O‘zbekiston respublikasi navoiy kon metallurgiya kombinati


Download 7.8 Mb.
bet52/52
Sana13.11.2023
Hajmi7.8 Mb.
#1771267
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Nodir metallar metallurgiyasi Ma\'ruzalar matni 2023y.

Nazorat savollari:
1. Ikkilamchi oltin tarkibli xom-ashyolar qanday xususiyatlarga ega?
2. Sinab ko’rish uslining asosiy vazifasi nima?
3. Ikkilamchi oltin tarkibli xom-ashyolar qaysi usullarda qayta ishlanadi?
Ma'ruza№36: Fotomaterialdan kumushni ajratib olish.


Reja:

  1. Fotografik materiallar chiqindilari.

  2. Qayta ishlangan fiksaj eritmalaridan kumushni ajratib olishni kimyoviy va elektrolitik usullari.

Tarkibida kumush mavjud bo‘lgan ikkilamchi xomashyoning asosiy ta’minlovchilari foto va kinosanoat, kimyo, elektrotexnika va radiosanoati, oyna, soat va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, davolash muassalaridir. Foto va kino sanoatining kumush tarkibli chiqindilari ularga ishlov berish va yorug‘likni sezuvchan materiallarning buzilishi natijasida yoki kinolenta va fotomahsulotlarning yemirilishi natijasida hosil bo‘ladi [2]. Qayta ishlashga quyidagi asosiy kumush tarkibli xomashyolar kelib tushadi, %: - bromli kumush 35-66; - oltingugurtli kumush 45-65: - kinosanoatnig kumush tarkibli kukunlari (zola) 45-22; - fotoqog‘oz kukunlari 1,2-7; - fotmahsulotlar kukunlari < 0,5. Kimyo sanoatining chiqindilari ishlatilib bo‘lingan kontaktlar shaklida (20- 80% Ag); shlamlar shaklida (60% dan 80% gacha Ag); kumushli jihozlar chiqindilari (20-25% Ag) shaklida uchraydi [3]. Oynasozlik sanoatida kumush tarkibli chiqindilarning asosiy qismi oynalarni kumushlash jaryonida, archa uchun bezakli o‘yinchoqlar yasashda hosil bo‘ladi. Oynasozlik sanoatida kumush tarkibli quyidagi chiqindilar hosil bo‘ladi, %: - oyna siniqlari 0,05-0,2; - archa uchun bezakli o‘yinchoqlarning siniqlari 0,2-0,5; - kumush ko‘zalarning siniqlari 10-25; - kumushli idishlarning siniqlari va parchalari 40-60; - oynalarni kumushlash jarayoni uchun tayyorlangan eritmalardan cho‘ktirish natijasida hosil bo‘lgan kumushning oltingugurtli aralashmasi 40-60. Poligrafiya sanoatining quyidagi chiqindilari tarkibida ham kumush bo‘ladi, %: - kumush sulfid 45-64; - fotoqog‘oz va fotomahsulotlarning chiqitlari 0,4-4; - kumush xlorid < 50. Qimmatbaho metallarga ishlov beruvchi zargarlik ustaxonalari va zavodlarining chiqindilarining tarkibidagi kumushning miqdoriga va hosil bo‘lish sharoitiga qarab guruhlarga ajratish mumkin, %: - qimmatbaho metallarni eritish jarayonida 0,5-7,0;


- mexanik ishlov berish jarayonida 0,05-3,0; - kumushga kimyoviy va elektrokimyoviy ishlov berish natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilar 0,05-10. Davolash muassasalaridan kumushni ajratish uchun quyidagi chiqindilar qayta ishlashga jo‘natiladi, %: - rentgen plyonkalari va fotomahsulot qoldiqlari 0,5-50; - kumush sulfidi 45-65. Qayta ishlanayotgan, tarkibida kumush (30-40 % gacha Ag) bo‘lgan xomashyoning katta qismi sanoatning elektronika va elektrotexnika tarmoqlari chiqindilariga to‘g‘ri keladi. Bular: - ishdan chiqqan kumush - ruxli va kumush - kadmiyli akkumulyatorlar (30- 60%); - kontakt-qotishmalar, kumush tarkibli kavsharlash materiallari (5 dan 99% gacha); - metallokeramik kompozitsiyalar (25-30%). Qimmatbaho metallarning barcha chiqindilarini ikki turga bo‘lish mumkin [4]: 1. Metall holatdagi – kumush tarkibli chiqindi va kukunlar, kumushning oksidli birikmalari, elektroliz yo‘li bilan olingan kumush, tarkibida kumush metali bor yaroqsiz qismlar va buyumlar, quyma holidagi yaroqsiz yarim tayyor mahsulotlar, prokatlash usuli bilan olingan metallar, simlar, kumushli kukunlar va ularning qoldiqlari, yaroqsiz yoki ishdan chiqqan kumush-ruxli yirik va kichik hajmli akkumulyatorlar va boshqalar. 2. Nometall holatdagi – kumushning bromli, xlorli va sulfidli birikmalari; fiksaj eritmasi va oynasozlik sanoati shlamlari; kumush tarkibli chiqindilar, shliflar, kino-, rentgen- va fotoplyonkalar kullari; kumush-pemzali katalizatorlar, tarkibida kumush mavjud bo‘lgan shlaklar. Yuqorida sanab o‘tilgan chiqindilardan tashqari kimyoviy va fizikaviy xossalariga ko‘ra keskin farqlanadigan xom ashyolar ham qayta ishlash uchun kelib tushadi.
AgNO3 dan elektroliz usulida olish. Birmuncha toza metallni uch marta qayta kiristallangan 250 C da to‘yintirilgan AgNO3 eritmasini elektroliz qilish yo‘li bilan olish mumkin. Elektroliz bir-biridan 2 sm masofada joylashgan bo‘z xaltachaga joylashgan polirovka qilingan grafit elektrodlarda 3 V kuchlanishda va 0,006 A/sm2 tok zichligida olib boriladi. Kumush cho‘kindisi katoddan ajratiladi va suyuqlantiradi
2-usul: Ag, Au, Cu, Pb, Sn, As, Zn va boshqa metallar tutgan suyuqlanmalardan xloridlarga o‘tkazish va Zn ta’sirida qaytarish. Bunda zarur bo‘ladigan kimyoviy reagentlar: HNO3, HCl, Zn metali yoki Al. 1. Eritish: Mahsulot termostat idishga solinadi va HNO3 quyiladi: 3Ag+4HNO3 = 3AgNO3 +NO+2H2O Sn+4HNO3 = H2SnO3 +4NO2 +H2O Izoh: So‘nggi reaksiya bo‘yicha kislotada va ishqorlarda erimaydigan, oq rangli β-qalay kislotasi hosil bo‘ladi. Qolgan metallar (Au va Pt dan tashqari) kumush singari nitratlar shaklida eriydi. Agar nitrat kislota yetarli darajada kuchli bo‘lsa, qo‘ng‘ir gaz (NO2) ajraladi, agar suyultirilgan bo‘lsa, rangsiz oksid NO gazi hosil bo‘ladi. Ishlash davomida eritmaning ko‘pirishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks holda Ag ning ma’lum miqdori isrof bo‘lishi va yaqinda joylashgan buyumlarga kislota sachrab ularni yemirishi mumkin. Kumush boshqa metallarga nisbatan qiyinroq eriganligi sababli eritishni yaxshilab tekshirish kerak. Agar qizdirish yoki yangi kislota portsiyasini solish davomida erish kuzatilmasa, demak erish oxirigacha borgan. Agar namuna tarkibida Au yoki Pt mavjud bo‘lsa, ular HNO3 da erimaydi va qoldiq tarkibida qoladi. 2. Filtrlash. Ag li eritma filtrlanadi va yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida filtr va unda qolgan narsalar bir necha bor suv bilan yuviladi. Yuvilgan suv asosan eritmada yig‘iladi. Filtrlash o‘rtacha zichlikdagi filtrlarda olib boriladi. Agar eritma yaxshi filtrlanmasa, demak eritma quyuq eritma hisoblanadi, u holda uni suyultirish kerak. Agar filtr ifloslanib qolsa, uni bir necha bor yuvish kerak yoki almashtirish kerak. Agar namunada yirik erimaydigan bo‘laklar bo‘lsa, ular oldindan gazlama orqali filtrlab olinadi. 3. Cho‘ktirish. Filtrlangan eritmaga ko‘p miqdorda HCl quyiladi. Cho‘kmali suyuqlik qizdiriladi. Bunda hamma begona metallar hosil bo‘lgan “Shoh arog‘i” da eriydi (agar HCl o‘rniga NaCl ishlatilsa, PbCl2 , BiOCl, SbOCl cho‘kmaga o‘tib ketadi). Agar kam miqdorda HCl qo‘shib ko‘rganimizda cho‘kma tushmasa yoki loyqalanish kuzatilmasa, demak kumushning hammasi cho‘kmaga o‘tgan hisoblanadi. AgNO3 +HCl = AgCl↓ + HNO3 Endi cho‘kmani uzil-kesil tozalash maqsadida 10 % li HCl eritmasida takroran qaynatamiz. Agar xomashyoda palladiy qatnashgan bo‘lsa, eritmani va cho‘kma yuvilgan suvni palladiy olish uchun jo‘natamiz.
4. Yuvish. Yuvishni o‘sha idishda boshlaymiz. Yuvishni kislotali muhit yo‘qolgunicha va Cu2+ ionlari yo‘qolgunicha davom ettiramiz. Bunda sariq qon tuzi (K4[Fe(CN)6]) bilan qizil qo‘ng‘ir cho‘kma bermasligi kerak. 5. Zn yordamida (yoki Al yordamida) qaytarish. Endi Ag ni erkin holda olishga kirishamiz. Oxirgi marta AgCl li suvni (cho‘kmani qo‘zg‘atmasdan) quyib olamiz va o‘sha idishga kuchsiz kislota muhiti hosil bo‘lguncha HCl yoki H2SO4 quyamiz. Shu idishga taxminan ikki marta ko‘p miqdorda (aniqrog‘i, 1 kg AgCl ga 235 g) Zn solamiz. Metal holidagi Zn xlorid tarkibiga o‘tadi, Ag esa yaltiroq bo‘lmagan kulrang kukun holida ajraladi. Bu jarayonda tiklash uchun Zn metali o‘rniga nisbatan arzonroq Al ni ishlatish mumkin. 2AgCl + Zn = 2Ag + ZnCl2 yoki 3AgCl + Al = 3Ag +AlCl3 Reaksiya tugagandan keyin Ag cho‘kmasidan kislotani quyib olamiz va yangi portsiya HCl yoki H2SO4 bilan yuvamiz (Zn qoldiqlarni eritish uchun), keyin kislotani suv bilan yuvamiz va quritamiz. Ag olindi, endi uni suyuqlantirib qolibga quyish talab qilinadi (Ag ning suyuqlanish harorati-9600 C). 3-usul. Formaldegid yordamida galogenlardan ajratib olish. 500 g ho‘l kumush galogenidni 500 ml issiq suvga aralashtiramiz. Hosil bo‘lgan suyuq bo‘tanani mexanik aralashtirgichli chinni stakanga olamiz va unga (mo‘rili shkafda) 300 g NaOH ning 750 ml suvdagi eritmasini quyamiz. Shu bilan birgalikda unga 35-450C da to‘xtovsiz aralashtirib turgan holda 250 g 40% li formaldegid qo‘shiladi. Aralashma 2-3 soat aralashtiriladi va unga yana 200 ml formaldegid qo‘shiladi va sekin-astalik bilan 2 soat mobaynida haroratni 50-70 oC gacha ko‘tariladi. Tushgan kumush cho‘kmasi Byuxner voronkasiga so‘riladi, 1 litr issiq suvda yuviladi, keyin 500 ml 2% li H2SO4, 500 ml 2% li NH4OH va nihoyat suv bilan xlor ioni qolmaguncha yuviladi. Yuvilgan metal 40-500C da quritiladi. Bunda mahsulotning chiqish unumi 100% ni tashkil etadi. 4-usul. Fotografik qoldiqlardan ajratib olish. Fotografik qoldiqlarni granulalangan rux bilan HCl ishtirokida qaynatiladi, erimagan rux granulalari chinni shpatel bilan eziladi. Qaytarilgan kumush suv bilan yuviladi, HNO3 da eritiladi, keyin HCl bilan AgCl holida cho‘ktirladi. Cho‘kma yuqorida ko‘rsatilgan usul bilan tiklanadi. 2. Qoldiq quriguncha qizdiriladi va quruq massa HCl (zichligi -1,19 g/sm3 ) va KClO3 bilan xlor hosil bo‘lishi tugagunicha qaynatiladi (mo‘rili shkafda). Ag cho‘ktiriladi, keyin yaxshilab dekontatsiya suvi bilan yuviladi yuqorida ko‘rsatilgan usul bilan qaytariladi. 3. Ag ajralishi uchun eritmaga ammiak hidi sezilguncha NH4OH qo‘shiladi va uncha ko‘p bo‘lmagan (NH4)2S yoki Na2S bilan ta’sirlashadi. Tindirilgach suyuqlik quyib olinadi, Ag2S cho‘kmasi Byuxner voronkasga shimdiriladi, issiq suv bilan yuvilib, quritiladi va 9500C da 1-2 g suvsiz bura qo‘shib qizdiriladi. Burani yo‘qotish uchun metall granulalari suvda qaynatiladi. Xo‘jalik chiqindilaridan toza kumushni ajratib olish usullari ko‘rib chiqildi va tahlil usullari taklif qilindi. Bu usullar yordamida oddiy xo‘jalik chiqindilaridan ham toza kumush metalini olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Mazkur usullar bilan kumushni ajratib olish hozirgi kunda xalq xo‘jaligida kumushga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda o‘z hissasini qo‘shadi va chiqindilarni qayta ishlash imkonini beradi. Buning natijasida atrof-muhit va ekologik holat yaxshilanadi.
Download 7.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling