munosa-batlarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko'radi. O'zbekiston Respublikasi qonunlarida, O'zbekiston Respub likasi Prezidentining qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruv-chi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, ush-bu Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asosan Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O'zbekiston respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli». Mustaqillikning o'tgan davri shuni ko'rsatdiki, Konstitutsiya mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy sohalarda amalga oshi-rilgan ishlarning huquqiy asosi sifatida o'zini namoyon qildi. Xal-qimiz shu bois ham uni muhim hayotiy qo'llanma deb hisoblaydi. O'zbekistonda istiqomat qilayotgan millati, dini va tilidan qat'i na-zar barcha fuqaro uchun mustahkam qalqon bo'lib xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni, uning mohiyatini chuqurroq o'zlashtirishni hayot taqozo qila boshladi. Shu nuqtayi nazardan Prezident 2001-yil 4-yanvarda «O`z-bekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish to'g'risida» farmoyish chiqardi. Ushbu farmoyishga asosan, Konstitutsiyaning jamiyatdagi o'rni va ahamiyatini, mazmuni va mohiyatini o'rganish, yosh avlodning huquqiy ongini yuksaltirish, talaba va o'quvchi yoshlarda mustahkam bilimlarni shakllantirish talablari qo'yildi. Mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimida, maktabgacha ta'lim muassasalaridan to oliy ta'limning yuqori bosqichi - magistratura-gacha, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishning yaxlit va izchil tizimi vujudga keldi. Ushbu tizimga fan sohasidagi doktoranturaga-cha bo'lgan bosqich ham kiradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi mamlakat Prezidenti bir paytning o'zida ijro etuvchi hokimiyat rahbari ham eka-nini belgilaydigan normalarning o'zgartirilishi muhim siyosiy-huquqiy qadam bo'ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyaga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari bo'lib, davlat hokimiyati organlarining o'zaro uyg'un va hamjihat faoliyat yuritishini ta'minlaydi. «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchay-tirish to'g'risida»gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi, hech shubhasiz, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o'ynadi. Hozirgi sharoitda siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining ayniqsa saylov jarayonlari-da xohish-irodasi va fikrni ifodalash, markazda va joylarda davlat hokimiyati organlarini shakllantirishning muhim ta'sir o'tkazuvchi vositasiga aylanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifa-ni hal etish maqsadida parlamentdagi ko'pchilik ovoz bilan siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlarini Qonunchilik palatasi Spikerining o'rinbosari etib saylash bo'yicha tashkiliy-huquqiy choralar ko'rildi. Qabul qilingan ushbu huquqiy mexanizmlar siyosiy partiyalar-ning mamlakat parlamenti faoliyatini tashkil etishda, shuningdek, vakillik va ijro hokimiyati organlarini shakllantirish, ularning faoliyatini nazorat qilishdagi roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirdi. Xususan, Bosh vazir lavozimiga nomzod bo'yicha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashish tartibi, uning parlament tomonidan tasdiqlanishining qat'iy belgilangan tartib va mexanizmi-ning joriy etilgani davlat qurilishi sohasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo'lidagi muhim qadam bo'ldi. Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalariga Bosh vazirni iste'foga chiqa-rish, mahalliy kengashlardagi partiya guruhlariga esa viloyat ho-kimlarini iste'foga chiqarish to'g'risida tashabbus bilan chiqish huquqining berilishi ham mutlaqo muhim ahamiyat kasb etadi. Bu-larning barchasi siyosiy partiyalarning mamlakat hayotidagi o'rni va ta'siri ortib borayotganidan dalolat beradi. Davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini, avvalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish, budjet tashkilotlarini, kommunal xo'jalik va obodonlashtirish ish-larini moliyalashtirish, odamlarai ish bilan ta'minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakolatlarini mahalliy hokimiyat, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma-bosqich o'tkazish jarayoni amalga oshirilmoqda. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling