O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan


Download 234.5 Kb.
bet3/6
Sana18.12.2022
Hajmi234.5 Kb.
#1028875
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2022 йил 5 сентябр

Boshlovchi: 3-sinf o’quvchilari Dilkashyev Shohjahon, Davirov Azizjon.

Qani do’stim Alisher


Savolimga javob ber
Nega dono bobolar
Vaqt qadrini oltin der

Yil oylarga bo’lingan


Oy kunlardan iborat
Har kun ilm olganlar
Topar baxtu-saodat

Balli do’stim Alisher


Bo’lgin botir-go’yo sher
Kimni botir sanaymiz
Savolimga javob ber.

Bilagi zo’r bo’lsa kim,


Bir raqibni yengadi.
Bilimi zo’r bo’lganga,
Minglar boshin egadi.

Maqsadimiz aytamiz,


Fazoni zabt etamiz.
Yangi O’zbekistonni
Yuksaklarga eltamiz.
#Taqdirlash.


Mirislom.
Boshlovchi: Yuqorida aytib o’tilganidek o’tgan o’quv yili bitiruvchilaridan ko’pchilik qismi oily ta’lim muassasalariga o’qishga kirib, bugun talabaga aylanishdi. Ana shunday bitiruvchilarimizdan Akmal Jo’raboyev tabrik uchun so’z so’ramoqda.
#Akmal Jo’raboyev


Boshlovchi:
1-sinfga ilk qadam qo’ygan singilchalarimizdan Nishonaliyeva Charos


#Charos
Yetti yoshga to'ldim, bugun,
Aqli raso bo’laman.
Endi kichik demang meni,
Men maktabga boraman.

Tongda barvaqt uyg'onib,


Oshiqaman maktabga.
Kitob-inson do'stidir,
Mehr qo'ydim kitobga.

Ta'lim olib ustozlardan,


O'rganaman dunyoni.
Zarradan yulduzgacha-
Quchaman keng samoni.

Ustozlar o'gitlarin,


Doim yodda saqlayman.
A'lo bahoga o'qib,
Ishonchlarin oqlayman.


Boshlovchi: Navbat Jumaboyeva Sabrinaga


#Jumaboyeva Sabrina
Qalam, ruchkam, daftarim,
Qog’ozdan oq kaptarim.
Bilimga kon kaftlarim,
Men ham o’quvchi bo’ldim.

Erta turib maktabga,


Qo’l uzatdim odobga,
Mehrim qo’shib kitobga,
Men ham o’quvchi bo’ldim.

Prezidentim sovg’asi,


Hayotning quvnoq so’zi,
Silkitib havaslarni,
Men ham o’quvchi bo’ldim.

Erkaligimni tashlab,


Maktabga qadam tashlab,
Istiqlolni olqishlab,
Men ham o’quvchi bo’ldim!
Men ham o’quvchi bo’ldim!


Boshlovchi: Albatta, o’quvchi uka-singillarimiz yozgi ta’til davomida jonajon maktablarini sog’inishgan.
Qolaversa 1-sinfga qabul qilinayotgan 32 nafar bolajonlar Birinchi darslariga hamda Prezident sovg’alarini olishga intiq bo’lib turishibdi. Diqqat qilamiz! Ular uchun hayotlaridagi birinchi qo’ng’iroq sadolari yangraydi. Qo’ngiroqni 11-sinf o’quvchisi____________________________________va 1-sinf bugundan boshlab o’quvchi bo’lgan singlimiz Jumaboyeva Sabrina chaladi.

Chalaqol singiljon qo`ng`iroqingni ,


Jarangi borliqni larzaga solsin .
Sog`inib , sog`inib kutgan dargohga
Ustozlar qoshiga boshlasin bizni.

Download 234.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling