O’zbekiston respublikasi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Kurs ishining ilmiy-uslubiy yangiligi


Download 330.76 Kb.
bet3/15
Sana19.06.2023
Hajmi330.76 Kb.
#1606146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Norbekova Nilufar Kurs ishi

Kurs ishining ilmiy-uslubiy yangiligi: Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida matnli va rasmli masalalar, jumladan simmetriyaga doir masalalar ustida ishlash tizimi mavjud holati aniqlandi, hamda nazariy-uslubiy jihatdan pedagogik muammo sifatida jiddiy tahlil qilindi. Simmetriyaga doir matnli masalalarning asosiy mazmuni va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, tashkiliy uslubiy tomonlari, o‘qitishni yanada takomillashtirishga qaratilgan pedagogik va axborotli shart- sharoitlar aniqlandi. Boshqa materillardan foydalanib, ushbu mavzu doirasida yangiliklar kiritildi.
Kurs ishining tuzilmasi va hajmi.
Ushbu kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I BOB. SIMMETRIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 Simmetriya va uning qo’llanilish sohalari.
Simmetriya (yunoncha: symmetria — oʻlchovdosh) (matematikada) — 1) tor maʼnoda — simmetriya fazoning a tekislikka (tekislikdagi a toʻgʻri chiziqqa) nisbatan unga tegishli har bir M nuqtaga shunday M’ nuqtani mos qoʻyuvchi almashtirishki, MM’ kesma a tekislikka (a toʻgʻri chiziqqa) tik boʻlib, tekislik (toʻgʻri Chizik} bilan kesishish nuqtasida teng ikkiga boʻlinadi. a tekislik (toʻgʻri chiziq) S. tekisligi (oʻqi) deyiladi; 2) keng maʼnoda — Simmetriya geometrik F shaklning shunday xossasiki, harakatlanish va qaytishlar natijasida F ning shakl koʻrinishi oʻzgarmay qoladi. Aniqrogʻi, F shaklni oʻz-oʻziga aylantiruvchi ortogonal almashtirish mavjud boʻlsa, bu F shakl Simmetriyaga ega (simmetrik) deb yuritiladi (1rasm). Simmetriyaning markaziy oʻqqa nisbatan va koʻchirma Simmetriyasi mavjud. O nuqtaga nisbatan markaziy Simmetriya (inversiya) natijasida F shakl birbiriga perpendikulyar uchta tekislikdan ketma-ket qaytish natijasida oʻz-oʻziga aylanadi, boshqacha aytganda O nuqta F ning simmetrik nuqtalarini tutashtiruvchi kesmalar oʻrtasidir. Oʻqqa (toʻgʻri chiziqqa) nisbatan ltartibli Simmetriyada shaklni shu oʻq (toʻkri chiziq) atrofida 360°/" ga teng burchakka aylantirish natijasida oʻz-oʻzi bilan ustma-ust keltiriladi. Koʻchirma simmetriyasida shaklni oʻz-oʻziga ustmaust keltirish uchun u biror toʻgʻri chiziq (koʻchirish oʻqi) boʻylab belgili kesmaga kadar siljitiladi 3) Umumiy maʼnoda Simmetriya matematik (yoki fizik) obyekt strukturasining uning almashtirishlarga nisbatan invariantligini bildiradi. Mas, nisbiylik nazariyasi qonunlari simmetriyasi ularning Lorens almashtirishlariga nisbatan invariantligi bilan belgilanadi.
Bu so'z lotin tilidan kelib chiqqanyava bu o'z navbatida yunoncha συmkετrίa (simmetriya) dan kelib chiqadi.
Simmetriya - bu geometriya, rasm chizish, grafik dizayn, me'morchilik va boshqa san'atlar kabi turli xil fanlarga oid tushunchadir. Shuningdek, biz biologiya, fizika, kimyo va matematika kabi fanlarni topishimiz mumkin.
Simmetriya oʻqi
Biror rasmni bir chiziq boʻyicha buklaganda har ikkala tomon bir-biriga uchma-uch mos tushsa, shu toʻgʻri chiziq simmetriya oʻqi simmmetriya o’qi deb nomlanadi.

Download 330.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling