O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan


Download 234.5 Kb.
bet5/6
Sana18.12.2022
Hajmi234.5 Kb.
#1028875
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2022 йил 5 сентябр

5 – o‘quvchi: – Vatan – bu buyuk millatimiz!


Boshlovchi: – Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?
Farhod
Mustaqil O`zbekiston! Qarang, bu so`z qanday yoqimli jaranglaydi. Shu birgina so`z zamirida qanchadan-qancha ma`no mujassam. Mustaqillik bizga osmondan sovg`a sifatida tushgani yo`q. Mustaqillik, erk uchun kurashgan ko`plab ajdodlarimiz o`z jonlarini vatan uchun fido qildilar.
Odina
Hurriyat –bizning onamiz, hurriyat bizning opamiz, hurriyat bizning singlimizdir. Ya’ni bu deganim mana shunday buyuk ne’matni avaylashimiz, oriyatini asrashimiz kerak.
Laylo
Har birimizning murodu maqsadimiz, orzu havaslarimiz vatan gullab yashnasagina ro’yobga chiqadi.
Zohid
Odam ersang ma’ni bil dona-dona
Vatan erur senga ikkinchi ona.
Bahromboy
Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!



Rohila
Ko’nglimni to’ldirar toza havolar,
Kuylasam dilimda yangi navolar.
Ey siz, ona yurtga joni fidolar,
Dunyoga yo’l ochgan yangi davron bu,
Yangi O’zbekiston yangi zamon bu!


Sarvar
Vafo tuproqda ham yuz ochgan bunda,
Har ko’cha gul bilan yuz ochgan bunda.
Go’daklar vatan deb ko’z ochgan bunda,
Porloq istiqboldan yorug’ nishon bu
Yangi O’zbekiston yangi zamon bu!


Shaxlo
O’zligin qudratin o’zi ko’rgan xalq,
Rost dunyo aslini ko’zi ko’rgan xalq.
Taraqqiyot taqdiring, istiqloldan balq,
Barcha millatlarga aziz makon bu.
Yangi O’zbekiston yangi zamon bu!


RAQS-KANIZA-O’ZBEGIM

* * *



Boshlovchi: Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, Eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, Eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” O’tgan o’quv yilida a’lo baholari, namunali xulqi va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi faolliklari uchun bir guruh o’quvchilarimizni rag’batlantirish vaqti keldi. Buning uchun davramiz markaziga hurmatli rahbariyatni taklif etamiz!



Download 234.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling