O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan


Download 234.5 Kb.
bet2/6
Sana18.12.2022
Hajmi234.5 Kb.
#1028875
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2022 йил 5 сентябр

#Madhiya
Boshlovchi:
1990-yil 20-iyunda “Mustaqillik Deklaratsiyasi” va 1991-yil 31-avgustda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi, Birinchi Prezidentimiz tomonidan istiqlolimiz e’lon qilindi va ana shu huquqiy asoslarga tayanib O‘zbekiston Respublikasi suveren demokratik davlat sifatida mustaqil ichki va tashqi siyosatini yurita boshladi. Yurtimizda so‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Rennesans poydevorini qurish islohotlarida qatnashib turibmiz. So’z navbati “Ulug’bek” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Kamoliddin Xoltayevga.
#Xonzoda

Boshlovchi:
Endigi navbat iste’dodli va ijodkor o’quvchilarimizga. Rahimberdiyeva Odina va Shavkatova Salima.

Shabnam-shabnam tonglarda jayronlarga aylangan,
Onang suvlar sepganda rayhonlarga aylangan,
Bir kechada sogʼinching osmonlarga aylangan,
Sogʼinchlaringday zangor osmonlari Vatandir.
Beshiklarda oʼynagan oppoq-oppoq qoʼlchalar,
Koʼzmunchoqqa soʼylagan koʼzmunchoqday koʼzchalar,
Ochilgan gul-gʼunchalar, qandu-asal kulchalar,
Momolaring toʼy qilgan ayvonlari Vatandir.

Otang solgan uylar bu —sinchlari — bardoshlarga,


Toklari oʼxshab ketar moʼysafid eldoshlarga,
Tomlar uzra choʼzilib koʼklar, oy, quyoshlarga
Uzum uzatib turgan narvonlari Vatandir.

Bir yigitga olamda ham do’stu, ham or kerak,


Nomusi baland erga na soʼz, na guftor kerak,
Farzandlari ulgʼaysa sheryurak, arslonyurak,
Elning har oni, davru davronlari Vatandir.

Olloh oʼzi bugʼdoying —tillolarga yetkizgay,


Qabogʼingning ostidan balolarni ketkizgay.
Oqsaroyu-Koʼksaroy dunyolarga yetkizgay,
Or-nomusdan yaralgan qoʼrgʼonlari Vatandir.


Boshlovchi: Maktabimizda iste’dodli va ijodkor yoshlarimiz talaygina. Ularning ijod mahsullari yuzaga chiqarilmoqda. Bu o’quvchilarimiz o’z navbatida turli tadbir, tanlovlarda qatnashib maktabimiz sha’nini himoya qilib kelmoqda. Ana shunday o’quvchilarimizdan Shaxzoda To’lqinovani taklif etamiz. O’zi yozgan she’rini bizlarga tortiq etadi.
#She’r.

#Ota onalar yoki mehmonlar.




Boshlovchi:
Yana navbatni o’quvchilarimizga beramiz. 4-sinf o’quvchilari Mahmadaliyev Jamshid, Pardabouev Aziz, Turdiboyev Muhammadali

Assalom, bilim konim,


Assalom, maktabjonim.
Sog’inib keldim seni,
Taniyapsanmi meni?
Bulturgi o’quvchingman,
Seni eng sevuvchingman.
Assalom, bilim konim,
Assalom, maktabjonim.

Aziz o’qituvchilar,


Ilmim boyituvchilar.
Direktor, ilmiy mudir,
Hammalari birma-bir.
O’tishdi ko’z oldimdan,
Hech chiqishmay yodimdan.
Assalom, bilim konim,
Assalom, maktabjonim.
Yoz faslida oldim dam.
Kuch yig’dim, bo’ldim bardam.
Ta’til ham maza edi,
Bag’ringga keldik endi.
Biz seni gullaringmiz,
Erka-o’g’illaringmiz.
Assalom, bilim konim,
Assalom, maktabjonim.

Yenglarni shimaramiz,


Fan cho’qqisi-marramiz.
Unga dadil chiqamiz,
Hunarda chiniqamiz.
Bizlarga bag’rin ochgan,
Kundan-kun qadri oshgan.
Assalom, bilim konim,
Assalom, maktabjonim.



Download 234.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling