O‘zbekiston respublikasi navoiy kon metallurgiya kombinati


Download 7.8 Mb.
bet6/52
Sana13.11.2023
Hajmi7.8 Mb.
#1771267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Nodir metallar metallurgiyasi Ma\'ruzalar matni 2023y.

3. Kumush minerallari
Oltin singari kumush ham tabiatda sof, ya'ni tug’ma kumush metall holida uchraydi. Ammo oltindan farqli kumush kimyoviy birikmalar hosil qilib, minerallar tashkil etadi. U oltingugrt birikmalari tashkil etib sulfidli rudalar tarkibida qatnashadi yoki mayda-dispers zarrachalar sifatida tarkib topadi. Kumushning sirti ma'lum darajada kislorodli parda va oksidli parda bilan қoplanadi.
Kumushning minerallaridan quyidagi birikmalar mavjud:
1) Kerargirit AgCl minerali oksidlangan rudalarda uchraydi.
2) Argentit yoki kumush yaltirog’i-AgS culfidli rudalarda uchraydi, ko’pincha tarkibida Cu2S bo’ladi.
3) Getit Ag2Te minerali gidrotermal konlarida uchraydi.
4) Surma-kumush, margumush-kumush sulfidli minerallari:
stefanit 5Ag2S, Sb2S, pirargerit 3Ag2S, As2S3, diskrazit As3Sb2 polimetall rudalarda ko’p tarqalgan.
5)Polibazit 9(Ag,Cu)(Sb,As)2S va kumush tarkibli tetraedrat 3(Cu,Ag)2S , Sb2S3.
6)Argentoyarizit AgFe3(OH)6(SO4)2 - temir tug’ma ( jelezniye shlyapka) toshida bo’ladi.
Ayrim qazilmalarga ko’ra oltin konlar hosil bo’lishining so’nggi bosqichida gidrotermal eritmalardan ajralib, turli moddalar tarkibida, oralig’ida turli zarralar holida qotgan. Masalan, shu oltin, kvars, turli sulfidlar, ko’pincha pirit va arsenopirit tarkibida jamlangan.
Ayrim qulay hollarda oltin zarralar birikib, yirik donador-tug’ma oltin, sof oltin konlarini, minerallarini hosil qilgan. Ayrim sharoitlarga ko’ra gidrotermal eritmalardan kvarsli oltin kon rudalari vujudga kelgan. Bunday rudalarda kvars halaqit beruvchi jins shaklda ishtirok etadi. Ayrim holda oltin sulfidlar bilan adashgan holda uchraydi.Odatda yaxlit sulfidli oltin rudalari ham uchraydi, o’z navbatida bunday rudalar rangli metall rudalarini tashkil etadilar. Tug’ma oltin konlari shu tariqa vujudga kelgach, tabiiy sharoitga ko’ra ular, eroziya, yemirilish, hamda daryo suvlari, shamol-tufonlar ta'sirida parchalanish, mayda zarra va qumlar shaklida boshqa joyga « ko’chib » to’planadilar va sochma oltin konlarini vujudga keltiradilar.
Tug’ma oltin konlari O’zbekistonning Zarafshon va Uchkuduqda - Muruntov, Daugiz tog’, Amantay tog’, Marjonbuloq, Toshkent viloyatidagi Qovuldi, Qizil Olma, Namangan viloyatidagi Pirmirob, Uzoqsoy kabi konlarda uchraydi.


Nazorat savollari:
1. Oltin tarkibli ruda konlari tasniflab bering?
2. Egzogen konlarning endogen konlardan farqli tomonlari nimada?
3. Yana qanaqa oltin konlari haqida bilasiz?
4. Respublikamizda joylashgan qaysi konlarni bilasiz?
5. Amalish ahamiyatga ega bo’lgan oltin minerallari qaysilar?



Download 7.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling