O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


-§. Mamlakat ijtimoiy siyosiy hayotida qishloqning o'rni va uni rivojlantirish chora-tadbirlari


Download 1.87 Mb.
bet90/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

5-§. Mamlakat ijtimoiy siyosiy hayotida qishloqning o'rni va uni rivojlantirish chora-tadbirlari
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar ichida qish-loqda yuz bergan o'zgarishlarni alohida ta'kidlash joiz. Qishloqda tub islohotlar o'tkazishning bir necha o'ziga xos omillari bor.
Bu borada davlat rahbari ta'kidlaganidek, istiqlolga erish-gach qishloqni ustun darajada rivojlanishini ta'minlamasdan, qishloq xo'jaligini sifat jihatidan yangi asoslarda qayta tiklamas-dan turib mamlakatda iqtisodiy islohotlar samaradorligiga erishib bo'lmaydi, mamlakat aholisining ko'pchiligini tashkil qiluvchi qish­loq mehnatkashlari turmushini yanada to'kinroq qilish vazifasini bajarib bo'lmasdi. Ayni chog'da mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo'jaligining salmog'i yuqori edi.
1996-yil boshiga kelib agrar sektor hisobiga mamlakatda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning 24 foizi, mamlakat mehnat re-surslarining 27 foizi to'g'ri keldi. Bu - birinchidan.
Ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi aholisining 60 foizi qish-loqlarda istiqomat qiladi. Tug'ilish ko'p bo'lgani tufayli ish bilan ta'minlash muammolari ham qishloqlarda eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Qishloq aholisining 50 foizidan ortig'i 18 yoshga yet-magan yoshlardan iborat. Bu qishloqda eng katta ishchi kuchi po-tensiali joylashganini, mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi o'ringa ega ekanini ko'rsatadi.
O'zbekiston hukumati qishloqning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi о'mini yuksak baholab, uni yanada yuksaltirishga doimiy e'tibor berishining boisi ana shunda. Shuning uchun ham I. Karimov Oliy Majlisning 1995-yil 29-dekabrda bo'lib o'tgan IV sessiyasida shunday degan edi: «Men bir haqiqatni aytib charchamasam ke-rak. Buning mazmuni shuki, qishloqda tub islohotlar o'tkazish, qishloq xo'jaligini taraqqiy ettirish, qishloq xo'jahgida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish O'zbekiston iqtisodiyotini ri­vojlantirishning asosiy omili va manbayidir».
Shu bois avvalo qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi samarador­ligini oshirish borasidagi muhim chora-tadbirlardan biri, bu soha-ni boshqarishni takomillashtirish va tubdan o'zgartirish, rahbarlikni yaxshilash bo'ldi. 1991-1996-yillarda qishloq xo'jaligi kompleksiga rahbarlikni yaxshilash, qishloqda o'tkazilayotgan islohotlarning hu-quqiy asosini yaratish choralari ko'rildi.
1996-yil 26-noyabrda respublika hukumati qishloq va suv xo'jaligini boshqarishning, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining sa­maradorligini oshirishga yo'naltirilgan butunlay yangi tizimini yara­tish maqsadida «O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to'g'risida» qaror qabul qildi. Shunga asosan ikki vazirlik birlashtirildi.
Bundan ilgariroq, aniqrog'i, 1996-yil 3-aprelida Prezident «Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmonni imzolab unda qishloqda islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan qator tadbirlar ko'zda tutilgan edi.
Yana ta'kidlash joizki, mustaqillik yillarida qishloq xo'jaligi ish­lab chiqarishini ustun darajada rivojlantirish borasida yangi qonun va me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Masalan, 1991-yil 21-dekabrda qabul qilingan «Dehqon (fermer) xo'jaliklarini yanada mustahkam-lash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi Farmon qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini zamon talablari asosida tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Shuningdek, chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish va dehqon (fermer) xo'jaliklari hamda xususiylashtirilgan fermalarning manfaatlarini himoya qilish to'g'risida 1994-yil fevralida qabul qi­lingan hukumat qarorlari ham katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Shu yillarda amalga oshirilgan tadbirlar tufayli qishloqda agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyoti talablariga mos yangi xo'jalik tizimi shakllandi. Avvalgi sovxozlarning hammasi kooperativ, uyushma, shirkatlarga va mulkning boshqa nodavlat shakllariga ay­lantirildi.
Chorvachilik fermalari 1994-yilda mazkur joydagilar mulkiga aylantirildi. 1995-yilda qoramol boqiladigan 588 chorvachilik fer-masi kimoshdi savdosida sotildi. Dehqonlarning shaxsiy yordam-chi xo'jaliklariga sug'oriladigan yerlardan qo'shimcha salkam 350 ming gektar yer ajratildi. Ayni paytda qishloqda 20 mingdan ortiq fermer xo'jaligi faoliyat ko'rsatmoqda. Qishloq xo'jalik ishlab chi­qarishining ijtimoiy tuzilishi tubdan o'zgardi. Hozir qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotlarining 98 foizi nodavlat sektori hissasiga to'g'ri kel­moqda.
Iqtisodiy islohotlar respublika oziq-ovqat mustaqilligini ta'min­lash maqsadida ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini o'zgar-tirishlar bilan birga amalga oshirildi.
Paxtazorlar 1,5 million gektarga qisqardi, sug'oriladigan yer-lardagi g'allazorlar 1,2 million gektarga ortdi. G'allachilikni jadal rivojlantirish qisqa vaqt ichidayoq xalq iste'moliga ishlatiladigan va ozuqabop donga bo'lgan ehtiyojni qondirish, bug'doy sotib olishga sarflanayotgan valutani tejab qolish imkoniyatini beradigan, eksport-ga ehtiyoj qoldirmaydigan qudratli tarmoq yaratildi.
Don ekinlari uchun ajratilgan maydonlar 1990-yildan 1998-yilgacha bo'lgan davr mobaynida asosan paxta ekinlari maydonini qisqartirish hisobiga 1,7 barobar oshdi. Don ishlab chiqarish ikki barobardan ko'proq oshib, 4,15 mln. tonnani tashkil qildi. Mazkur ekinlarni yetishtirish tajribasining ko'payishi va faol seleksiya ishlari natijasida hosildorlik shu yillar mobaynida 1,3 barobar oshdi. Ushbu chora-tadbirlar don ekinlari importini sezilarli darajada qisqartirish-ga imkon berdi. Agar 1990-yilda respublikada iste'mol qilinadigan bug'doyning 90 dan ortiq foizi importga to'g'ri kelgan bo'lsa, 1998-yilda import ulushi 19 foizdan kamroqni tashkil qildi.
Qishloq xo'jaligini isloh qilishning moddiy shart-sharoitlarini yaratish, islohotlarni yangi sifat darajasiga ko'tarish uchun 1994-yilda davlat tomonidan xarid qilinadigan paxta tolasi va donning narxi 3-8 barobar oshirildi. Qolgan barcha mahsulotlarni dehqonlar erkin bozor narxlarida sota boshladilar. Boshqacha qilib aytganda qishloqda islohotlarni jadallashtirish va chuqurlashtirishni, bozorga xos ko'p ukladli samarador ishlab chiqarishni ta'minlaydigan zarur iqtisodiy shart-sharoitlar yaratildi.
Bu osonlikcha bo'lmadi. Sababi qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishga va qayta ishlashga ahd qilgan kishilar oldida ko'plab muammolar pay do bo'lgan edi.
Mazkur muammolarni qonun yo'li bilan hal qilishni ko'zda tu-tuvchi yangi hujjatlar qabul qilindi. Ular ichida asosiylaridan biri, 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan «Dehqon xo'jaligi to'g'risida»gi Qonundir. Bu hujjatda ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish uchun uzoq muddatli kredit ajratilishi hamda, dehqon xo'jaligining joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun kredit shartnomasi asosida qis-qa muddatli kredit ajratish ko'zda tutildi.
Dehqon xo'jaligi tashkil topayotgan paytida unga ssuda va kre­ditlar berilishida mahalliy hokimiyat boshqaruv organlari, bosh­qa to'lovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, dehqon xo'jaliklarining o'zlari o'z mulki evaziga kafil bo'ladigan bo'ldilar.
Qishloq xo'jalik vazirligi ma'lumotlariga qaraganda, 1996-yil boshigacha O'zbekistonda dehqon xo'jaliklarining umumiy soni 20 ming 244 tani tashkil etdi.
1995-yilda dehqon xo'jaliklarining soni jadal sur'atlar bi­lan oshib borgan yil bo'ldi. Birgina 1995-yilda 3 ming xo'jalik qo'shildi. Shunga muvofiq ravishda ularda band bo'lgan qishloq mehnatkashlarining soni 79229 kishidan 105377 kishiga ko'paydi. 4380 dan ortiq kishi mehnat shartnomasi asosida mavsumiy ish-larga jalb qilindi.
O'zbekiston ulkan qishloq xo'jalik resurslariga ega mamlakat. Uning asosiy qishloq xo'jalik ekini paxta. Agar butun Markaziy Osiyo mamlakatlari 2 million tonna paxta tolasi yetishtirsa, birgina O'zbekiston 1 million 400 ming tonna paxta tolasi yetishtiradi.
Respublika paxta tolasini yetkazish bo'yicha jahonda to'rtinchi o'rinda, uni chetga chiqaruvchi va jahon bozorida uni sotish hajmi bo'yicha ikkinchi o'rinni egallaydi. Bu esa mamlakat xazinasiga va­luta kelib tushishining eng muhim manbayi bo'lib qoldi.
Respublika sabzavot, meva, uzum yetishtirish bo'yicha ham sal-moqli o'ringa ega. Hozir O'zbekistonda yiliga 5 million tonnaga yaqin meva-sabzavot yetishtirilmoqda. Bu respublika aholisi ehtiyo-jidan ancha ortiq.
Respublikada har yili o'rtacha 70 ming tonnaga yaqin pilla yetishtirilib, uning 21 ming tonnasi respublika korxonalarida qayta ishlanib, ipak tolasi olinadi, qolgani esa eksport qilinadi.
O'zbekistonda qishloq xo'jaligini isloh qilishning puxta o'ylab olib borilishi MDH barcha mamlakatlaridan farqli o'laroq, ishlab chiqarishning sezilarli darajada pasayib ketishiga yo'l qo'ymaslik imkonini berdi.
Shu bilan birga qishloqda islohotlarni amalga oshirishda ekinlar hosildorligi, mehnat unumdorligi o'sishini ta'minlashda, haqiqiy yer egasi va mahsulot sohibining shakllanishida hali bir qator muam­molar va yechilmagan masalalar ko'p edi. Shu bois 1995-yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV sessiyasida «Qishloqda islohotlar sust borayotgani va kutilgan natijalarni bermayotgani, mulk o'z egasini topishi haqida ko'p gapirilsa-da, amaliy hayotda esa bu masalalar o'zining kerakli yechimini topmayotgani» qat'iy ta'kidlab o'tildi.
O'zbekistonda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining samara-dorligini oshirishda urug'chilikka e'tibor berilishi lozimligi qayta-qayta uqtirildi. Shu bois ham mamlakat Oliy Majlisi 1996-yil 29-avgustida O'zbekiston Respublikasining «Urug'chilik to'g'risida», «Seleksiya yutuqlari to'g'risida»gi qonunlarni qabul qildi. Ushbu qonunlar respublikada urug'chilik masalalariga doir davlat siyosatini amalga oshirishning huquqiy asosini yaratdi.
Qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish haqida gapirar ekanmiz, qishloqda aholi turmush sharoitini yaxshilashga Prezi­dent va hukumat doimiy ravishda e'tibor berayotganliklarini ham ta'kidlamoq lozim.
1996-yilning 21-mayida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2000-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Res­publikasi qishloq infrastrukturasini rivojlantirish Dasturi» to'g'risida qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda qishloqning iqtisodiy va meh­nat imkoniyatlaridan yanada to'liq va samarali foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish, qishloq aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi «O`zistiqbolstat» Davlat
Qo'mitasi, O'zbekiston Moliya vazirligi, Sog'liqni saqlash va Xalq ta'limi vazirligiga 2000-yilgacha qishloq infrastrukturasini rivojlan­tirishga doir ishlarni amalga oshirishni topshirdi. Shuningdek, ushbu qarorda hukumat komissiyasi tuzilib, har 3 oyda bir marta ushbu qa­ror bajarilishini nazorat qilish ham ko'zda tutildi.
Vazirlar Mahkamasining qishloqni rivojlantirishga doir mazkur qarori sohada keskin o'zgarish yasashga asos bo'ldi. Masalan, 1996-yil oktabr oyida bo'lib o'tgan yig'ilishda «O`zbekiston Xalq ta'limi vazirligining Vazirlar Mahkamasining «2000-yilgacha bo'lgan davr-da O'zbekiston Respublikasida qishloq ijtimoiy infrastrukturasini ri­vojlantirish dasturi to'g'risida»gi qarorini bajarishi yuzasidan hiso-boti tinglandi.
Komissiya yig'ilishida ta'kidlanishicha, ko'pdan beri orziqib ku-tilgan, torn ma'nosi bilan o'zbek qishlog'ini madaniy-ma'rifiy yuk-saltirishga, sog'lom yosh avlodni kamol toptirishga yo'naltirilgan ushbu qarordan so'ng Xalq ta'limi vazirligida 23-mayda hukumat-ning bu muhim qarorini turmushga tatbiq qilishni ta'minlovchi ish-chi guruh tuzildi.
Ishchi guruh birinchi navbatda mamlakat o'sha paytdagi «Istiqbolstat» Davlat Qo'mitasi mas'ul xodimlari bilan birgalikda qishloq joylarida 24,3 ming o'quvchiga mo'ljallangan avariya ho-latidagi maktablar uchun binolar qurilib foydalanishga topshirish 1996-yil reja-dasturini Qoraqalpog'iston Vazirlar Kengashi, viloyat hokimiyatlari bilan hamkorlikda ко'rib chiqib hukumatga taqdim etdi. Mazkur hujjat Vazirlar Mahkamasining 8-iyundagi Majlis ba-yonnomasi bilan tasdiqlangandan so'ng joylarga ijro uchun yubo-rildi. 1996-yilning 29-may kuni ishchi guruh qishloq maktablari qurilishida asosiy buyurtmachi hisoblangan Qishloq xo'jalik va­zirligining mas'ul xodimlari ishtirokida yig'ilish o'tkazib qishloq maktabining kelajagi haqidagi Konsepsiyani yaratish masalasini kelishib oldi.
Hukumat Qarorini amalga oshirishdagi muhim tadbir shundan iborat bo'ldiki, 1996-yil 28-iyunda barcha viloyat xalq ta'limi bosh-qarmalarining boshliqlari ishtirokida bo'lib o'tgan hay'at yig'ilishida bu o'ta dolzarb hukumat tadbirlarini o'z vaqtida puxta bajarish soha-sida ta'lim muassasalarining mahalliy hokimiyatlar, qurilish tash-kilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan vazi-falarni bajarishi muhokama etildi, ularni amalga oshirish bo'yicha zarur ko'rsatmalar berildi. Unda 1996-yilda qishloq hududlarida foy­dalanishga topshiriladigan maktab binolari va ularning moddiy negi-zini to'liq ta'minlash bo'yicha aniq muddatlar tasdiqlandi. Vazirlar
Mahkamasi Qaroridan nafaqat qishloq maktablari uchun yangi bino qurish, balki ulami gazlashtirish, ichimlik suvi bilan ta'minlash, maktab binolarini kapital ta'mirlash, rekonstruksiya va qo'shimcha binolar qurish, zamonaviy texnika vositalari, jihozlar, mebellar bilan ta'minlash vazifalari ham o'rin oldi.
Ta'lim muassasalarini jihoz, mebellar bilan o'z vaqtida to'liq ta'minlash maqsadida Xalq ta'limi vazirligi bilan Toshkent shahar, Sirg'ali tumanidagi «Fayz» mebel ishlab chiqarish hissadorlik ja-miyati o'rtasida 1996-2000-yillarga mo'ljallangan shartnoma tuzil­di. Shartnomaga asosan hissadorlik jamiyatining ikkita sexida faqat ta'lim muassasalari, xususan, maktablar uchun mebel, jihozlar ishlab chiqarilishi haqida kelishilib, bu ish 1996-yilning birinchi choragida-yoq boshlab yuborildi. Mazkur yilning birinchi yarmida qurilib foy­dalanishga topshirilgan maktablar uchun 30 million so'mlik mebel joylarga yetkazib berildi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tishdagi murakkabliklar hisobga oli-nib, ta'lim muassasalarida mavjud bo'lgan o'quv ko'rgazma qu-rollari va jihozlarni ta'mirlash borasida vazirlik tasarrufidagi tash-kilotlarda amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, mamlakat «Та'Нт-ta'minot-jihoz» va Andijon viloyat «Та'Нт-ta'minot» kor­xonalari qoshida Rossiya bilan lingafon, fizika, ximiya kabinetla-ri, elektr uskunalarini ampermetr, voltmetr, ossillograf, universal to'g'rilagichlarni ta'mirlovchi «Maktab-lingofon», Buxoro viloya-ti «Та'Нт-ta'minot» korxonasi qoshida esa, kodoskop, epidpaskop, epipproyektor, grafoproyektor, teleskop va filmskoplarni ta'mirlovchi «Maktab-Jihoz-Вихого» qo'shma korxonalari ochildi.
Xalq ta'limi vazirligi maktablarni zamonaviy texnika jihozlari bilan ta'minlash masalasiga jiddiy e'tibor qaratdi, xususan, joriy yil-da qishloq hududlarida joylashgan maktablar uchun eng zamonaviy texnika vositalari - 160 komplekt sinf «IBM» kompyuterlari ajratish rejalashtirildi va bulardan 100 komplekti joylarga yetkazildi.
Shuningdek, komissiya yig'ilishida yangi ta'lim muassasalarini qurib, ularni foydalanishga topshirish ishlari Respublika viloyatlari-da juda sust ketayotganligi ham qayd qilindi.
Qoraqalpog'iston Respublikasida va Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent, Farg'ona viloyatlarida bironta ham maktab bino­lari foydalanishga topshirilmadi. Shu munosabat bilan, komissiya Qishloq xo'jalik vazirligi, uning joylardagi viloyat agrosanoat bir-lashmalari, qator viloyat hokimiyatlari, xalq ta'limi boshqarmalari e'tiborini qishloq joylarida maktab qurilishiga, ularni tezroq foydala­nishga topshirishga qaratdi.
2008-yilda ijtimoiy soha obyektlarini quruq va foydalanishga topshirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilishi natijasida 113 ming 200 o'quvchiga mo'ljallangan 169 ta kasb-hunar kolleji va 14 ming 700 o'rinli 23 ta akademik litsey qurildi va rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga, 69 ta yangi maktab barpo etildi va 582 ta maktab kapital rekonstruksiya qilindi. Shular qatorida 184 ta bolalar sporti inshooti, 26 ta qishloq vrachlik punkti va 7 million 240 ming kvadrat metr turarjoy binolari va boshqa obyektlar qurildi.
Vazirlar Mahkamasi qarorini bajarishda boshqa vazirliklar to­monidan ham muayyan ishlar qilindi. Xususan, qishloq aholisining salomatligini yaxshilash masalasiga ham e'tibor kuchaydi. Faqat 1996-yilning 11 oyi mobaynida respublikada 62 qishloq vrachlik punkti ishga tushdi. Shu davr mobaynida 71 ming kvadrat metr sav­do o'rinlari, 27,9 ming kvadrat metr umumiy ovqatlanish shoxob-chalari, 1992 maishiy xizmat obyekti qurib foydalanishga topshi-rildi.
Aholini gaz, ichimlik suvi bilan ta'minlash borasida ham sezi­larli ishlar qilindi. Qishloq aholisini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta'minlash yosh O'zbekiston davlati iqtisodiy siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri bo'ldi.
Buni Xorazm viloyati misolida ham yaqqol ko'rish mumkin. Viloyatda bu sohada mustaqillikning 5 yili davomida 80-yillarga qaraganda birmuncha o'sish sezildi. Jumladan, 1992-1995-yillarda 824 kilometr tabiiy gaz quvurlari yotqizilib, 40 ming 700 xona-donga «zangori olov» o'tkazildi. Vaholanki, 1990-yilgacha gaz-lashtirilgan xonadonlar 49 mingni tashkil etgan, ichimlik suvi bilan ta'minlashning ahvoli ancha og'ir edi. Binobarin, mavjud ichimlik suvi quvurlari 1990-yilgacha atigi 1000 kilometrni tashkil etgan.
Keyingi 5 yilda 127 kilometr katta diametrli suv haydagich, 902 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi. Aholining tabiiy gaz bilan ta'minlanishi 86,7 foizga, ichimlik suvi bilan ta'minlanishi esa 54,8 foizga yetkazildi.
Orol mintaqasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash muhim ijtimoiy-iqtisodiy tadbir bo'lib insonparvarlik xususiyatiga ega edi.
Bu g'oyat muhim sohada Namangan viloyatida ham ibratli ish­lar amalga oshirildi. 1990-yilgacha bo'lgan davrda viloyat bo'yicha jami 1480 kilometr gaz tarmoqlari tortilgan bo'lsa, 1991-1995-yillar davomida 2025 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga top­shirildi. Sobiq Ittifoq davrida hammasi bo'lib 1423,9 kilometr suv uzatish tarmoqlari yotqizilgan bo'lsa, 1991-1995-yillarda 1039 ki­lometr shunday tarmoqlar ishga tushirildi. 1990-yilgacha hammasi bo'lib 95,8 ming xonadon gazlashtirilgan bo'lsa, istiqlol yillarining o'zidayoq 83,3 ming xonadonni gazlashtirishga erishildi. Birgina 1996-yilning o'zida viloyatning eng chekka qishloqlari Chodak va Nanayga gaz yetkazib berildi.
Qishloqda islohotlar amalga oshirilishi jarayonida mehnatga yaroqli aholini mehnat bilan band qilish masalasiga ham katta e'tibor berildi.
Buning boisi shundaki, hozirda qishloqda qariyb 2 mln.ga yaqin ortiqcha ishchi kuchi mavjud. Shu bois Respublika Prezidenti qish­loqda kichik korxonalar, maishiy xizmat obyektlari tashkil qilish, ortiqcha ishchi kuchini shu sohalarda band qilish vazifasini muttasil sur'atda ta'kidlab kelmoqda. Bu borada 1991-1995-yillarda mehnat­ga qobiliyatli yoshdagi aholini ish bilan ta'minlash hukumat Dasturi ishlab chiqildi. Unda ish bilan band bo'lganlar salmog'ini 59 foizdan 74 foizga oshirilishi mo'ljallangan edi. Bu bajarildi. Shunday bo'lsa-da, rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida bu masala hamon dolzarbligicha qolmoqda.
Shu bois Hukumat tomonidan ishlab chiqilgan Dasturda 1996-2000-yillar orasidagi davrda qishloqda qariyb 2 millionga yaqin yan­gi ish joyi yaratish, deyarli 950 ming kishini kasbga tayyorlash, qay­ta tayyorlash va malakasini oshirish mo'ljallandi.
1996-98-yillarda qishloq joylarda 631,0 mingta ish joyi barpo etildi.
1998-yilda yaratilgan bu ish o'rinlarining asosiy qismi iqtisodi-yotning qishloq sohasiga (79,4 ming), savdo-sotiq va umumiy ovqat-lanishga (54,1 ming), sanoatga (18,4 ming), shuningdek, transport va aloqa sohalariga (10,0 mingta) to'g'ri keladi.
1998-yilda qishloq joylardagi yangi ish o'rinlarining deyarli yar-mini shaxsiy faoliyat tarmog'i tashkil etadi (fermer xo'jaliklarida -47,1 ming, dehqon xo'jaliklarida - 12,9 ming, shaxsiy-mehnat fao-Hyatlarida - 75,4 ming). 34,0 mingta o'rinni esa qishloq xo'jaligiga taalluqli bo'lmagan xususiy biznes sohasi tashkil etdi.
Natijada qishloq aholisining bandligi tizimi moddiy ishlab chi­qarish, savdo-sotiq, umumiy ovqatlanish sohalaridagi bandligi hiso­biga oshdi.
Shuni ta'kidlash o'rinliki, Prezident I. Karimov va respublika hukumati O'zbekistonda qishloqni har tomonlama rivojlantirishga, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida islohotlarni chuqurlashtirish, bu sohaning moddiy bazasi va moliyaviy ahvolini mustahkamlashga, agrar siyosatning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga muntazam, doimiy e'tibor bermoqdalar.
Xullas, yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, iqtiso­diy islohotlarni amalga oshirishda bugun O'zbekiston erishgan yu-tuqlar ko'p jihatdan respublika hukumatining izchil, sobitqadam si­yosati bilan bevosita bog'liqdir.
Avval boshdanoq islohotlarning har bir qadami puxta o'ylangan, avvalgi mafkura zo'ravonligi o'rnini qonun ustuvorligi egalladi. Xu­susiy iqtisodiyotga rivojlanish uchun davlat sektori bilan teng sha-roitlar yaratildi. Ijtimoiy siyosat esa, aholi turmush darajasini asta-sekin yaxshilashga qaratildi.
O'zbekistonda milliy iqtisodning eng muhim va ustuvor tarmoq-laridan biri qishloq xo'jaligi bo'lib, uning taraqqiyoti boshqa soha-lar rivoji uchun poydevor vazifasini o'tamoqda. Chunki valuta tu-shumining 60 foizi, yalpi mahsulot muomalasining 70 foizi qishloq xo'jaligi sohasiga to'g'ri keladi.
Yana shuni aytish kerakki, hukumat tomonidan ko'rilgan amaliy choralar tufayli 2005-2006-yillarda paxtachilik sohasida katta mu-vaffaqiyatlarga erishildi.
Bugungi salmoqli yutuq, keyingi yillarda mamlakatimizda qish­loq xo'jaligi sohasini rivojlantirish, dehqon mehnatini qadrlash va rag'batlantirish, yerga, mulkka nisbatan chinakam egalik va man-faatdorlik hissiyotini qaror toptirish va mustahkamlash maqsadida izchil amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, avvalambor fermerlik harakatining ustuvorligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etgani-ning tasdig'i va natijasidir.
2005-2006-yillardagi mavsumlarda tayyorlangan paxta hosili-ning 85 foizi yerning haqiqiy sohiblariga aylanib borayotgan fermer xo'jaliklari tomonidan yetishtirilganining o'zi fermerlik harakatining qanday katta salohiyat va istiqbolga ega ekanini yana bir bor isbot-lab berdi.
2007-yilda mamlakatimiz miqyosida fermer xo'jaliklari soni 126 mingta, ular tasarrufidagi yer maydoni 3 mln 800 ming gektardan iborat. O'rtacha olganda har bir fermer xo'jaligiga o'rtacha 30 gektar yer to'g'ri kelmoqda. Ayni paytda qishloq xo'jaligi sohasiga 1 mln. dan ortiq odam ishga jalb qilingan.
Bunday ijobiy maqsadlarga erishish istiqbolli, ertapishar va serhosil navlar yaratish, ularni iqlim va tuproq unumdorligiga mos ravishda joylashtirish, ilg'or texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo'jaligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, dehqon va fermerlarni kredit resurslari, yangi texnikalar, mineral o'g'it va boshqa zarur vositalar bilan ta'minlash, turli zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik usullarni qo'llash kabi ishlarni to'g'ri tashkil etilganligi va o'z vaqtida amalga oshirilgani evaziga bo'ldi.
Shular qatorida paxta hosilini qayta ishlash, zamonaviy texno-logiyalardan foydalanish, eksport talablariga javob beradigan shart-larni qo'yish, shu tariqa dehqonlarimizning daromadini ko'paytirish asosiy mezonga aylangani tufayli dunyoda o'zbek paxtasiga bo'lgan qiziqish tobora kuchayib bormoqda.
Mamlakatimizda paxtachilik sohasini rivojlantirish strategiyasi-ga muvofiq keyingi yillarda ikki yuzga yaqin to'qimachilik korxona­si zamonaviy asosda modernizatsiya qilindi va yangidan barpo etil­di. Ana shunday o'zgarishlar natijasida yurtimizda yetishtirilayotgan paxta hosilining 27 foizi hozirgi paytda O'zbekiston korxonalarida qayta ishlanib, tayyor mahsulot sifatida chiqarilayotgan bo'lsa, yaqin kelajakda bu raqamni 55 foizga yetkazish maqsadida yengil sanoat tarmog'ida aniq dastur bo'yicha katta ishlar olib borilmoqda.
Hech shubhasiz, iqtisodiyotimizning baquvvat bo'lib borayotga-ni qishloq ahlining turmush farovonligini yuksaltirish, barcha vilo-yatlar, tuman va qishloqlarimizda yangi-yangi korxonalar, ko'rkam uy-joylar, ravon yo'llar, yuzlab maktab, litsey va kollejlar, zamona­viy tibbiyot muassasalari barpo etilishi peshona teri bilan qilgan ana shunday mashaqqatli mehnatning mevasi va amaliy namoyonidir.
Buni uzoqqa bormasdan, hozirgi kunda aholini ichimlik suvi bi­lan ta'minlash darajasi 84 foizga, tabiiy gaz bilan ta'minlash darajasi esa 81,5 foizga yetgani, faqatgina joriy yilning to'qqiz oyi mobay­nida respublikamiz bo'yicha 1350 tadan ortiq umumta'lim maktabi butunlay yangicha qiyofa kasb etgani, jumladan 65 ta yangi maktab bunyod etilgani misolida ham yaqqol ko'rish mumkin.
Hech shubhasiz, ishlab chiqarish tarmoqlari iqtisodiyotimizning hal qiluvchi sohasi bo'lmish qishloq xo'jaligida ish unumi va sa-marasini oshirish asosida birinchi navbatda qishloq hayotini yangi bosqichga ko'tarish, shu zaminda yashayotgan odamlarning og'irini yengil qilish vazifalari bundan buyon ham davlatimiz, hukumatimiz-ning doimiy e'tibor markazida bo'lmoqda.
Odamlarda mulkka bo'lgan munosabatni o'zgartirish, dehqonla-rimizda yerga egalik hissini shakllantirishga qaratilgan iqtisodiy islo­hotlarning izchil amalga oshirilishi natijasida qishloq xo'jaligi soha­sida chuqur o'zgarishlar ro'y bermoqda. Qishloq mehnatkashlarining dunyoqarashi o'zgarmoqda, ularda tashabbuskorlik, tadbirkorlik, yer hamda suv resurslariga mas'uliyat va tejamkorlik bilan munosabatda bo'lish kabi fazilatlar yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Hech shubhasiz, bugungi kunda qishloq xo'jaligi samarador-ligini tubdan oshirish, so'nggi yillarda paxtachilik, g'allachilik va meva-sabzavotchilikda mo'l hosil yetishtirish, ishlab chiqarish hajmlarining o'sishida chuqur o'ylangan va izchillik bilan amal­ga oshirilayotgan islohotlar asosiy omil bo'layotganini barchamiz yaxshi anglaymiz.


Shuni mamnuniyat bilan qayd etish joizki, fermer xo'jaliklari amalda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning asosiy shakliga, uni barqaror rivojlantirishni ta'minlashda yetakchi harakatlantiruvchi kuchga aylandi.
Hozirgi paytda respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo'jaligi faoliyat ko'rsatmoqda va ularda salkam 1,4 million kishi mehnat qilmoqda.
Agar 2000-yilda yetishtirilgan paxta hosilining 21 foizi fermer xo'jaliklari hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, 2006-yilda bu ko'rsatkich 86 foizdan oshib ketdi, boshoqli don ekinlar yetishtirish bo'yicha esa 2000-yilda 15 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2006-yil 75 foizdan iborat bo'ldi.
Birgina 2006-yilning o'zida 666 ta shirkat xo'jaligini qayta tash­kil etish hisobidan 74 mingta fermer xo'jaligi tuzildi, ularning yar-midan ko'pi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashganini ta'kidlash lo­zim.
Qishloq joylarda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan mehnat kooperatsiyasining yangi shakllari, yangicha xo'jalik muno-sabatlari tizimi qaror topmoqda.
Jumladan, fermer xo'jaliklari tomonidan meva-sabzavot mah­sulotlari va uzum yetishtirishga hamda ularni qayta ishlashga ixti-soslashgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil etildi. Qishloq xo'jaligi sohasida ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish, transport xizmati, mahsulotlarni qadoqlash, joy lash va eksport qilish hamda shu kabi boshqa xizmatlar ko'rsatish bo'yicha ishlab chiqarish va bozor infra-tuzilmasi shakllanmoqda.
2008-yilga kelib fermer xo'jaliklari qishloq xo'jalik mahsulot­lari ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarali shakli ekanini hayotning o'zi tasdiqlab bermoqda. Yurtimizda fermer xo'jaliklarini moddiy-texnik ta'minlash va moliyalash bo'yicha bozor iqtisodiyoti tamoyillariga to'la javob beradigan ishonchli tizim va mexanizmlar shakllantirildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatmoqda. Har yili fer­mer xo'jaliklarini qo'llab-quvvatlash uchun katta miqdorda moddiy resurs va mablag'lar ajratilmoqda. Faqat o'tgan 2008-yilning o'zida qishloq xo'jalik mahsulotlarining eng muhim turlarini yetishtirish uchun 1 trillion so'm, jumladan, paxta tayyorlashga - 800 milliard so'm, g'alla yetishtirishga 200 milliard so'm mablag' avans tariqasi-da berildi. 2009-yilda ushbu maqsadlar uchun 1 trillion 200 milliard so'm yo'naltiriladi. Qishloq xo'jalik texnikasini lizing asosida sotib olish bo'yicha maxsus tashkil etilgan Fond hisobidan ushbu maqsad­lar uchun o'tgan yili 43 milliard so'mdan ziyod mablag' ajratilgan bo'lsa, joriy yilda 58 milliard so'mdan ortiq mablag' yo'naltirish rejalashtirilmoqda.
Davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan ana shunday e'tibor va amaliy yordam tufayli 2008-yilda fermer xo'jaliklarining paxta yetishtirishdagi ulushi 99,1 foizni, g'alla tayyorlashda esa 79,2 foizni tashkil qildi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling