O`zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


Download 1.63 Mb.
bet4/10
Sana26.02.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1232549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
24.text

II. Texnologik qism.
Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit — suyuqlik yoki sochiluvchan jismlar bilan to’ldirilish balandligiga aytiladi. Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanib, bu parametr axborot texnologik apparatning ish rejimini nazorat qilish, ayrim hollarda ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarurdir. Sath o’lchash vositalari sath o’lchagichlar deb ataladi. Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o’lchash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sathni o’lchash moddaning idishdagi miqdorini aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat. Ishlash xarakteri jihatidan sathni o’lchagichlar uzluksiz va uzlukli (releli) bo’ladi. Releli sath o’lchagichlar moddaning sathi ma’lum balandlikka yetganda ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya maqsadida ishlatiladi va sath signalizatori deyiladi. Bu asboblar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, suyuqlik sathini o’lchashga mo’ljallangan asboblarning ko‘pi sochiluvchan moddalar sathini o’lchash uchun yaroqsiz, usti ochiq (atmosfera bosimi) idishlarda ishlatiladigan asboblar esa yuqori bosimda ishlaydigan idishlar uchun yaroqsizdir va hokazo. Sathni nazorat qilish asboblari shkalali va shkalasiz boiadi. Shkalasiz asboblar, odatda, ikkilamchi asboblar bilan birga ishlaydi yoki sathning chegarasi haqida mustaqil signal beradi. O’lchanadigan muhitning xarakteri va ishlash prinsipiga ko‘ra sathni o’lchash asboblari quyidagi guruhlarga bo’linadi: vizual; qalqovichli; gidrostatik; elektrik (sigimli, aktiv qarshiliklarning o‘zgarishiga muvofiq va induktivli); radioizotopli; ultratovushli; radiotolqinli; termokonduktometrli; vaznli va boshqalar.


Sath o’lchashning vizual vositalari
Mazkur o’lchash vositalariga o’lchov chizg’ichlari, reykalar, lotli
ruletkalar (silindrik sterokenli) va sath o’lchovchi shishalar (oxirgisi
ko‘proq qo’llaniladi) kiradi. Sathni sath o’lchovchi shishalar yordamida
o’lchash tutash idishlar qonuniga asoslangandir. Sath o’lchagich shishaning prinsipial sxemasini ko‘rib chiqamiz (eng keng tarqalganligi sababli). Sxema 1-rasmda keltirilgan. Shisha-ko‘rsatkich armatura yordamida idishning pastki va ustki qismlari bilan birlashtiriladi. Trubkadagi suyuqlik meniskining holatini kuzatib, idishdagi suyuqlik sathining holati haqida fikr yuritiladi. Rezervuardagi va shisha trubka (nay) dagi suyuqlik teyaturalari farqiga bog’liq boigan qo‘shimcha xatolikni
bartaraf etish uchun olchashdan avval sathoichagich shishalar yuviladi.

1-rasm. Texnologik apparatlarda shisha-ko‘rsatkichlam io‘matish sxemasi.
Bu vazifani ventil bajaradi. Mexanik mustahkamligi past bo‘lganligi sababli sath o‘lchagich shishalarni uzunligi 0.5 m ortiq bo‘lmaydi. Shuning uchun, rezervuarlarda sathni o’lchash uchun ularda bir-birini to‘ldirib turuvchi bir nechta satho‘lchagich shishalar o‘rnatiladi. Sath o‘lchagich shishalar 3 MPa bosimgacha va 300°C haroratgacha qo‘llaniladi. Sathni sath o‘lchagich shishalar bilan o‘lchashning absolut xatoligi ±(1-2) mm. Qoida bo‘yicha inson kuzatayotgan qurilmalarda qo‘llaniladi.

Dastlab sathni o’lchash uchun qalqovuchli sath o’lchagichlardan foydalanilgan. Ularni ishlash prinsipi quyidagicha bo’lgan.



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling