O‘zbekiston respublikasi navoiy kon metallurgiya kombinati


Download 7.8 Mb.
bet51/52
Sana13.11.2023
Hajmi7.8 Mb.
#1771267
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Nodir metallar metallurgiyasi Ma\'ruzalar matni 2023y.

Reja:
1.Ikkilamchi kumush tarkibli xom-ashyolar xususiyatlari.
2.Ikkilamchi kumush tarkibli xom-ashyoni qayta ishlash

Ikkilamchi kumush tarkibli xom-ashyolar xususiyatlari.


Kumush tarkibli ikkilamchi xom-ashyolarning asosiy yetkazib beruvchilari foto va kino sanoati, kimyo, elektrotexnika va radiotexnika, oynasozlik, soatsozlik va zargarlik sanoati, davolash muassasalari.
Kumush tarkibli foto va kino sanoati chiqindilari - mahsulotni tayyorlash vaqtida, unga ishlov berish vaqtida, vaqt o’tishi bilan emirilish, eskirish natijasida hosil bo’ladi.
Qayta ishlashga yuboriladigan asosiy kumush tarkibli xom-ashyo turlari quyidagilar, %: kumush bromli 35-66; kumush oltingugurtli 45-65; kino sanoati zolasi 45-52; fotoqog’oz zolalari 1,2-7; fotosurat zolalari 0,5dan kam.
Kimyo sanoati chiqindilari quyidagilar: qayta ishlangan qismlar shaklida(20-80% Ag); ishdan chiqqan katalizatorlar (80% Ag dan ortiq); shlamlar (60-805 Ag); kumushli dastgoh lomlari (20-25% Ag).
Oynasozlik sanoatida kumush chiqindilar – oyna, shishalarni kumush bilan ishlov berish vaqtida yuzaga keladi. Oynasozlikda quyidagi kumushli chiqindilar hosil bo’ladi,%: oyna bo’laklari 0,05-0,2; bezak bo’laklari 0,2-0,5; kumush ko’za lomlari 10-25; kumush stol movutlari 40-50; kumush shlamlar 40-60; kumush eritmalaridan cho’ktirib olinga kumush oltingugurti 40-60.
Zargarlik va soatsozlik sanoati ishlab chiqarishida ham shu kabi ko’plab turdagi kumush chiqindilari va lomlari olinadi.
Kumush tarkibli xom-ashyolarning ko’p qismini (30-40% Ag) elektronika va elektrotexnika sanoat chiqindilari egallab: eskirgan kumush-ruxli va kumush-kadmiyli akkumulyatorlar (30dan 60% gacha); bog’lanish-qotishmalari, kumush kavsharlari(5 and 99% gacha); metallik birlashmalar 25-50.
Barcha nodir metallar xom-ashyolarini ikki turga bo’lish mumkin:
1) Metalli – kumushli zolalar, kumush oksid birikmalari, elektroliz kumushi, kumush zargarlik chiqindilari, vsimilar, bog’lovchi qismlar, kukunlar yoki ularning chiqindilari, kumush-rux akkumulyatorlari va boshqalar;
2) Metall bo’lmagan – bromli, xlorli, shishasozlik chiqindilari, aralash shlamlar, kumushli chiqindilar, shliflar, kino, foto va rentgen qog’ozlari, kumush tarkibli toshqollar.
Xom-ashyolarni tahlil qilish. Xom-ashyolarni tahlil qilish, yetkazib beruvchi tomonidan beriladigan ashyo tarkibidagi nodir metallar miqdorini aniqlashga va qayta ishlash usulini tanlash uchun olib boriladi.
Barcha sochiluvchan metall bo’lmagan chiqindilar namlik va organik birikmalardan tozalash va qurutish uchun 3-4 soat mobaynida elektr pechlariga yuboriladi. Quritlgan va sovitilgan xom-ashyodan namuna olinadi. Olingan namuna yanchishga jo’natiladi va oraliq namunalar bilan aralshtiriladi. Oraliq namuna ham yanchilib, aralashtirilib undan 3 ta namuna olinadi- asosiy, nazoratchi va hakamlik namunalari. Tekshirishga asosiy namunasining hammasi va nazoratching 10% jo’natiladi, hakamlik namunasi 6 oy saqlanadi.

Ikkilamchi kumush tarkibli xom-ashyoni qayta ishlash texnologik sxemasi quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: xom-ashyodan namuna olish, elektr-yoy pechi va induksion pechda eritish, anodlarni elektrolitik rafinirlash va kumush kukunini olish.


Ligatur kumushga eritishdan maqsad, kumushning biron-bir kimyoviy birikmasidan unimetall xolatiga o’tkazish, qo’shimcha metallarni toshqolga o’tkazish va eritish natijasida hosil bo’lgan metallni toshqoldan ajratish.
Kumushni metall shakliga o’tkazish uchun harorat va kimyoviy qo’shimchalar (flyuslar) ta’sir ettirish mumkin. Flyuslar sifatida: ko’mir, soda, oltingugurt, temir, bura, natriy selitrasi, kvarsli qum, bo’r.
Bromli va xlorli kumushni eritishda flys sifatida kalsiylangan soda foydalaniladi. Bunda quyidagi asosiy o’rin almashuvchi reaksiyalar boradi:


2AgBr + Na2CO3→ Ag2CO3 + 2NaBr (194)

2AgCl + Na2CO3→Ag2CO3 + 2NaCl (195)




So’ngra kumush korbonatining termik parchalanishi, hamda kumush oksidi dissotsasiyasi sodir bo’ladi:


Ag2CO3-+ Ag2O + CO2 ; 2 Ag2O 4 Ag + O2 (196)

Kumush sulfidini eritishda kumush metalli kalsiyli soda yordamida tiklanadi:




2AgS + 4Na2CO3 8 Ag + 3 [Na2S·Ag2S] + Na2S04 + 4CO2 (197)

So’ngra Na2S·Ag2S birikmasidan kumushni tiklash uchun eritmaga temir beriladi va sulfiddan so’ngi kumush siqib chiqariladi:




Na2S ·Ag2S + Fe FeS·Na2S + 2Ag (198)

Ortiqcha temirni biriktirish uchun eritmaga oltingugurt kukuni yuklanadi. Odatda, bromli, sulfidli va xlorli kumush o’z tarkibida nodir bo’lmagan metallarni metall shaklida ham, birikma ko’rinishida ham saqlamaydi. Lekin hiqindilar ko’rinishidagi, masalan, kul, qotishma va boshqalar turli nodir bo’lmagan metallardan tarkib topgan bo’ladi. Agar shu kabi chiqindilar umumiy shixta tarkibida bo’lsa, nodir bo’lmagan metallarni oksidlash uchun natriyli selitra qo’shiladi, hosil bo’lga oksidlarni toshqolga o’tkazish uchun texnik bura, yelim, qum beriladi


Metall vannasiga yuborilayotgan havo yoki boshqa oksidlovhi avval eritmani asosini tashkil etuvchi tozalanayotgan metallni oksidlaydi, so’ng oksidlangan metall o’z oksidini kislorodga moyilligi yuqori bo’lgan qo’shimchalarga o’tkazadi, jarayon quyidagicha boradi:

2МеО+ O2 = 2МеО; МеО+ Me' = Me' О + Me (199)


Biroq, kumush 1100—1200 °С da eritma tarkibida oksid shaklida mavjud bo’la olmaydi, chunki kattalik P O2/Ag2o> 0,021 Мpа dir. Shu sababli nodir bo’lmagan metallarning qoshimchalari oksidlanishi kuzatiladi. Oksidlab eritishda asosan ruh va mis oksidlanib toshqoldada yig’iladi


Xom-ashyoni eritish uchun po’lat erituvchi elektr-yoy pechlari ДС-0,5 foydalaniladi (chizma 40).

Chizma-40. Kumush tarkibli xom-ashyoni eritish uchun elektr –yoy pechi DS-0,5.
a —o’ng tomondan ko’rinishi; б — chap tomondan ko’rinishi; в— yuqoridan ko’rinish; 1— ko’mirli elektrod; 2 —markaziy kareta; 3 —chekka kareta; 4 — pech gumbazi; 5, 10 — quyi va yuqori maxkamlanish; 6 — ko’tarish mexanizmi; 7 — pech devoir g’ishti; 8 — asosiy pech g’ishti; 9 — fundament; Л —qiyalik ko’rsatgichi; 12 — qoplama; 13 — suv bilan sovutish sistemasi; 14 — qiyalik mexanizmi.

DS—0,5 elektr - yoy pechining texnik tasnifi quyida keltirilgan:




Erish davomiyligi, soat 1,5
Kumusni eritib olishda, bir marta eritib olish massasi, kg:
chang 60,89
toshqol 70,1
Kumushning tarkibi, %:
changda 1,56
toshqolda 0,36
1 tonna kumushni eritib olishda kumushning o’tish miqdori, kg
changga 8,682
toshqolga 2,307

Induksiyali tigel pechining (ИСТ— 0,16) texnik tasnifi quyida keltirilgan.


Pech quvvati, кVт 100


Yuqori chastotali zanjirning chastotasi, Gs 2400
Nigel hajmi, kg 160
Kuchlanish, V 1000
Tokning tigel chuqurligiga yetishi, sm 5
Shinalarda kuchlanishning yo’qolishi, V 1,7
Induktor vitkasining soni, dona 7
E lektr energiyasi sarfi, кVт-s/t . 700
Pechning eni, mm 1905
Pech uzunligi, mm 1905

Induksiyali tigel pechlarida quyidagi maxsulotlar olinadi:


Tarkibida 99,8 % Ag va ortiq bo’lgan toza quymalar; 90—95 % Ag tarkibli anod qotishmasi; 1—2 % Ag tarkibli chang va toshqol, elektr-yoy pechlariga qayta eritishga yuboriladi.

Chizma41. Induksiyali pechИСТ—0,16. 1 — poydevor boltlari; 2 — grafitli tigel; 3 — induktor;


4 ushlagich; 5—havo so’ruvchi quvur; 6 — pech devori

Elektr manbasidan uzilgan va elektrodlari ko’tarilgan pechga shixta quyidagi ketma-ketlikda yuklanadi: avval mayda xom-ashyo soda va qumning yarimi bilan, so’ng akkumulyator temir-tersagi va qolgan qum yuklanadi. Shundan so’ng elektrodlar tushiriladi, pech elektr tokiga ulanadi va shixta 1150—1250 °С da 1,5 soat davomida eritiladi. Hosil bo’lgan cuyuq maxsulot tayyor qoliplarga quyiladi va sovutilgandan so’ng (6—8 s) metall toshqoldan ajraladi. Homaki qoramtir metall tarkibi, %: 70—80 Ag, 6—10 Zn, 12— 20 Сu; toshqolda — 0,3—1,5 Ag, 5—9 Fe, 1—2 S, qolgani— ishqor va qoldiq qo’shimchalar. Chang tarkibida 1—2 % Ag.


Sovitilgan kumush quymasini hajmi 160 kg li induksiyali tigel pechlariga homaki qoramtir kumushni qolgan qo’shimchalardan tozalash uchun eritiladi.
Induksiyali tigel pechlarida metall ko’rinishdagi kumush tarkibli chiqindilar, elektrolizdan chiqqan kumush, katalizatorlar, affinajlangan kristal ko’rinishdagi kumush, elektr-yoy pechidan olingan kumush quymasi eritiladi.
Induksiyali tigel pechlarida eritishdan maqsad, bir jinsli metall shakliga keltirib olishdir. Qo’shimchalarni toshqolga o’tkazish uchun soda va bura, namunaning sifatini oshirish uchun esa natriyli selitra qo’shiladi.



Download 7.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling