O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
Birinchidan, yangi jamiyatga o'tishda boshqaruv tizimida jid-diy buzilishlarga yo'l qo'ymasdan, MDHga a'zo ayrim mamlakat-larda bo'lganidek, iqtisodiyotni boshqarishning real dastaklarini qo'ldan chiqarib yubormaslik kerak edi. Chunki yangi tuzilayotgan idoralar tajribaga va bozor sharoitlarida o'zini o'zi boshqarish mexa-nizmiga ega edi.
Ikkinchidan, o'tish davrida yetuk bozor munosabatlari va me-xanizmlari ham uzil-kesil shakllanmagan edi. Shuning uchun bozor munosabatlari tarkib topgan va bu yo'nalishda endigina qadamlar tashlayotgan mamlakatlardagi boshqaruvni tashkil etishning turli ti-zimlari o'rganildi. Shu asnoda butun xalq xo'jaligini, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va hozirgi sharoitlarga mos tuzilmalari topildi. Buning mohiyati ishlab chiqarishning markaz-lashtirilgan tartibda rejalashtirish va tashkil etishdan moliyani, mod-diy xomashyo boyliklarini davlat tomonidan boshqarish tizimidan voz kechishni bildirar edi. Yana shuni aytish kerakki, O'zbekistondagi boshqaruvni izchil, bosqichma-bosqich tashkil etish modeli keng jamoatchilik tomonidan ma'qui deb hisoblandi. 1991-yil 6-sentabrida respublika mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi tuzil-di. Shu maqsadlarni ko'zlab uning tarkibida 1992-yil yanvar oyida O'zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi brigadasini ham barpo etish lozim topildi. 1992-yil iyulidan u Mudofaa vazirligiga aylanti-rildi. Mudofaa tizimidagi bunday o'zgartirishiarning sababi nimada? Buni shunday izohlash mumkin: mamlakat mustaqilligining dastlabki (Farmon oltinchi kundayoq e'lon qilindi) kunlaridanoq uning mudofaasini ta'minlashga kirishish, SSSRning jazavasi tut-gan, o'zining so'nggi nafasini olayotgan bir paytida uning dunyoni zir titratgan qurolli kuchlari tarkibidan asta-sekinlik bilan shovqin ko'tarmasdan chiqib olish uchun avval Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish zarur edi. Chunki, Mudofaa vazirligi iborasida aniq maqsad va qat'iy harakat mazmuni bor. Shuning uchun dastlab shunchaki mudofaa ishlari bilan shug'ullanuvchi mahkama tuzilga-nini ma'lum qilish, so'ng esa haqiqiy maqsadga bexavotir intilish kerak edi. Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etilganidan so'ng milliy gvar-diya brigadasi tuzildi. Bu strategik maqsadga erishish yo'lidagi tak-tika edi. Bir hovuchgina sanoqli askarlar brigadasini tuzishdan hech kim shubhaga bormas va unga monelik qilmas edi. Milliy gvardiya, aytish mumkinki, har tomonlama qurollangan, huquqiy, siyosiy va ma'naviy jihatdan mustahkamlangan milliy armiyaning debochasi-dir. Ana shunday murakkab, ziddiyatli va tahlikali bir sharoitda O'zbekiston Mudofaa vazirligi va uning qurolli kuchlari tizimi vu-judga keldi. O'zbekistonda Adliya idoralarining mavqeyi va mas'uliyatini oshirish, aholiga huquqiy xizmatni yaxshilash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi faoliyatini takomillashti-rish tadbirlari belgilandi. Vazirlik mamlakatda huquqqa doir siyo-satni o'tkazishda davlat idoralarining faoliyatini muvonqlashtiradi, boshqa markaziy idoralar bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi hamda uning fuqarolari huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta'minlaydi. O'zbekiston iqtisodiyoti rivoji bilan shug'ullanuvchi davlat idoralari tizimida tubdan o'zgarishlar qilindi. Mamlakatda 1990-yil dekabrida Davlat reja qo'mitasi Iqtisod komissiyasiga aylantirildi. 1992-yilda shu komissiya negizida Vazirlar Mahkamasi huzurida res-publikaning Taraqqiyot istiqbolini belgilash qo'mitasi tashkil etildi, uning avvalgi vazifalari yanada kengaytirildi. 1992-yil 5-avgustida esa ushbu qo'mita va statistika davlat qo'mitasi negizida Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo'mitasi va joylarda uning tegishli idoralari barpo etildi. Qo'mita vazifalariga O'zbekistonni taraqqiy ettirishning ustuvor yo'nalishlari va tashqi iqtisodiy aloqalar strategiyasini ishlab chiqish, aholi moddiy faro-vonligini oshirish va uni ijtimoiy muhofaza etish, yagona statistika siyosatini o'tkazish kabilar kiritildi. 1997-yildan ushbu Qo'mita Makroiqtisodiyot vazirligiga aylantirildi. O'zbekistonda moliya idoralarini boshqarish tashkiliy tuzilmasini va narx belgilash tizimini takomillashtirish tadbirlari belgilandi. Shu boisdan narxlarga doir davlat siyosatini o'tkazish vazifalari Moliya vazirligiga topshirilib, u Davlat narxlar qo'mitasi bilan birlashtirildi. Xalq xo'jaligini xomashyo, yoqilg'i va boshqa moddiy-texnika resurslari bilan ta'minlashga ham jiddiy e'tibor berildi. Bu sohaga rahbarlik qiluvchi idoralar takomillashtirildi. 1991-yil fevralida xalq xo'jaligining mineral-xomashyo zaxiralariga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlash maqsadida geologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish va boshqaruv idoralari negizida O'zbekiston SSR Davlat geologiya va meniralogiya qo'mitasi tashkil etilib, uning vakolatlari belgilandi. 1992-yil may oyida neft va gaz konlarini har tomonlama va samarali o'zlashtirish, xalq xo'jaligi va aholini gaz, gaz konden-sati, neft hamda ularni qayta ishlash mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash, neft va gaz sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish maqsadida shu sohada mavjud bo'lgan ishlab chiqarish bir-lashmalari asosida O'zbekiston neft va gaz sanoati davlat konserni -«O`zbekneftgaz» tashkil etildi va uning vazifalari tayin etildi. Konsernlar xalq xo'jaligiga davlat rahbarligi tizimidagi yangi shakl edi. U sanoat sohasida bundan ilgari ham barpo etilgan edi. Bu O'zbekistonning o'z mustaqilligiga erishishi, ittifoq tobeligidagi sanoat tarmoqlarining ham respublikaga berilishi, bozor iqtisodiyotiga o'tilishi, ma'muriy buyruqbozlik usulining cheklana borishi bilan bog'liq bo'ldi. Masalan, 1990-yil oktabrida O'zbekiston SSR Vazirlar Kengashi sanoat tarmoqlari bo'yicha o'zbek davlat konsernlari-ni tuzish to'g'risida qaror qabul qildi. Qarorga binoan, O'zbekiston Davlat kimyo sanoati, metallurgiya sanoati, mashinasozlik, qishloq xo'jaligi va avtomobil mashinasozligi, radio elektronika (elektro-texnika va asbobsozlik bilan birga), paxta tozalash sanoati ilmiy-texnikaviy ta'minlash konsernlari tuzildi. Prezidentning 1992-yil 27-oktabrdagi Farmoni bilan ijara kol-lektiv, hissadorlik tashkilotlarini hamda mulkchilikning boshqa shakllariga asoslangan montaj, ixtisoslashtirilgan qurilish, sozlash, ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlarini sanoat va naq-liyot korxonalarini ixtiyoriy paychilik asosida birlashtiruvchi «O`zmontajmaxsusqurilish» ishlarni xo'jalik assotsiatsiyasi tashkil etilib, shunday vazirlik esa tugatildi. O'zbekiston Respublikasi Don mahsulotlari vazirligi negizida Don mahsulotlari («O`zdonmahsulot») davlat konserni tashkil etilib, uning zimmasiga xalq xo'jaligini va aholini ovqatbop don, un va non, qandolat mahsulotlari, omixta yem bilan ta'minlash, nonvoy-xona, makaron tegirmonyorma va omixta yem sanoati korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vazifalari yuklandi. Bozor munosabatlarini joriy etish jarayonida O'zbekistonda dehqonchilik sanoat kompleksi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, respublika o'rmon xo'jaligi boshqaruv ishini yaxshilash, milliy aviakompaniyani tashkil qilish to'g'risida ham Farmonlar qabul qi-linib, ularda sanoat, qishloq xo'jaligi va naqliyotga davlat rahbarli-gining navbatdagi muammolari hal etib berildi. Masalan, Prezidentning 1990-yil 8-dekabrida imzolagan Farmonida shunday deyiladi: «Dehqonchilik-sanoat kompleksida davlat va xo'jalik boshqaruv vazifalarini farqlab qo'yishga oid aniq tadbirlarni amalga oshirish, jamoa xo'jaliklari, davlat xo'jaliklari va boshqa qishloq xo'jaligi korxonalarining iqtisodiy mustaqilligini rivojlantirish, bozor munosabatlarini joriy etish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qaror qilaman: O'zbekiston SSR qishloq xo'jaligi davlat kooperativ qo'mitasi kengashi va hay'atining O'zbekiston SSR qishloq xo'jaligi davlat kooperativ qo'mitasini O'zbekiston SSR qishloq xo'jaligi jumhuri-yat vazirligiga aylantirish to'g'risidagi taklifi qabul qilinsin». Shu-ningdek, Paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotini sotish davlat hissadorlik assotsiatsiyasi ham tashkil etildi. Xalq xo'jaligini rivojlantirishda fan va texnikaning ahamiya-ti katta. Shu sababdan ularni ravnaq toptirish, erishilgan natijalarni amaliyotga tatbiq etish sohasidagi ishlarga ham jiddiy e'tibor berildi. Maxsus Farmonlar bilan O'zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo'mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzurida esa Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK) tashkil qilindi. Mamlakat Fanlar akademiyasiga o'zini o'zi boshqaruvchi mustaqil tashkilot sifatida maqom berildi. Iqtisodiy hayotda bozor munosabatlariga o'tish aholining ijtimoiy himoyalanishini, davlat mustaqilligiga erishish esa milliy va madaniy qadriyatlar ahamiyatini oshirishni talab etadi. Shunday sharoitda ijtimoiy-madaniy qurilish sohasida davlat rahbarligini takomillashtirish ham jiddiy ahamiyatga ega. Chunonchi, 1992-yil 5-mayda aholiga savdo xizmatini tubdan yaxshilash, iste'mol bozori-ni kengaytirish maqsadida respublika savdo vazirligi «O`zbeksavdo» O'zbekiston davlat hissadorlik uyushmasiga aylantirildi. Aholiga maishiy xizmat ko'rsatishni va bu sohani boshqarishni yaxshilash dolzarb masaladir. Ana shu maqsadlarni nazarda tutib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi aholiga maishiy xizmat ko'rsatish davlat kooperativ markazi va uning joy-lardagi idoralari o'rniga maishiy xizmat korxonalari va tashkilotla-ri O'zbekiston Respublikasi va hududiy uyushmalari tashkil etildi, ularning vazifalari aniq belgilab qo'yildi. Ommaviy axborot vositalari va targ'ibot-tashviqot ishlarini ta-komillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi televideniye va radio eshittirishlari davlat qo'mitasi 1992-yil yanvar oyidan O'zbekiston davlat teleradio eshittirishlar kompaniyasiga aylantiril-di. Madaniyat va san'atni rivojlantirish hamda ularning ma'naviy va axloqiy tarbiyadagi mavqeini oshirish maqsadida 1992-yil mart oyi-da qabul etilgan Farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning faoliyatini yaxshilash tadbirlari belgilandi. Shu vazirlik negizida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Davlat kino kompaniyasi tashkil qilindi. Xususan, Madaniyat ishlari vazirligi, milliy madaniyat sohasida davlat siyosatini amalda ro'yobga chiqarish, xalq boy an'analarini tiklash va ularni yanada takomillashtirish, mamlakat ijodiy uyushmalari bilan uzviy hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro madaniy aloqalarni kengayti-rish kabi vazifalarni bajaradigan bo'ldi. Respublikaning tashqi faoliyati masalalari bo'yicha shug'ulla-nadigan idoralari tizimi ham takomillashtirildi. Jumladan, 1991-yil 7-sentabrida O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil qilindi. 1992-yil 21-fevralida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tuzil-di, o'sha yili 10 avgustda esa O'zbekiston Respublikasi davlat boj-xona qo'mitasi barpo etildi, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni rag'batlantirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish va himoya qilish cho-ralari belgilandi. O'zbekiston hududida sayohat sohasidagi yagona siyosatni ishlab chiqib, amalga oshirishni ta'minlaydigan muvofiq-lashtiruvchi bosh idora sifatida «O`zbekturizm» milliy kompaniyasi ham barpo etildi. 1992-yil oxiri va 1993-yil boshida ham bir necha markaziy boshqaruv idoralari tashkil etildi. Ular qatoriga O'zbekiston sanoat va xo'jalik qurilishi davlat korporatsiyasi, O'zbekiston avtomobil naqliyoti davlat hissadorlik korporatsiyasi, O'zbekiston avtomobil yo'llari qurish va foydalanish davlat hissadorlik konserni kabilar ki-radi. Markaziy boshqaruv idoralari tizimining takomillashuvi va ayrimlarining yangidan tashkil etilishi, shuningdek, Prezidentlik lavozimining yuzaga kelishi Vazirlar Mahkamasi huquqiy maqomining o'zgarishi, asosan, ikki holat bilan izohlanishi, ya'ni O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi va uning bozor iqti-sodiga o'ta boshlashi bilan chambarchas bog'liq ekanligidir. Xulosa sifatida ikki muhim jihatni alohida ta'kidlash lozim. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling