O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishdir»
Ramazon Hayiti (Iyd al-Fitr) - Diniy bayramning birinchi kuni. Qurbon Hayiti (Iyd al-Adha) - Diniy bayramning birinchi kuni.
Ko'ppartiyaviylik negizida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlatimizning jamiyatni bosqichma-bosqich isloh qilish strate-giyasidan kelib chiqib, demokratik o'zgarishlarning huquqiy bazasi-ni izchillik bilan mustahkamlay bordi. Shunday qilib Oliy Majlisning 1995-1999-yillarda 15 ta sessiyasi bo'lib, ularda 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 ta qonun, 460 dan ortiq qaror qabul qilindi, amaldagi deyarli barcha qonun hujjatlarining qo'llanish amaliyoti o'rganildi, qonunlarga 200 dan ortiq o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi. O'zbekiston jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvni tezlash-tirish tarafdori ekanligini tasdiqlab, parlament 95 ta xalqaro bitim va shartnomani ratifikatsiya qildi, 43 ta xalqaro konvensiyaga qo'shilish to'g'risida qaror qabul qildi. Chaqiriq mobaynida Oliy Majlisning xalqaro aloqalari anchagi-na kengaydi, parlamentlarda delegatsiyalarining almashinuvi o'sdi. O'zbekistonga 200 dan ortiq chet el delegatsiyasi, shu jumladan Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Rossiya, AQSH, Turkiya, Xitoy, Shveysariya, Yaponiya va boshqa qator mamlakatlarning delegatsiyalari tashrif buyurdi. O'zbekiston parlamentida Germaniya, Turkiya, Latviya, Pokis-ton, Italiya, Vengriya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Moldova va Bolgariya davlatlarining boshliqlari, Litva, Ukraina, Qozog'iston, Turkiya va Belgiya hukumatlarining rahbarlari, Gruziya, Latviya, Rossiya Federatsiyasi parlamentlarining spikerlari, shuningdek, Yev-ropa, Osiyo, Afrika va Amerika qit'alarining 50 dan ortiq mamlakat-laridan taniqli jamoat va siyosat arboblari qabul qilindi. Oliy Majlis deputatlari xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda qatnashdilar, Oliy Majlis delegatsiyalari 30 dan ortiq mamlakat, shu jumladan Germaniya, Daniya, Hindiston, Polsha, AQSH, Fransiya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarning parlament-lari ishi bilan tanishdilar. Chaqiriq mobaynida parlamentda fuqarolarning murojaatlarini ко'rib chiqish yuzasidan katta ish olib borildi. Hisobot davrida Oliy Majlisga jami 18 mingdan ortiq ariza va shikoyatlar tushdi. Chaqiriq mobaynida e'lon qilingan har bir qonun loyihasi yuzasidan 500 ta-dan 2000 ga qadar taklif kelib tushdi va ular o'rganib chiqildi. 1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga deputatlar saylandi. Saylangan depu-tatlardan O'zbekiston Parlamentining yangi tarkibi shakllandi. Ma'lumki, jahon miqyosida qaror topgan xalqaro andozalarga ko'ra, Parlamentda o'rin olish uchun kurash olib borgan siyosiy partiyalar va boshqa manfaatdor tashkilotlar saylovlardan so'ng mamlakatning qonun chiqaruvchi oliy organida o'z g'oyalari hamda maqsadlarini ifoda etuvchi va yoqlovchi deputatlik fraksiyalarini tuzadilar. 2000-yil 11-yanvar kuni bir qator siyosiy partiyalardan saylangan deputatlar o'z yig'ilishlarini o'tkazdilar. Markaziy saylov komissiyasi raisi N.Komilov boshqarib borgan bu yig'ilishlarda siyosiy partiyalarning Oliy Majlisdagi deputatlik fraksiyalarini tuzish va ularning rahbarlarini saylash masalalari ко'rib chiqildi. O'n bir kishidan iborat «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasiga deputat T.Daminov, yigirma kishidan iborat «Vatan ta-raqqiyoti» partiyasi fraksiyasiga deputat A.Tursunov, o'n kishidan iborat «Milliy tiklanish» partiyasi fraksiyasiga deputat I.G'afurov, o'ttiz to'rt kishidan iborat «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi fraksiyasiga deputat E.Norbo'tayev rahbar etib saylandi. 2000-yil 11-fevral kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. 25-26-may kunlari bo'lib o'tgan ikkinchi sessiyada «Vatan taraqqiyoti» MD partiyasi va Fidokorlar partiyasi fraksiyalari birlashtirildi, fraksiya raisi etib esa A.Tursunov tasdiq-landi. O'zbekiston XXI asrga jamiyat rivojida tez sur'atlar bilan o'zgarishlar yuz berayotgan, odamlarning siyosiy ongi va dunyoqa rashi о'sib borayotgan, mamlakatimiz jahon hamjamiyatidan muno-sib o'rin olib borayotgan davrda qadam qo'ydi. Mana shu jarayonlarni chuqur tahlil qilgan davlatimiz rah-bari 2000-yil II chaqiriq Oliy Majlisi ikkinchi sessiyasida qilgan «O`zgarish va yangilanish - hayot talabi» nomli ma'ruzasida ikki palatali parlament tuzish g'oyasini ilgari surdi. Bu mamlakatimizda demokratik islohotlarni bosqichma - bosqich amalga oshirish tamo-yiliga to'la mos edi. Shu bois ham 2001-yil 6-7-dekabr kunlari bo'lib o'tgan Oliy Majlisning yettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish g'oyasi muhokama qilindi va buning uchun zarur omillar - yuqo-ri malakali siyosatshunoslar, yuristlar, iqtisodchilar korpusi shakl-langanligini, shuningdek, ko'ppartiyaviylik tizimi qaror topganli-gini hisobga olib mamlakatda ikki palatali parlament tuzish zarur, degan xulosaga keldi. Oliy Majlisning yettinchi sessiyasi 2002-yil 27-yanvar kuni keyingi chaqiriqda ikki palatali parlamentni shakl-lantirish masalasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi referendumini o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi. Referendumda ovoz berish byulleteniga «Siz kelgusi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan savol kiritildi. Referendum 2002-yil 27-yanvar kuni demokratik asosda, ochiq va oshkora, keng jamoatchilik vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida bo'lib o'tdi. Referendumda ovoz beruvchilar ro'yxatiga kiritilgan 13266602 nafar fuqarolarning 12113070 nafari yoki 91,58 foizi ishtirok etdi. «Siz kelgusi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masala yuzasidan ovoz berishda qatnashganlarning 11344242 nafari yoki 93,65 foizi yoqlab ovoz berdi. Saylovchilar ikki palatali parlament tuzish masalasini qo'llab - quvvatladilar. Referendum yakunlari xalqimizning, bir tomondan, damokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyoti-ga o'tishdan iborat O'zbekiston yo'lini qo'llab - quvvatlayotganini ko'rsatdi. Ikkinchi tomondan, islohotlarni izchil va qat'iylik bilan davom ettirish va yanada chuqurlashtirishni katta umid bilan kuta-yotganligini bildirdi. 2002-yil 4-5-aprel kunlari bo'lib o'tgan ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy prinsiplari to'g'risida» Konstitutsiyaviy qonun va «2002-yil 27-yanvarda o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumining yakunlari bo'yicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining asosiy yo'nalishlari to'g'risida» qaror qabul qildi. Bu hujjatlar ikki palatali parlament tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda. Bundan keyin ham O'zbekiston Respublikasining oliy davlat vakillik organi - parlamentining nomi Oliy Majlis deb atalaveradi. Uning tarkibida ikki palata tuziladi. Quyi palata - qonunchilik pala-tasi, yuqori palata - Senat deb ataladi. Biroq ikki palatali parlament darhol tuzilmaydi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisi bir palatali par-lament sifatida u saylangan muddatda 2000-2004-yillarda faoliyat yuritadi. Natijada ikki palatali parlament 2004-yilning dekabr oyi-da o'tkaziladigan saylovlar asosida shakllantiriladi. Quyi palataga 120 deputat saylandi. Senat 100 ta senatordan iborat bo'ldi. Senatga Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan, jami 84 kishi saylandi. Prezident tomonidan tayinlanadi-gan 16 nafar el-yurtda obro' - e'tibor qozongan kishilar Senatning a'zosi bo'lishadi. Bu mamlakatimizda milliy davlatchiligimiz taraq-qiyotida yangi bosqich boshlanganini bildirar edi. 2005-yil 28-yanvarda Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Sena-tining qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Unda davlatimiz rahbari I.A. Ka-rimov «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishdir», degan mavzuda ma'ruza qildi va O'zbekistonning bundan buyon mus-taqil, o'ziga mos va xos taraqqiyot yo'lidan borishi bilan bog'liq ham nazariy, ham amaliy уо'1-yo'riqlarni ko'rsatib berdi. Ta'kidlash joizki, mamlakatimiz rahbari ushbu ma'ruzasida 2004-yil dekabr oyida o'tkazilgan saylovlar yakuni bo'yicha o'z xu-losalarini bildirar ekan, jamiyat hayotini isloh qilish tizimining bu-gungi holatiga alohida e'tibor qaratib, «mamlakatimizning demokratik yangilanish va erkin ijtimoiy tuzumga xos bo'lgan barcha asosiy qadriyatlarni o'zida mujassam etgan fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lidagi bosqichma-bosqich, izchil harakati hozirgi kunda hech qanday kuch to'xtata olmaydigan muqarrar, qonu-niy jarayonga aviandi», - deya baho berdi. Darhaqiqat, istiqlolning o'tgan davri mobaynida mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilib kelinayotgan jamiyat hayotini er-kinlashtirish, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo qilish, bir so'z bilan aytganda ijtimoiy hayotni tubdan yangilash jarayonlarining tadrijiy rivojlanishi bugungi kunda o'zining shunday bir bosqichiga erishdiki, endilikda bu jarayonga ta'sir ko'rsatish torn ma'noda faqat shu jamiyat a'zolari, ya'ni O'zbekiston xalqi xohish-istagi orqaligina amalga oshishi mumkin. Buni O'zbekistonning o'tgan davri tarixida qo'lga kiritilgan natijalar yaqqol isbotlaydi. O'tish davri va milliy davlatchilikni barpo etish sharoitida ob-yektiv zarurat bo'lgan kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga izchil va bosqichma-bosqich o'tishga erishish ushbu davrda davlat tizimini isloh etishning asosiy va hal qiluvchi vazifasi bo'lishi dar-kor. Bu davrda davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshiri-layotgan demokratik islohotlar natijasida mamlakatimizning qonun chiqaravchi oliy organi - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatali parlamentga aylantirildi. Bu boradagi asosiy vazifa quyi palata - Qonunchilik palata-sini muntazam faoliyat ko'rsatadigan professional organga aylan-tirish, yuqori palata - Senatni hududlar manfaatlarini ifoda qiladi-gan vakillik organi sifatida shakllantirishdan iborat edi. Shu tariqa qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining sifatli va asosli bo'lishiga erishish bilan bir qatorda, o'zaro mutanosiblik va muvozanatni saq-lash bo'yicha samarali tizimi yaratilmoqda, umumdavlat va hududlar manfaatlarining o'zaro muvozanati ta'minlanmoqda, aholining mam-lakatimiz ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko'lamini yanada kengaytirish imkoni tug'ilmoqda. Ikki palatali parlamentimizning huquq va vakolatlarini kengaytirish, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat o'rtasidagi vakolatlarning yanada muvofiqlashuvini ta'minlash bilan bog'liq masalalarni hal etishda Prezident vakolatlarining bir qismini yuqori palata - Senatga o'tkazish, shuningdek, Bosh vazir huquq va vakolatlarini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etdi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling