O’zbekiston respublikasi oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi surxondaryo viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi qiziriq tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi


Download 38.74 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi38.74 Kb.
#1507309
1   2   3   4
Bog'liq
2 5292217543459610777

2022 yil 8 oktyabrga qadar uyida yotib qolgan hamda shifoxonalarda davolanayotgan qishloq ayollari (shu jumladan, nuroniy onaxonlar) hamda nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan va og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning holidan xabar olish, maishiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish, mahallalarda ko‘ngilli yoshlarni jalb etgan holda ularning xonadonlarida hasharlar uyushtirish;
chora-tadbirlar dasturida belgilangan hamda qishloq hududlaridagi ayollar o‘rtasida 3-bosqichli ko‘rik-tanlovlarni o‘z vaqtida va yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash hamda ularning g‘oliblarini bayram tadbirlarida rag‘batlantirish;
Reja asosida viloyat markazlaridagi muzeylar, ziyoratgoh va qadamjolarga tumanlardagi “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan qishloq hududlaridagi xotin-qizlarning sayohatlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
7. Tuman hokimligi matbuot kotibi (A.Bo‘riyev)ga:
2022 yil 25 sentyabrga qadar ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda joylarda o‘tkaziladigan tadbirlarni keng yoritishga doir media-reja ishlab chiqish;
agrosanoat yo‘nalishidagi vazirliklar va idoralar tizimida faoliyat ko‘rsatgan va faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlarni, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, saqlash, va qayta ishlash tarmoqlarida faol ish olib borayotgan xotin-qizlarni, fermer ayollarni, eng chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan davlat mukofotlari, “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan ayollar to‘g‘risida turkum ko‘rsatuvlar, ijtimoiy roliklar, eshittirishlar, maqolalar tayyorlash hamda bosma va elektron OAVlar (shu jumladan, sohaviy gazeta va jurnallar)da, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish;
telekanallarda qishloq ayollariningjamiyat hayotida tutgan o‘rnini yoritishga qaratilgan, shuningdek, fermer va oddiy paxtakor, pillakor, tomorqachi, kasanachi, hunarmand ayollar, suv xo‘jaligi sohasida hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, saqlash va qayta ishlash tarmoqlarida faol ish olib borayotgan xotin-qizlar, obodonlashtirish, shuningdek, o‘z mehnati bilan ro‘zg‘or tebratayotgan, oddiy turmush sharoitida yashayotgan qishloq joylaridagi xotin-qizlar haqida ijtimoiy roliklar namoyishini tashkil etish;
qishloqlar infratuzilmasidagi o‘zgarishlarning qishloq ayollarining turmush sharoiti va hayot tarziga ta’sirini ochib beruvchi ko‘rsatuv va eshittirishlar hamda efirga uzatish, maqolalar tayyorlash va nashr etish ishlarini tashkillashtirish choralarini ko‘rsin.

Download 38.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling