O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Download 0.6 Mb.
|
2022Geomexanika tajriba metadichka.
- Bu sahifa navigatsiya:
- GEOMEXANIKA”
- Taqrizchilar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI “KONCHILIK” FAKULTETI “Noyob va radioaktiv metall rudalarini qazish va qayta ishlash” kafedrasi Jiyanov A.B, Sharipov L.O., Buriyev Sh.U., Sunnatulloyev Sh.Sh. “GEOMEXANIKA” fanidan tajriba mashg’ulotlarini bajarishga doir USLUBIY QO’LLANMA Navoiy-2022 Tuzuvchilar: Navoiy davlat konchilik instituti “Noyob va radioaktiv metall rudalarini qazish va qayta ishlash” kafedrasi katta o’qituvchisi Jiyanov A.B., Sharipov L.O., assistentlar Buriyev Sh.U. va Sunnatulloyev Sh.Sh. “Geomexanika va tog‘ jinslari fizikasi” fanidan tajriba ishlarini bajarishga doir uslubiy qo‘llanma. Navoiy: NDKI, 2022. 42 bet. Ushbu uslubiy qo’llanma “Geomexanika va tog‘ jinslari fizikasi” fanidan 60721500 – “Konchilik ishi” va 60722400 – “Noyob va radioaktiv metall rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” yo’nalishlari bo’yicha ta’lim oladigan talabalarga mo’ljallangan bo’lib, o’z ichiga tajriba mashg’ulotlarini to’liq qamrab olgan. Qo’llanmada keltirilgan tajriba ishlari mazmuni namunaviy hamda ishchi rejadan kelib chiqqan holda tayyorlangan. Bundan tashqari talabalar mustaqil tarzda tajriba ishlarni bajarish imkoniyatiga ega bo’ladilar. “Noyob va radioaktiv metall rudalarini qazish va qayta ishlash” kafedrasi yig’ilishida muhokama etildi va tavsiya etildi. Bayonnoma №__. “__” _____ 2022 y. Uslubiy qo’llanma Navoiy davlat konchilik instituti Konchilik fakulteti Kengashida muhokama etildi va tavsiya etildi. Bayonnoma №__ “__” _____ 2022 y. Uslubiy qo’llanma Navoiy davlat konchilik instituti o’quv-uslubiy kengashi ______ son qarori bilan chop etishga ruxsat etildi. Taqrizchilar:
KIRISH “Geomexanika va tog‘ jinslari fizikasi” kursi bo’yicha Tajriba ishlarini bajarishga oid uslubiy qo’llanma konchilik fakultetining 60721500 – “Konchilik ishi” va 60722400 – “Noyob va radioaktiv metall rudalarni qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” yo’nalihlari bo’yicha kunduzgi bo’limlarida tahsil oluvchi talabalar uchun mo’ljallangan. Tajriba ishlarini o’tkazishdan ko’zlangan maqsad - bir qator usullarni o’rganish hamda ular yordamida tog’ jinslarining ayrim fizik-mexanik xossalarini aniqlashdan iboratdir. Tajriba ishlari orqali talabalar eksperementlarni (ilmiy tajribalarni) tashkil etish, turli kattaliklarni o’lchash texnikasi va mazkur tadqiqotlar uchun kerakli bo’lgan laboratoriya jihozlari bilan tanishadilar. Har qanday tajriba mashg’ulotlari oldidan har bir talaba mazkur qo’llanmadagi tegishli materiallarni mustaqil o’rganib chiqishi, hamda nazariy jihatdan tayyorlangan bolishi lozim. Bundan tashqari, tajriba ishlarini bajarish uchun elektr hamda issiqlik asbob-uskunalarini ishlatish bo’yicha texnika xavfsizligining maxsus qoidalari bilan tanish bo’lgan talabalarda ruxsat etiladi. Jadvaldagi ma’lumotlar asosida tajriba ishlari tavsifida keltirilgan formulalar bo’yicha haqiqiy qiymatlar hisoblanadi, tajriba natijalari grafik usulda tasvirlanadi. Har bir tajriba ishini talaba shu kunning o’zida himoya qilishi lozim. Barcha tajriba ishlari bo’yicha ruxsat olmagung qadar talaba “Geomexanika va tog‘ jinslari fizikasi” kursi bo’yicha yakuniy imtixon topshirishga kiritilmaydi. Har bir talaba tajriba ishlarini jadval bo’yicha ko’rsatilgan vaqtda o’tkazishi lozim. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling