O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Download 0.6 Mb.
|
2022Geomexanika tajriba metadichka.
4. Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan matariallar va jihozlar
POK – tog‘ jinsini mustahkamligini ulchovchi uskuna (1-rasm), metalldan tayyorlangan bo‘lib, ichki diometri 76 mm tashqi diametri esa 85 mm , pastki qismi balandligi 100 mm (1) stakandan, ustki qismi balandligi esa 600mm bo‘lgan turbasimon karobkadan(2) iborat. Umumiy balandligi 700 mm. POK (uskuna) girasi og‘irligi 2,4 kg diameri 66 mm (3), ip (4)- girani bog‘lab kutarib uskunani belgilangan joyidan tashlash uchun. Turbasimon karobka ustki qismida girani kutarish balandligi ko‘satilgan(5). Stakansimon ko‘rinishdagi shisha xajm ulchagich (diametri 23 mm, balandligi 200 mm) (6). O‘lchash uchun leneyka yoki millimetr shkalasi. Maydalangan tog‘ jinsini elash uchun teshiklarining diametri 0,5 mm bulgan elak (sito). Ulchamlari 40×40 sm bo‘lgan metall list. Tog‘ jinsini kerakli razmerga keltirish uchun og‘irligi 1 kg bulgan bolg‘acha. Bolg‘acha yordamida bo‘laklarga bo‘linganda ulchamlari 20-40 mm dan bo‘lgan 25 ta bo‘lakka bulinadigan ixtiyoriy shaklda tanlangan tog‘ jinsi namunalari. (5 tadan 5 porsiyaga bo‘linadi). Tog‘ jinsi mustahkamligining o‘rta arifmetik qiymatini olish uchun, tog‘ jinsi namunasi tajriba olib borilayotgan uchastka maydonining kamida beshta joyidan olinadi va qo‘shimcha hujjatlarda qayd etib boriladi . 5. Ishni bajarish tartibi: Ixtiyoriy shaklda tanlangan tog‘ jinsi namunalari ulchamlari 40×40 sm bo‘lgan metall list ustiga qo‘yiladi va og‘irligi 1kg bo‘lgan bolg‘acha bilan ulchamlari 20-40 mm dan bo‘lgan 25 ta bo‘lakka bulinguncha maydalanadi. POK-tog‘ jinsini mustahkamligini ulchovchi uskuna qattiq taglikka o‘rnatiladi va uskina stakaniga maydalangan tog‘ jinsi namunasidan 5 dona joylashtiriladi. POK (uskuna) girasini ipga bog‘lab, uskuna ichiga joylashtirilgan 5 dona tog‘ jinsi namunasi ustiga belgilangan balandlikkacha ko‘tarib 5 marotaba tashlanadi.Uskuna ichida maydalngan tog‘ jinsi namunasi elakka bo‘shatib olinadi va elakdan o‘tkaziladi. Elakdan o‘tkgan tog‘ jinsi namunasi stakansimon ko‘rinishdagi shisha xajm ulchagichga solinadi va leniyka yordamida shisha xajm ulchagichdagi egallagan balandligi o‘lchab olinadi. Tog‘ jinsining mustahkamlik koeffitsientini quyidagi formula yordamida aniqlanadi. bu yerda: 20 – empirik koeffitsient, n – har bir tajriba ishini bajarishda giraning tashlashlar soni; l – elakdan o‘tgan tog‘ jinsi namunasining shisha hajm ulchagichdagi egalagan balandligi. Bu jarayon qolgan tog‘ jinslari namunalari uchun ham 4 porsiya takrorlanadi. Tog‘ jinsining mustahkamlik koeffitsientining yakuniy qiymati uchun 5 ta porsiyasi sinov natijalarining o‘rta arifmetik qiymati olinadi. , Tajriba natijalari 6-jadvalga tushiriladi. 6-jadval
1-rasm. POK uskunasi sxemasi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling