O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Download 0.6 Mb.
|
2022Geomexanika tajriba metadichka.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Ishdan maqsad
- 4.Tajriba qurilmasi
- 5. Tajribani o‘tkazish uslubi
Tajriba ishi №5.
Tog‘ jinsining bir o‘q bo‘ylab cho‘zilishga mustahkamlik chegarasini aniqlash. Tog‘ jinsining mustahkamlik pasportini tuzishni o‘rganish. 1.Kirish Tog‘ jinslarining mustahkamlik parametrlari konchilik ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyalarining samaradorligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi (portlatish, burg‘ulash, kon massasini qazib yuklash, maydalash, tog‘ jinslarini boyitish fabrikalariga jo‘natishdan oldin yanchish jarayonlarida). Tog‘ jinsi mustahkamligi xossalariga oid bilim va ko‘nikmalariga asoslangan xolda quyidagi asosiy masalalar echiladi: -tog‘ jinslarini parchalovchi mexanizmlarning ish unumdorligini; -tog‘ jinslarini parchalovchi vositalarning ish rejimi va tuzilmaviy o‘lchamlarini optimallashtirishda; - tog‘ jinslarini parchalovchi vositalarini takomillashtirishda va yangi samaradolilarini ishlab chiqishda. 2.Ishdan maqsad Ishdan maqsad- tog‘ jinslarining bir o‘q bo‘ylab cho‘ziliga mustahkamlik chegarasini tajribada hisoblash. 3.Nazariy qism Tog‘ jinsining mustahkamlik chegarasi-unga parchalanish vaqtidagi beriladigan bosm kuchiga qarshiligidir. Tog‘ jinslarining bir o‘q bo‘ylab siqilishga mustahkamlik chegarasida uni parchalovchi kuchlar ko‘rinishiga bog‘liq xolda quyidagilarga bo‘linadi, siquvchi σsiq, chuzuvchi σcho‘z, suruvchi va boshqalar.Xalqaro birliklar sestemasida mustahkamlik chegarasining o‘lchov birligi – Paskal (Pa), 1 Pa = 1 N/m2deb qabul qilingan. Sanab o‘tilgan kuchlar orasidagi munosabat quyidagicha bo‘ladi: , . Tog‘ jinsining mustahkamlik chegarasi davlat standartlariga (GOST) mos ravishda aniqlanadi. Davlat standartlari bo‘yicha tog‘ jinsining cho‘zilishga σcho‘z bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlashning zamonaviy usuli bu plastinkani bo‘lish yoki silindrni shakli bo‘yicha ezish usulidir. 4.Tajriba qurilmasi Tajriba qurilmasi tog‘ jinsi namunalarini bir o‘q bo‘ylab siqilishga, cho‘zilishga va siljitishga bo‘lgan mustahkamlik ko‘rsatkichlarini aniqlashda namunaning vaqtinchalik siqilishga qarshilik ko‘rsatkichini aniqlashga mo‘ljallangan IP-1A-1000 PK gidravlik press (kompyuter bilan jihozlangan) 2-rasm. Cho‘zilishga mustahkamlikni σcho‘z aniqlaydigan moslama ikkita po‘latdan tayyorlangan tiqin (pona) bo‘lib 1, ular orasida plastinkasimon namuna joylashtiriladi. Tiqin pichoqlari uzunligi namuna qalinligidan uzun bo‘lishi shart. Tiqin burchagining o‘tkirligi 90 gradus, pchog‘ining o‘tkirlik burchagi radiusi esa mm. 5. Tajribani o‘tkazish uslubi Cho‘zilishga mustahkamlikni σcho‘z aniqlash uchin namunanining qalinligi 20 mm va yon tomonlari mm plastinkasimon shaklga keltirib olinadi. YUza tekisliklari esa aniqlik darajasi 0,5 mm dan kamaygunicha silliqlanadi. Plastinka yuza tekisliklariga leniyka va qalam yordamida tomonlari 20 mm dan bo‘lgan kvadratsimon setka chiziladi. Namunani tayyorlashda uning ichki tuzilishi o‘rganib chiqiladi. Qatlamli tog‘ jinsalari uchun ikkita plastinka tayyorlab olinadi – qatlamlari parallel (||)joylashga va qatlamlari bir biriga perpendikulyar joylashgan. Bunda parallel qatlamlashgan plastinkada va ning barcha natijalari perpendikulyar qatlamlashgan plastinkada aniqlangan parametrlarga teng bo‘ladi. Perpendikulyar qatlamlashgan plastinkada esa ning barcha ko‘rsatkichlari ga, esa qisman va teugishli bo‘ladi. Tajriba natijalari ma’lumotlari odatda bir turdagi qiymatlarda o‘rtachalashtiriladi. Belgilab qo‘yish kerakki ba’zi xollarda tajriba uchun olingan namunaning qalinligi 20 mm dan oshadi. Masalan GOST 22450-77 bo‘yicha qattiq va o‘rta qattiqli ko‘mirlar uchun plastinka qalinligi 30÷40 mm, zaif va mo‘rt ko‘mirlar uchun 40÷60 mm bo‘lishi kerak. Setka chiziqlari orasidagi masofa plastinka qalinligiga teng qilib olnadi. Tajriba quruq va nam namunalarda o‘tqazilishi mumkun. Ikkinchi xolatta nam namunaning mustahkamligi xasoblanadi va quruq namunaning mustahkamligi bilan taqqoslab tog‘ jinsining suvga chidamlilik koeffitsienti (suv yutish qoblyati) o‘rnatiladi. Cho‘zilishga mustahkamlik chegarani aniqlashda tog‘ jinsi plastinkasi tiqinlar orasiga shunday joylashtiriladiki bir-biriga parallel, qarama-qarshi holatda bir o‘q bo‘ylab joylashgan bo‘lishi shart. Namunaning yuza tekisligiga yoo‘naltirilgan bo‘luvchi Fb kuch, namunaning yuza tekisligiga perpendikulyar yo‘naltirilishi shart. Qo‘yilgan bo‘luvchi Fb kuchning tezligi oraliqda ushlab turiladi. Bo‘lish barcha to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tartib bilan ketmaket amalga oshiriladi. Xosil bo‘lgan plastinka bo‘lakchalari ham tartib bilan chizilgan chiziqlari bo‘yicha bo‘linadi. Tajribani o‘tkazishda, tajriba qurilmasidan olingan qiymatlar 6.1. jadvalga tushiriladi. Har qaysi namuna uchun cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi qiymati hisoblanadi: σcho‘z= MPa bu yerda: Fb – namunani bo‘lishda tiqinlar orasidagi maksimal bo‘luvchi kuch, N; - plastinka qalinligi, m; - bo‘linish liniyasi uzunligi, m. Tajriba natijalarini statik qayta ishlash amalga oshiriladi. Uslub bo‘yicha tajriba natijalari 1 chi bylimda keltirilgan. Ohirgi natija quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: va uchun MPa bu yerda: - kuchlanishlarning o‘rtacha qiymati, MPa; - ishonchlilik oralig‘i, MPa; - ishonchlilik aniqliligi; - o‘zgaruvchanlik nisbati, %. 8-jadval Tog‘ jinsining nomi ………..
*Tajriba ishini o‘tkazishda foydalanilgan pressning dinomametri kilogramm kuch birligida moslashtirilgan, 1kg.kuch= 9,81 N. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling