O‘zbekiston respublikasi navoiy kon metallurgiya kombinati


Download 7.8 Mb.
bet2/52
Sana13.11.2023
Hajmi7.8 Mb.
#1771267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Nodir metallar metallurgiyasi Ma\'ruzalar matni 2023y.

1-rasm. Daryo bo’yi konlarining ko’ndalang kesim yuzi sxemasi:
I – allyuvialniy, 1 – daryo o’zani, 2 –qiyalik, 3 – vodiy, 4 – pog’onali; II delyuvial, III – elyuvial.


Allyuvial sochma konlarga pog’onali, vodiyli, qiyali va o’zanli konlarga bo’linadi. Pog’onali sochma konlar daryo o’zanlarining faoliyati natijasida hosil bo’ladi.
Og’ir fraksiya hisoblanmish sochma konlarning mineralogik tarkibi kassiteritdan, volframitdan, sheelitdan, ilmenitdan, kolumbitdan, granatomdan, rutildan, sfenomda, topazomdan, sirkoniydan iborat. Bu minerallarning rudadagi miqdori shuningdek oltinning granulometrik shakli va uning zarralari shakli boyitish jarayoniga ta’sir etadigan asosiy omillardan hisoblanadi. Sanoatda qayta ishlanadigan rudalar tarkibidagi oltin zarralarining yirikligi 0,1dan 4mm gacha bo’ladi. Oltin shaklining o’lchamiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: kesakli, sharsimon, yassi va silliq, cho’zinchoq(lentasimon, tayoqchali).


Ma'ruza№2:Oltinning fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari. Kumushning fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari.


Reja:
1. Metallarning umumiy tasniflanishi.
2. Oltinning fizik va kimyoviy xossalari.
3. Kumushning fizik va kimyoviy xossalari.


1. Oltinning fizik xossalari.
Oltin -oltin rang, sariq, yumshoq metall, tomonlari markazlashgan kub shakl kristallik panjaraga ega,boshqa metallardan yengil bolg‘alanuvchanligi va cho’ziluvchanligi bilan ajralib turadi. Bunga ko’ra oltindan 1/1000 mm yoki 0,0001mm zar qog‘oz (folga) yasash mumkin. 1gr oltinni salkam 3 km uzunlikka cho‘zish mumkin yoki oltin 0,001mmbulgan sim tortish mumkin bo’ladi. Oltinning issiqlik va tok o’tkazuvchanligi juda yuqori, bunda u faqat kumush va misdan keyingi 3- o’rinda turadi.
Oltinning muhim fizik xossalari 1-jadvalda keltirilgan.
Oltin Mendeleyev davriy sistemasining 1-guruhida joylashgan bo’lib, qolgan o’zining o’xshash metallari kabi - kumush va mis singari, ichki qavatda 1tadan s elektron bo’lsa, oxiridan oldingi qavatda 18ta elektroni mavjud (s2r6d10). Muayyan sharoitda oxiridan oldingi 18ta elektronli qavat qisman yuqotilish qobiliyatiga ega va shu sababdan mis, kumush va oltin o’zining birikmalarida nafaqat +1, balki s-elektronlarni yo’qotish evaziga mutanosib ravishda +2 va +3 shaklida uchraydi. Shuning uchun misning oksidalanish energiyasi +1 va + 2, kumush uchun esa +1 va oltin uchun esa +1 va +3 dan iboratdir.

1-Jadval. Oltinning muhim fizik xossalari.





XOSSALARI

OLTIN




1

Atom massasi

196,967




2

Zichligi, g/sm

19,3




3

Atom radiusi, A

1,44




4

Ionli radiusi, A

1,37




5

Erish temperaturasi, 0S

1063




6

Qaynash temperaturasi, 0S

2880




7

Erish issiqlik sig‘imi, kol/g

15,5




8

Bug‘lanish issiqlik sig‘imi, kol/g

415




9

Solishtirma issiqlik sig‘imi kol/g´grad

0,0306

10

Issiqlik o‘tkazish sig‘imi 00 dan 1000S gacha kol/ sm´ grad ´ sek

0,744

11

Solishtirma elektr o‘tkazishi 200 da om/sek

2,25´10




12

Mustahkamlik, qarshilik moduli kg/mm2

7900




13

Mustahkamlik chegarasi kg/mm2

14




14

Qattiqligi (Bryunelcha) kg/mm2

18




15

Qattiqligi (Mooscha) kg/mm2

2,5




Oltinning ajralib turadigan xususyatlaridan yana biri kompleks birikma xosil kilishga moyilligi va uning uz birikmalaridan metall xoligacha oson kaytarilishidir.



Download 7.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling