O‘zbekiston respublikasi navoiy kon metallurgiya kombinati
Ma'ruza№12: Sianidni yo`qolishini keltirib chiqaruvchi omillar
Download 7.8 Mb.
|
Nodir metallar metallurgiyasi Ma\'ruzalar matni 2023y.
Ma'ruza№12: Sianidni yo`qolishini keltirib chiqaruvchi omillar
Reja: 1. Sian sarf bo’llishining mexanik va kimyoviy yo’qotilishi. 2. Sian eritmalarining gidrolizi. 3. Sian eritmalarida gidrolizni oldini olish. 1. Boyitishda reagentlarining sarf bo’lishi gidrometallurgik jarayonlarning asosiy texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlaridan biridir. Reagentning sarf bp’lishi quyida keltirilgan mexanik va kimyoviy sabablar bilan aniqlanadi: Sian sarfini keltirib chiqaruvchi omillar: Sarfi, % 1. Gidroliz natijasida cinil kislotasi kurinishida yukotilishi 25% 2. Parchalanish natijasida ammiak va azot saklagan birikmalarni xosil kilib yukotilishi - 20% 3. Ruda tarkibida keraksiz minerallar bilan kimyoviy ta'sirlashishi natijasida yukotilishi- 25% 4.Suyultirilgan eritmalari va chikindilarini tashlashda yukotilishi - 30% Jami.....................................................................................................................100% Sianning sarf bo’lishining kimyoviy sabablari bular: sian tuzlarining parchalanib uchuvchan sinil kislotasini hosil qilishi, har xil kompleks birikmalar ya'ni sianitli, rodanitli va boshqa turdagi komplekslar. Bu birikmalar ruda tarkibidagi qo’shimcha komponentlar bilan hosil qilgan birikmalardir. Sianning mexanik yuqotilishi shundan iboratki siansizlantirish jarayonida sian eritmasini to’lik ajratib olmaslik, sianlash jarayonida eritmadan foydalangan paytda tartibsiz foydalanish. Jarayonni to’g’ri tartibda olib borilishi sian eritmasini sezilarli darajada yo’qotilishini oldinini oladi. Buning uchun birinchi o’rinda himoyalovchi ishqor eritmasini Ca(OH)2 yoki NaOH qo’llash reagentni kimyoviy ta'sir natijasida sarflanishini kamaytiradi. Himoyalovchi ishqorning sian eritmalariga berilishi sianid tuzlarinining gidroliz natijasida parchlanishini oldini oladi, shuningdek temir oksid kompleks hosil bo’lishiga ketadigan reagent sarfi oldini oladi. Bu asosiy vazifasidan tashqari ishqor boshqa jarayonlarda ham muhim rol o’ynaydi. Bundan tashqari ishqor eritmasi koagulyant sifatida quyiltirish jarayonida ham qo’llaniladi. 2.Agar sian eritmasi hali jarayonga aralashtirilmagan bo’lsa ya'ni, chanlarda saqlangan bo’lsa bunda sian eritmasini parchalanishini asosiy sabablaridan biri bu sianning gidrolizi va havo tarkibidagi karbonat angidridni eritmaga yutilishidir. Shuning uchun ishlatilmayotgan sian eritmasi ham ishqor eritmasi himoya qavati ostida saqlanishi kerak. Oltin rudalarini boyitishda ishlatiladigan sianidlar kuchli ishqorlar va kuchsiz kislota qoldigidan tashkil topgan tuzlardir. Shuning uchun suvda eritilganda gidrolizga uchrab qiyin dissotsialanadigan sinil kislotasi va gidroksil ioni hosil bo’ladi. CN + H2O = OH + HCN (82) Sian eritmasining gidrolizlanishi salbiy jarayon bo’lib, sian konsentratsiyasini pasayishiga va atmosferani sinil kislota bug’lari bilan zaharlanishiga olib keladi. Yopiq chanlarda Sinil kislotasi ko’rinishida sian eritmasini sarf bo’lishini aniqlash shuni ko’rsatdiki, eritma tarkibida ishqor eritmasi CaO konsentratsiyasi 0,01% ni tashkil qilsa uchuvchanligi ancha yuqori, agar konsetratsiyasi 0,025% bo’lsa juda ham kam miqdorda ajralishi kuzatiladi. HCN yo’qotilishi nafaqat uchuvchan shaklda gidrolizlanishida, balki havodagi uglekislotalar bilan ta’sirida, shuningdek sianidning azot va uglerod bilan ta’siri natijasida ham yo’qotiladi. Karbonat angidrid gazini gidroliz jarayoniga qarshi ishlatib bo’lmaydi, chunki karbonat angidrid ishqor eritmasi bilan reaksiyaga kirishib neytrallaydi va yana gidroliz jarayoni tezlashadi bu esa sinil kislotasini uchishini tezlashishiga olib keladi. 3. Bir nomli ionlar yordamida gidroliz jarayonini to’xtatish mumkin. Eritmaga bir necha har xil konsentratsiyali ishqorlarni bergan holda gidrolizni quyidagi tenglik orqali to’xtatish mumkin: 2,54*10-5 [KCN] [HCN] = ————————— [KCN + a] Tenglama natijasida olingan ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan. Jadval shuni ko’rsatadiki 0,004%NaOH ishtirokida gidroliz jarayoni xuddi 0,016% KCN ishtirokidakidek pasaytiradi va atigi 2,44% ga yetadi. Eritmada natriy gidrooksidni 0,008%li eritmasini ishlatilishi KCN ni 0,016%dan 1,2 % gacha bo’lgan eritmasini gidrolizini oldini oladi. Bundan kelib chiqadiki ishqorni 0,01 %li eritmasi sian eritmasini gidroliz ko’rinishada parchalanishini oldini oladi. Bu ishqor konsentratsiyasi ruda bilan sian eritmasini ta'sirlashmagan holatda gidrolizini oldini olishini kafolatlaydi, lekin shuni ham bilish kerakki havo tarkibidagi karbonat angidrid bilan ishqor eritmasi ta'sirlashib neytrallanadi va ishqor konsentratsiyasi kamayadi. Natijada yana sezilarli darajada gidroliz jarayoni sodir buladi. Ishqor konsentratsiyasining oshirilishini yana bir ijobiy tomoni eritma tarkibidagi sulfid minerallarining oksidlanishi natijasida hosil bo’lgan kislotalarni neytrallashdir. Kator sianlash jarayonlari ishqor konsentratsiyasini ko’rsatilgan chegaradan oshib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Chunki ishqor eritmasini oshib ketishi sianlash jarayoni uchun bir kator muammolarni tug’diradi va ular quyidagilar: 1) Sian eritmasida ishqor konsentratsiyasini oshishi oltin va kumush konsentratsiyasini erish tezligini kamaytiradi. Oltin va kumushning erish tezligining sekinlashishi shundan iboratki eritmada eriyotgan metall yuzasi bilan natriy gidrooksid o’rtasida ta'sirlashish natijasida metall yuzasida yupqa qavat hosil bo’ladi. 2) Ishqor eritmasini yuqori konsentratsiyasi sian eritmalaridan oltinni rux bilan cho’ktirish paytida ruxni sarflanishiga salbiy ta'sir ko’rsatadi.v 3) Ishkor eritmasi ishtirokida sian eritmasi qolgan minerallar bilan ta'siri kuchayadi. Download 7.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling