Suv yutuvchanlik
To‘liq suv yutuvchanlik-bu quritilgan namunaning doimiy og‘irligi va quritilgan namunaning atmosfera bosimi ostida to‘liq suv yutuvchanligi, yutilgan suvning % dagi miqdorlari orasidagi munosabatidir. Suv yutuvchanlikni aniqlash uchun qirralarining uzunligi 70 mm bo‘lgan kubik shaklidagi yoki balandligi 70 mm bo‘lgan silindr shaklidagi tog‘ jinsi namunasi tanlanadi. Bundan tashqari og‘irligi 200 gr gacha bo‘lgan noto‘g‘ri shakldagi tog‘ jinslari ham qo‘llanilishi ruhsat etilgan.
Tajriba uchun bir hil jinsli 3 dona tog‘ jinsi namunasi olinadi va ularni quritish pechida doimiy og‘rligigacha t=105ºS÷110ºC xaroratda quritiladi. Quritilgan namunalar har biri 0,01 gr aniqlikda o‘lchaydigan tehnik tarozida o‘lchab olinadi. Namunalarni suvga tuyintirish jarayoni t=20ºC±5ºC xaroratdagi distillangan suvda amalga oshiriladi. YOpiladigan qopqoqli idish ichiga distillangan suv solinadi va idish tubiga astar qo‘yib, tog‘ jinsi namunalari idish tubiga astar ustiga bir qator qilib teriladi. Tog‘ jinsi namunalarining ustki qismi va distillangan suv sathi orasidagi masofa 3 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Idish qopqog‘i yopiladi va shunday holatda 48 soat davomida ushlab turiladi. Undan keyin namuna suvdan olinadi va tezda nam latta bilan artilib har qaysi namuna 0,01 gr aniqlikda o‘lchaydigan tehnik tarozi yordimida o‘lchab olinadi.
Tog‘ jinsi g‘ovaklaridan oqib tushgan suvning og‘irligi ham suvga to‘yingan tog‘ jinsi namunasi og‘irligiga tegishli bo‘ladi.
Tog‘ jinsi suv yutuvchanligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
·100%
(gr.)
bu yerda: G- quritilgan tog‘ jinsi namunasining doimiy og‘irligi gr,
G2-suvga to‘yintirilgan tog‘ jinsi namunasining og‘irligi gr,
Tajriba natijalari quyidagi jadvalga to‘ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |