O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan


Download 234.5 Kb.
bet1/6
Sana18.12.2022
Hajmi234.5 Kb.
#1028875
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2022 йил 5 сентябр


Tasdiqlayman”


51-maktab direktori
_________ O.Jo’rayev
“___”_______ 2022 y.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan
Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida o‘tkaziladigan tadbir
SSENARIYSI


2022-yil, 5-sentabr. 51-umumiy o’rta ta’lim maktabi hudud va hovlisi bayramona bezatilgan. Kirish yo’li bo’ylab O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i va festival bayroqchalari o’rnatilgan.
Tadbirlar maydoni bayram shukuhida. Tadbirga mehmonlar taklif etilgan. O’qituvchi va o’quvchilar o’z joylarida saflanishgan.
Bayram boshlanishi uchun ko’rsatma berildi.


Boshlovchi:
Mo’tabar merosdir bizga yer aziz, osmon aziz.
Mehmondo’st o’zbek eliga kel aziz, mehmon aziz.
Azizim, qardosh do’stim, bog’imizdir muntazir,
Bu muqaddas yurtimizda el aziz, inson aziz.

Qutlug’ Vatanning madhiga qo’lda sozim tinmagay,


Aziz yurtdan ilhom olsang she’r aziz, doston aziz.
Tabarruk tuproqda ungan maysalar ham to’tiyo,
Bu yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!

Assalomu alaykum, mehri ummon kabi cheksiz ustozlar, hurmatli ota-onalar va maktabimizning muhtaram mehmonlari, aziz o‘quvchi-yoshlar-uka-singillarimiz. Barchangizni Davlatimiz Mustaqilligining 31 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanish darakchisi - “Birinchi qo‘ng‘iroq” bilan muborakbod etamiz.


Butun jumlai jahondagi insoniyat e’tirof etgan buyuk mutafakkir bobolarimiz –Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo va boshqa ulug‘ ajdodlarimizning barchasi yoshlik chog‘larida ustozlar ta’limini olganlar, ular mehri bilan sug‘orilganlar.
Har qanday inson qaysi sohada, qaysi bir kasb-hunarni egallashda kimdandir saboq oladi, o‘z kasbi ustasiga aylanadi, mustaqil hayotga kirish arafasida albatta ustozining duoyi fotihasini oladi.
Shuning uchun ham Siz, aziz o‘qituvchilarni, ustozlarimizni dunyodagi eng ezgu va olijanob kasb egalaridirlar, desak, bu tan olingan haqiqatdir.
Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi hamda yangi o’quv yili boshlanishi munosabati bilan o’tkazilayotgan “Birinchi qo’ng’iroq” tadbirni ochib berish uchun so’z 51-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori Jo’rayev Olimjon Qobuljonovichga beriladi.

***
Boshlovchi:


Tong bilan yayraydi madhiyam,
Porlaydi yuksakda quyoshim,
Yo`l ko`rkam, el ko`rkam, dil ko`rkam,
Karvoning boshlayver, yurtboshim!

Diqqat qiling! O’zbekiston Davlat Mustaqilligining 31 yilligi hamda yangi o’quv yili boshlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi yangraydi.



Download 234.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling