O`zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti
Download 1.63 Mb.
|
24.text
Asbobsozlik sanoati — Mashinasozlik uchun qirquv va oʻlchov asboblari, uzunlikni oʻlchaydigan anjomlar, kesuvchi slesarmontaj asboblari hamda moslamalar chiqaradigan sanoat tarmogʻi. Turli asboblar ishlab chiqarishning rivojlanishi metallni qayta ishlash sanoati, ayniqsa, stanoksozlikning oʻsishi bilan bogʻliq. Asbobsozlik sanoati mustaqil sanoat tarmogʻi sifatida 19-asr oʻrtalarida tarkib topdi. 19-asrning 20-30 yillarida qattiq metallarni eritishning ixtiro qilinishi
ularni eritib, qotishmaga aylantiradigan asboblarning vujudga kelishiga sabab boʻldi. Asbobsozlik sanoati koʻpgina sanoat tarmoklarini kerakli asboblar bilan taʼminlaydi. Ayniqsa, u mashinasozlik zavodlari uchun asboblar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashinasozlik korxonalarining oʻzida ham ayrim asboblar tayyorlanadi. Maxsus asbobsozlik zavodlarida koʻmir, neft, togʻ-kon sanoatlari va tibbiy muassasalari uchun ham asboblar ishlab chiqariladi.Asbobsozlik sanoati Oʻzbekistonda ham rivojlangan. 1940-yilgacha respublika korxonalaridagi ayrim sexlarda kam miqdorda asboblar tayyorlanar edi. Toshkentda asbobsozlik zavodi (1943), 1941-yil Toshkent korborund va abraziv zavodlari ishga tushirildi (1963-yilda ikki zavod birlashtirilib, Toshkent abraziv kombinati tashkil etildi). 1970-yildan olmos, 1973-yildan sunʼiy olmos mahsulotlari ishlab chiqarish boshlandi. 1975 yildan toʻliq abraziv mahsulotlari ishlab chiqarishga oʻtildi. 1990 — 96 yillarda k-t „Elbor“ ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi (1996-yildan „Oʻta qattiq materiallar“ aksiyadorlik jamiyati). Jamiyat mahsulotlari chet ellarga ham eksport qilinadi. Oʻzbekistonda asbobsozlik sanoati korxonalari („Toshkent asbobsozlik zavodi“, „Toshkent abraziv zavodi“, „Oʻta qattiq materiallar“ ochiq turdagi davlat-aksiyadorlik jamiyatlari) „Oʻzmashsanoat“ uyushmasi tarkibiga kiradi. Shuningdek, yirik mashinasozlik sanoati korxonalarida maxsus asbobsozlik sexlari mavjud. Yirik ilmiy-amaliy markazlardan biri boʻlgan „Texnolog“ aksiyadorlik jamiyati oʻta qattiq materiallardan yangi asboblar tayyorlash va joriy etishni taʼminlaydi. Yurtimizdagi bu kabi o’zgarishlar bunday zavod va korxonalarning tashkil etilgani O’zbekistonning dunyodagi yirik sanoatlashgan davlatlar qatoriga kirib borayotganidan darak beradi.To’g’ri hali oldinda ancha yo’l turibdi.Lekin yurtimiz mana shu yo’ldan ketar ekan, albatta, bizni buyuk va porloq kelajak kutib turibdi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling