O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan


Download 234.5 Kb.
bet6/6
Sana18.12.2022
Hajmi234.5 Kb.
#1028875
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2022 йил 5 сентябр

FAXRIY YORLIQLAR
******
Boshlovchi: Barchaga minnatdorchilik bildigan holda hamda vaqtdan unumli foydalanish uchun taqdirlash marosimini ishkarida davom ettirsak. Hozir esa boshlang’ich sinf o’quvchilariga navbat beramiz.


Muhammadali
Bugun rosa shodlandik,
Maktab tomon otlandik.
Ostonadan xatlaymiz,
Darsda she’rlar yodlaymiz!
Ilm olib behisob,
O’qiymiz qancha kitob.
Aql-idrok bulog’i,
O’quvchining o’rtog’i.


Nargiza
Yordam ayamas har on,
Ustoz eng aziz inson.
Ustozga biz havasda,
Taqdim etdik guldasta.

Bo’ldi rangli kamalak,


Ustozga aytdik tilak.
Jaranglasin qo’ng’iroq,
Darslar boshlansin tezroq!


Boshlovchi: Albatta, o’quvchi uka-singillarimiz yozgi ta’til davomida jonajon maktablarini sog’inishgan. Qolaversa 1-sinfga qabul qilinayotgan ------ nafar bolajonlar Birinchi darslariga hamda Prezident sovg’alarini olishga intiq bo’lib turishibdi. Ular uchun hayotlaridagi birinchi qo’ng’iroq sadolari yangraydi.

Chalaqol singiljon qo`ng`iroqingni ,


Jarangi borliqni larzaga solsin .
Sog`inib , sog`inib kutgan dargohga
Ustozlar qoshiga boshlasin bizni

***
Boshlovchi E’tiboringiz uchun rahmat!




#TAMOM

Shabnam-shabnam tonglarda jayronlarga aylangan,


Onang suvlar sepganda rayhonlarga aylangan,
Bir kechada sogʼinching osmonlarga aylangan,
Sogʼinchlaringday zangor osmonlari Vatandir.

Beshiklarda oʼynagan oppoq-oppoq qoʼlchalar,


Koʼzmunchoqqa soʼylagan koʼzmunchoqday koʼzchalar,
Ochilgan gul-gʼunchalar, qandu-asal kulchalar,
Momolaring toʼy qilgan ayvonlari Vatandir.

Otang solgan uylar bu —sinchlari — bardoshlarga,


Toklari oʼxshab ketar moʼysafid eldoshlarga,
Tomlar uzra choʼzilib koʼklar, oy, quyoshlarga
Uzum uzatib turgan narvonlari Vatandir.

Bir yigitga olamda ham do’stu, ham or kerak,


Nomusi baland erga na soʼz, na guftor kerak,
Farzandlari ulgʼaysa sheryurak, arslonyurak,
Elning har oni, davru davronlari Vatandir.

Olloh oʼzi bugʼdoying —tillolarga yetkizgay,


Qabogʼingning ostidan balolarni ketkizgay.
Oqsaroyu-Koʼksaroy dunyolarga yetkizgay,
Or-nomusdan yaralgan qoʼrgʼonlari Vatandir.

Oftob yaxshimi?


Odob yaxshimi?
Oftob berar nur,
Odob-chi huzur.

Lolalar uchun


Oftob yaxshidir.
Bolalar uchun
Odob yaxshidir.
Oftob bo‘lmasa,
Qorong’u tushar.
Odob bo‘lmasa,
G‘am-qayg‘u tushar.
Oftob ko‘rinar,
Tog‘-tepalikda.
Odob ko‘rinar,
Salom-alikda.
Odob har kimning,
Yaxshi so’zida.
Odob har kimning,
Yuzu-ko’zida.

Olamning doim,


Oftobi bo’lsin.
Odamning doim,
Odobi bo’lsin!

Boʻlay desang bogʻbon,


Yo Vatanga posbon,
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi,
Nimaki qilsang tilak
Bariga oʻqish kerak.

Oʻquvchi sendan talab:


Maktabga bor ertalab,
Oʻqi, berib mehringni,
Qoʻyib koʻngil, zehningni.

Direktor – komandir, bosh,


Muallim – rahbar yoʻldosh,
Chiqma ular soʻzidan,
Bor koʻrsatgan izidan.

Dalaga borsa dehqon,


Kerakdir unga ketmon.
Oʻquvchi maktabga borsa,
Kitobi uyda qolsa
Mumkinmi, aytgin axir?
Bu ish yaramas taxir.

Sinfingni bulgʻatma,


Chang-toʻzon ichra botma.
Chalinganda qoʻngʻiroq
Sinfingda boʻlgin, oʻrtoq!

Boshlansa sinfda dars,


Sergak boʻlgin har nafas.
Anqayma va lallayma,
Toʻgʻri oʻtir shalpayma!

Qochmasin xayol, fikr,


Moʻljalingga oʻqday kir!
Mualliming koʻrganda
Saloming qilma kanda.

Sinfga kirsa agar,


Tur oyoqqa barobar.
Ijozat bersa oʻtir,
Yoʻqlasa, oʻrningdan tur.

Agarda bersa soʻroq,


Qadding boʻlmasin oʻroq.
Javob bersang qoʻl koʻtar,
Shovqinlama, vaqt oʻtar.

Past baho aslo olma,


Pok yuzingga dogʻ solma.
Uyingga bersa yumush,
Lozimdir yozib qoʻyish.

Ota-onangga koʻrsat,


Ishlab qoʻy oʻtmay fursat.
Koʻrsang oʻzingdan katta,
Izzat qilgin, albatta.

Yoqimtoy boʻl har yerda,


Maktab, koʻcha va uyda.
Har soʻzingdan bol tomsin,
Koʻrgan orzulab qolsin.

Urishma, soʻkma, chekma,


Obroʻying yerga toʻkma.
Odobli yur hamisha,
Koʻrganlar desin “yasha!”

Yaxshilar izini bos,


El qoʻysin mehr, ixlos.
Keksa, yoshga birday boʻl,
Nom chiqar ota – oʻgʻil!

Maktab tan-u, sen jonsan,


Bir yurag-u bir qonsan.
Soʻz tekkizma maktabga,
Qolmagin yomon gapga.

Bu aytilgan qoida,


Hammasi senga foyda.
Rosa oʻqib yodlab ol,
Uqib dilga joylab ol.
Download 234.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling