O‘zbekiston respublikasi navoiy kon metallurgiya kombinati


Download 7.8 Mb.
bet46/52
Sana13.11.2023
Hajmi7.8 Mb.
#1771267
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52
Bog'liq
Nodir metallar metallurgiyasi Ma\'ruzalar matni 2023y.

Nazorat savollari:
1. Chanlarda tanlab eritish va bu usulning boshqa tanlab eritish usullaridan prinsipial farqi nimada?
2. Chanlarda tanlab eritish usulining afzalliklari va kamchiliklari.
3. Eritmadagi mishyak miqdorining tanlab eritish jarayoniga salbiy ta’siri qanday va undan qutulish yo‘llari qanaqa?
4. Arsenopirit – pirit va piritli oltin biriktiruvchi boyitmalarni bakterial tanlab eritishning chet el amaliyoti?
5. Chanlarda tanlab eritishdan keyingi mishyakli eritmani neytrallashqanday amalga oshiriladi va bunda qanday mahsulotlar hosil bo‘ladi?
Ma’ruza №28: Sulfidli rudalarni tanlab eritish jarayoniga tayyorlash
Reja:
1.Mayda donadorli sulfidli oltin rudalarini qayta ishlashga tayyorlash.
2.Sulfidli rudalarni flotastion boyitish
3.Sulfidli rudalarni oksidlovchi kuydirish.
Yaratilgan ilmiy asoslar va sanoat tajribalari shuni ko‘rsatdiki, chanlarda tanlab eritish qator afzalliklarga ega. Shuning uchun bu usul qiyin boyitiluvchi mineral xomashyolarni qayta ishlashda qo‘llanadigan gidrometallurgik jarayonlar bilan birga keng miqyosda qo‘llanishiga zamin tug‘diradi.
Arsenopirit, pirit va pirit boyitmalari bilan nafaqat laboratoriya, yiriklashtirilgan laboratoriya, shuningdek yarim sanoat miqyosidagi taqiqotlar o‘tkazilgan.
Bu tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, arsenopirit va piritli oltinga boy rudalardagi oltinni bakterial yo‘l bilan keyin sianlash bilan ajratilganda uning ajralishi 95-98% gacha oshadi.
Masalan: Zimbabve, Malayziya va Janubiy Afrikadagi tarkibida 7-10% mishyak 11-58 g/t gacha oltin tutgan boyitmalarni bakterial tanlab eritishda sulfidlarning oksidlanish darajasi 95-98%(arsenopirit va pirit) bo‘lganda oltinni 95% ajratish imkoniyatini beradi.
Bu tadqiqotlarda piritning erish tezligi arsenopiritning asosiy qismi erib bo‘lgandan keyin keskin oshishi o‘z tasdiqini topdi.
Bakterial tanlab eritishda biomassning yuqori aktivligini saqlash uchun eritmadagi mishyakning maksimal miqdori 20 g/l dan oshmasligi zarur. Shuning uchun eritmaning bir qismini eritish siklidan mishyakdan tozalash uchun ajratish tavsiya qilinadi.
Yaxshi natijalar Chinola (Kanada) va Porgera (Papua - Yangi Gvineya)
konlari piritli oltin biriktiruvchi boyitmalarni bakterial tanlab eritishda olingan. Piritning oksidlanish darajasi 80-88% etganda Chinola koni boyitmasini (35 С, Q:S= 5:1, рН 2-1,8; temir (III)- 35 g/l) sianlab ajratilganda uning ko‘rsatgichi 91- 94% tashkil etdi. Bunda mexanik aralashtirishda piritning oksidlanish tezligi soatiga 0,75% etdi.
Mis-pirit oltin biriktiruvchi boyitmalar bilan (temir - 34,7%, oltingugurt - 39,7%, margumush - 0,4%, mis 1%, oltin - 13,4 g/t) qayta ishlashning ikkita usuli taqqoslandi: oksidlovchi kuydirish-sulfat kislotada eritish-sianlash va baterial tanlab eritish (BTE) – sianlash. Natija shuni ko‘rsatdiki, «BTE- sianlash» texnologiyasida kuydirishga nisbatan oltinning ajralish darajasi ancha yuqori bo‘ldi. Bu texnologiyaning yuqori samarali ekanligini kapital sarf xarajatlar va ekspluatatsiya xarajatlarining dastabki hisob-kitoblari ham tasdiqlandi.
BTE ning birinchi sanoat qurilmasi 1986 yilda Feyrvyu (JAR) konida sutkasiga 10 t. boyitmani qayta ishlashga mo‘ljallab qurilgan. Kuydirish sexi yopilganidan keyin qurilmaning ish unumdorligi 55 t/sutkagacha oshirildi (1991y.). Bu qurilmada 8-10% mishyak, 24-29% oltingugurt, 120-140 g/t oltin biriktirgan murakkab tarkibli boyitma qayta ishlanib, arsenopirit va pirit bilan singib ketgan oltinning 70% ning o‘lchami 2 mkm dan kichikdir. Bu boyitmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sianlashda oltining eritmaga ajralishi 35% dan oshmaydi.
«Kuydirish - sianlash» texnologiyasi qo‘llanilganda oltinni ajralishi 90% atrofida bo‘ldi. Biogidrometallurgik qayta ishlashda bu ko‘rsatgich 95% gacha oshdi (36 chizma). Zavodda tanlab eritish uchun 90 m3 hajmli 10 reaktor o‘rnatilgan bo‘lib ularning foydalanadigan umumiy hajmi 764m3 tashkil qiladi. Tanlab eritish 4 kun davomida 40…450 C va рН=1,8…1,2 da amalga oshiriladi. Bo’tanadagi kislorodning oxirgi qoldiq miqdori 2 mg/l kamaytirilmaydi.
Tanlab eritishdan keyingi margumushli eritmani neytrallash ohak yoki “so‘ndirilgan ohak” bilan ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda рН=5 atrofida, ikkinchi bosqichda esa 8 atrofida ushlanadi. Bunda Fe3+ va As5+ 3:1 nisbatida bo‘lganda ancha qiyin eriydigan mahsulotlar asosan (FeAsO4)(FeO4)3 temir arsenat va kalsiy sulfat tuzlari hosil bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi.



Chizma №53. Feyrvyu (JAR) koni boyitmasini bakterial tanlab eritish jarayonlari sxemasi.


Arsenatlar cho‘kmalari turg‘un bo‘lib рН=3…10 da erimaydi.
Cho‘ktirilgandan keyin mishyakning eritmadagi miqdori 0,5 mg/l dan oshmaydi.
Feyrvyu konidagi bakterial tanlab eritish qurilmasi ekspluatatsiyasi sanoat tadqiqotlari tajribalari bu jarayonni ishlab chiqish va Braziliya, Avstraliya, Gana, AQSH, Kanadadagi ko‘plab oltin ishlab chiqaruvchi korxonalarda qo‘llash imkoniyatini tug‘dirdi.
1994 yilda Ashantida (Gana) eng yirik bakterial tanlab eritish (1000 t/sut) qurilmasi Gencor firmasi loyihasi asosida ishga tushirildi. Bu fabrikada qayta ishlanadigan arsenopirit, piritli boyitma 7,7% mishyak, 17,5% temir va 11,4%

Sulfidli oltingugurtni biriktiradi. Arsenopiritning miqdori piritga nisbatan 2-2,5 marta ko‘p, pirrotinning miqdori (12,9%). Bakterial tanlab eritish hajmi 898 m3, oqim bo‘ylab har qaysida 6 tadan reaktorli jami 24 ta reaktorda amalga oshiriladi.


1995 yil sentyabrida “Pompora” (kompaniyasi “Ashanti Goldfilds”) boyitish fabrikasida flotoboyitmani qayta ishlash uchun bakterial tanlab eritish jarayonlari (BIOX) liniyasi ishga tushirildi.
Jadval-21. Oltin va boyitmalarni chanlarda bakterial tanlab eritish sanoat qurilmalari.

Fabrika

Davlat

Ishga tushgan
vaqti

Unumdorligi, t/sut

Fairview BIOX

JAR

1986

55

Austin

AQSH

1989

50

TonkinSprings

AQSH

1990

90 (ruda)

Congress

Kanada

1990

250

HarbourLights

Avstraliya

1991

150

SaoBento

Braziliya

1991

150

Wiluna

Avstraliya

1993

154

Ashanti – Sans

Gana

1994

1500

Youanmi

Avstraliya

1994

120

Tamborague

Peru

1998

60

Beaconsfild

Avstraliya

1999

68

Pering

JAR

2001

22

Laizhou

Xitoy

2001

100

Olimpiada

Rossiya

2002

400

Bogoso

Gana

-

1,4 mln. t ruda

Salmita(OPU)

Kanada




10

GiantYellowknife

Kanada




10

1991 yildan “Harbour” (Avstraliya) fabrikasida mayin dispersli oltinmishyakli rudasini qayta ishlovchi bakterial tanlab eritish sanoat qurulmasi ishlatilib kelinmoqda. Arsenopirit va pirit bakterial usulda ochilganda, 8% mishyak biriktirgan boyitmadan (40 t/sut), 90% gacha oltinni ajratib olish mumkin. Tanlab eritish uchun har biri 163 m3 6 reaktor o‘rnatilgan. Xuddi shunga o‘xshash texnologiya Avstraliyaning ikkita “Wiluna” va “Gyanmi”fabrikalarida sutkasiga 115 va 120 t boyitmani qayta ishlash joriy qilingan.


Jadval-22. Bakterial tanlab eritish usulida qayta ishlanadigan oltinmishyakli boyitmalar tarkibi




Fabrika

Fairview
(JAR)

Sao-Bento
(Braziliya)

Harbour
(Avstraliya)

Wiluna
(Avstraliya)

Ashanti
(Gana)

Arsenopirit

10,9

17,8

17,6

21,7

16,6

Pirit

33,5

15,6

28,3

36,9

6,5

Pirrotin

-

19

-

-

12,9

Sulfidli
oltingugurt

20

18,7

18,6

24

11,4

Temir

23

35

22

24

17,5

Magumush

5

8,2

8,1

10

7,7

Karbonatlar

4,5

9,4

8

5

7

General Min. Metals and Minerals firmasi tomonidan ishlab chiqilgan oltin biriktiruvchi sulfidli boyitmalarni dastlab bakterial tanlab eritish jarayonlarini va keyinchalik avtoklavda chuqurroq oksidlash jarayonlarini jamlovchi kombinatsiyalashgan texnologiyasi tajribalari katta qiziqish uyg‘otadi (7.2-rasm.)


Bu fabrikada qayta ishlanadigan oltinmishyakli boyitmlar, tarkibida pirrotinning ko‘pligi bilan ajralib turadi (19%). Shuning uchun bu boyitmalar (150 t/sut) hajmi 580 m3 bioreaktorlarda 4 soat davomida tanlab eritilganidan keyin undagi sulfidlar 30% gacha oksidlanadi, bunda asosan pirrotin oksidlanadi.
So‘ngra, quyultirilganidan keyin bakterial tanlab eritish mahsuloti (kek) avtoklav jarayonlariga jo‘natiladiki, bunda oltinni oxirigacha ochish evaziga uni sianlab ajratib olish 92%ga etadi.Oltinmishyakli boyitmalarni qayta ishlash texnologiyasiga BTE jarayonlarining kiritilishi oksidlash siklining umumiy unumdorligini 25% ga oshirish imkoniyatini berdi.

Chizma №54. «Sao - Bento» (Braziliya ) fabrikasi bakterial-avtoklav tanlab eritish qurilmasi uskunalari zanjiri sxemasi
1–boyitmalar uchun qabul qilish chani; 2–bo‘tanani tayyorlash uchun aralashtirgich ; 3–580 m3 hajmli bioreaktor; 4- quyultirgich; 5- avtoklav.
AQSHda dastlabki biogidrometallurgik texnologiya sanoat qurilmasi asosida murakkab oltin tarkibli rudalardan oltinni ajratish US Gold i Homestake Mining kompaniyasiga tegishli yangi “Tonkin Springs” fabrikasida qo‘llanildi. Fabrikada juda kichik o‘lchamli va mikroskopik oltin mayin donador sulfidlarda joylashgan murakkab oltin tarkibli rudalar qayta ishlanadi.
Rudada 3,9 g/t oltin, 0,25% mishyak, 1,34% oltingugurt, 1,76% temir va 0,39% organik uglerod biriktiradi.
Mayin yanchilgan rudani to‘g‘ridan -to‘g‘ri sianlashda oltinning ajralishi 60% dan oshmaydi.
Shuning uchun ham dastlabki rudada oltinni sulfidlardan ochish uchun bakterial oksidlash qo‘llaniladi, bu jarayon rudaning yiriklik o‘lchami 0,044 mm gacha maydalanganidan keyin amalga oshiriladi. (7.3 rasm.). Rudani BTE (1500 t/sutka) рН 2-1,0; balandligi 13m, diametri 16m.li to‘rtta bioreaktorda T.Ferrooxidans bakteriyalarini ishlatish bilan bajarildi.

Chizma №55. «Tonkin Springs» (AQSH) fabrikasi murakkab oltinmishyakli rudani qayta ishlash sxemasi.


Bioreaktordagi optimal harorat 30-400 С, bo‘tananing zichligi qattiq fazaning miqdori 30%. yuqori bo‘lmasligi taminlanadi.


Bu sharoitda BTE davomiyligi 60 soatni tashkil qiladi.

Download 7.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling