O‘zbekiston respublikasi navoiy kon metallurgiya kombinati


Chizma -2. Quruq muhitda ishlovchi aerofol tegirmon


Download 7.8 Mb.
bet9/52
Sana13.11.2023
Hajmi7.8 Mb.
#1771267
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
Bog'liq
Nodir metallar metallurgiyasi Ma\'ruzalar matni 2023y.

Chizma -2. Quruq muhitda ishlovchi aerofol tegirmon.

Quruq muhitda yanchish uchun Aerofol tegirmonlar qo’llaniladi. Unda poydevorga o’rnatilgan qisqa baraban -1 mavjud. Baraban ichida bir biridan ma’lum masofada joylashgan to’sin balkalar bo’lib ular baraban aylanish vaqtida rudalarni ko’tarishga ixtisoslashgan. Ruda yuqoridan to’kilishi bilan astdagi rudani ezadi shuningdek tushish vaqtida polkaga urilib eziladi va yirik rudalar chayqalib urilib eziladi. Yon tomonda qopqoqlar 3 mavjud, ular uchburchak aylanalarga – 4 mustahkamlangan bo’lib rudalarni markazga yo’naltirishga mo’ljallangan. Tegirmonning aylanish tezligining eng yuqori ko’rsatgichi 80-85% ni tashkil qiladi.


Aerofol tegirmonlarda rudani yanchish sharli tegirmonga qaragan olingan mahsulotning bir xil bo’lishida ko’proq afzallikka ega. Aerofol tegirmonda yanchilgan ruda oson filtirlanadi va oson cho’kadi. Bu tegirmonlarda yanchilgan rudaning gidrometallurgik uslubda qayta ishalnishi natijasida sian reagenlar sarfi 35%ga qisqaradi, oltinni ajratib olish esa 4% ga o’sadi. Ammo bu uchun ruda juda quruq bo’lmag’I agar namlik 1,5-2%dan oshsa jarayonning samaradorligi pasayadi. Shuningdek bu jarayonda kata miqdorda chang chiqishi ishni murakkablashtiradi, shu sababli yanchishning suvli muhitda olib borilishi kengroq tarqalgan.
Suvli muhitda o’zi yanchar tegirmonlar. Bu tegirmonlar qisqa barabanli, konussimon qopqoqqa ega, Barabanlari sapfa qurilmasi orqali podshipniklar asosida aylanadi. Yanchilgan ruda tegirmondan setkalar yordamida bo’shatiladi. Tegirmon «Kaskad» mexanizmi- yopiq siklda ishlab klassifikator yoki gidrosiklon bilan birga o’rnatilgan.
Ruda shag’alli o’ziyanchar jarayon suvli muhitda amalga oshiriladi. Bunda ruda setkadan beriladi. Yirik tosh,ruda bo’laklari yanchuvchi vsita bo’lib xizmat qiladi va shu orqali yanchish bosqichi aniqlanadi.

Chizma -3. Suvli muhitda ishlovchi o’zi yanchar tegirmon:
1 – chiqarib yuklaydigan varonka; 2 - podshipnik; 3 – tegirmon korpusi;
4 – tishli uzatma; 5 – elektr dvigatel; 6 – pul’pa beradigan spiral.
Birinchi bosqich yanchishga o’lchami 300+100mm bo’lgan toshlar qo’llaniladi, ikkinchi bosqichga -100+25mm li tosh ishlatilib, elesh jarayonida g’alvirlardan foydalanamiz. Tegirmonlarning ish unumdorligini oshirish va ruda shag’al chiqindilarini yo’qotish uchun ko’p hollarda qo’shimcha shar (7-8% ) qo’shishdan foydalaniladi.
Oltin tarkibli rudalarni qayta ishalshda odatiy usullarga qaraganda o’zi yanchar tegirmonlarda qayta ishlash bir qancha afzalliklarga ega:
1. Rudalarni o’rta va mayin maydalashga hojat qolmaydi.
2. Yanchishga sarflanadigan po’lat(sharlar, sterjinlar) sarfi kamayadi.
3. Bu usulda yanchish natijasida keying jarayonlarda reagentlar sarfi kamayadi.
4. Elektr energiya sarfi kamayadi.
5. Mehnat unumdorligi oshadi.
6. Oltin ajatib olish darajasi oshadi.
3. Yanchilgan mahsulotlarni sinflarga ajratuvchi qurulmalar zavodlarda ko’p joyni egallaydi. So’nggi vaqtlarda ko’pchilik oltin ishlab chiqaruvchi fabrikalarda sinflarga ajratuvchi qurulmalar sifatida qo’llaniladigan spiralli, reykali, kosali klassifikatorlar o’rniga turli konstruksiyadagi gidrosiklonlarni qo’llash keng tarqaldi.
Oltinli rudalar gidrometallurgik qayta ishlashdan yoki flatatsiyalashdan oldin shlam oltinga birlashtiriladi(обесшламливание), agar shlamda oltin kam bo’lsa texnologik jarayonga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Oltinli zarralarni, minerallarni shlamlarni birlashtirish uchun gidrasiklon yoki quyultirgichlar ishaltilatiladi.



Chizma -4.Ikki spirally klassifikator.


1-tog’ora; 2-val; 3-spiral; 4-ta’minlovchi bunker; 5- sliv bunkeri; 6- uzatma; 7- ko’tarish qurulmasi.



Download 7.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling